Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet205/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

31.7. Germaniyada ta’lim tizimlari
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohaning barcha tarmoqlari kabi xalq ta’limining chet mamlakatlar ta’lim muassasalari bilan hamkorligi uchun keng imkoniyatlar ochildi. Ayniqsa, Germaniya ta’lim vazirligi va o’quv tarbiya jamoat tashkilotlari bilan o’zaro aloqalar tez rivojlanib bormoqda. Garchi vazirliklar darajasida bitimlar imzolanmagan bo’lsa-da, «Nemis xalqaro rivojlanish fondi», «Adenauer jamg’armasi», «Gyote instituti» bilan munosabatlarning o’rnatilishi Respublikamiz istiqloli bilan tengdoshdir. Shu munosabatlar doirasida ssminarlar, konferentsiyalar, darsliklar, ko’rgazmalar, o’zaro ta’lim sohasida tajriba almashtirishlar bo’lib o’tmoqda. Ayni paytda bu hamkorlikning yangi-yangi Shakllari izlanmoqda. Ta’kidlab o’tish joizki. Germaniyaning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li bizning Respublikamizdagiga o’xshab ketadi. Ikki German davlati birlashgandan keyin sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida ta’limni isloh qilish bo’yicha olib borilayotgan ishlar ham bizning Sharoitimizga mos va maqbul keladi.
Germaniyaning hozirgi davr ta’lim tizimidagi asosiy muammosi sobiq gdrdagi ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir. Buning uchun to’la imkon bor Zotan, Germaniyada Shakllangan ta’lim tizimi, mazmun va uslublari, qaror topgan, xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash tamoyili mavjud.
Asosiy vazifa sobiq gdrdagi ta’lim tuzilmasini yangi me’yorga va o’lchovga tushirish, oddiygina usul bilan gfrdagi ta’lim tizimiga o’tkazib qo’yishdan iborat. To’g’ri, bu «oddiygina» ishning o’ziga xos muammolari ham bor. Birinchi muammo ta’limdagi bu o’zgarishni amalga oshirish uchun mablag’ning etishmasligi bo’lsa, ikkinchisi sobiq gdrdagi pedagogik jarayon ishtirokchilarining bu «to’ntarish»ga munosabati masalasidir. Ta’limni mazmunan va usluban ta’minlash, boshqarishni tashkil etish va uning tarkibini tubdan o’zgartirishga esa dolzarb zaruriyat ham yo’q.
Avvalambor Shuni ta’kidlash kerakki, Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat tomonidan e’tibor berilayotgan soha bo’lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo’shib kelmoqda.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling