Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan yakuniy nazort test savollari
Download 122.64 Kb.
|
Pedagogika nazariyasi va tarixi YN test 1-semestr
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI FANIDAN YAKUNIY NAZORT TEST SAVOLLARI 1. Barqaror, takrorlanuvchi, invariantli tavsifga ega narsa-hodisa va jarayonlarning ichki mavjud aloqalari nima deb ataladi? A) Qonun B) Tamoyil C) Odob D) Axloq 2. Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’ektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik – bu ... A) Qonuniyat B) Metod C) Shakl D) Vosita 3. O’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati nima deb ataladi? A) O’rgatish B) O’rganish C) O’qitish D) Ta’lim 4. Anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni - ... A) O’rganish B) Bilim C) Ko’nikma D) Malaka Qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan talabalarning tartiblangan o’zaro harakati nima deb ataladi? 5. А) O’qitish B) Maqsad C) Natija D) Metod 6. Ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi - ... bu А) Bilim B) Odat C) Ko’nikma D) Malaka 7. Egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash jarayoni qanday ataladi? А) Ko’nikma B) Bilim C) Malaka D) Axloq 8. Avtomatlashgan, biror bir uchul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi – bu … А) Malaka B) Bilim C) Ko’nikma D) Ta’lim 9. O’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar yig’indisi nima deb ataladi? А) Ta’lim mazmuni B) Ta’lim metodi C) Didaktik vositalar D) Natija 10. O’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq – bu … А) Ta’limni tashkil etish shakli B) Usul C) Uslub D) Maqsad 11. ... yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying. А) Ta’limni tashkil etish shakli B) Usul C) Uslub D) Maqsad 12. ... o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirish, tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb-hunar o’quv yurtidir. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying. А) Kasb-hunar kolleji B) Akademik litsey C) Umumiy o’rta ta’lim D) Oliy ta’lim 13. ... o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurtidir. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying. А) Akademik litsey B) Kasb-hunar kolleji C) Oliy ta’lim D) O’quv markazi 14. ... o’quv jarayoni umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying. А) Ta’lim tamoyillari B) Ta’lim qonuniyati C) Ta’lim metodlari D) Qoidalar 15. Quyidagilar orasidan ta’lim maqsadini belgilovchi qonuniyatlarni aniqlang. 1) jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; 2) ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; 3) o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 4) jamiyatning talablari va imkoniyatlari; 5) o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari; 6) pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari А) 1,2,4,6 B) 1,3,5 C) 2,3,4,5 D) 3,4,5,6 16. Ta’lim mazmunini belgilashga doir muhim g’oyalarning qaysi biri ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsining ustuvor o’rin tutishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilish, birinchi navbatda ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil hayotda o’z yo’llarini topib olishlari uchun sharoit yaratishni ko’zda tutadi? А) Insonparvarlashtirish B) Standartlashtirish C) Tabaqalashtirish D) Integratsiyalash 17. Ta’lim mazmunini belgilashga doir qaysi g’oya o’quv dasturidagi soatlarga qo’shimchalar kiritish, chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan tarzda o’qitishni nazarda tutadi? А) Tabaqalashtirish B) Amaliylashtirish C) Integratsiyalash D) Individuallashtirish 18. Metodning alohida tomoni yoki tarkibiy qism nima deb ataladi? А) Usul B) Vosita C) Uslub D) Shakl 19. Ta’limning binar metodlarini kim guruhlashtirgan? А) M.I.Maxmutov B) M.Danilov C) B.Esipov D) M.Skatkin 20. Tanlab olingan metod bilan bog’liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy ko’rsatmalar nima deb ataladi? А) Qoida B) Tamoyil C) Qonun D) Talab 21. Didaktik o’yin manbasiga ko’ra qanday ta’lim metodi sanaladi? А) Amaliy B) Og’zaki C) Ko’rgazmali D) Videometod 22. Demonstratsiya – bu: А) Ko’rgazmali metod B) Amaliy metod C) Kitob bilan ishlash D) Og’zaki metod 23. Qaysi metod o’qish, o’rganish, reja tuzish, konspekt qilish kabi usullarda amalga oshiriladi? А) Kitob bilan ishlash B) Mashq C) Videometod D) Amaliy 24. Agar o’rgatish metodi tushuntirish bo’lsa, o’rganish metodi sifatida nima xizmat qiladi? А) Reproduktiv metod B) Ko’rgazmali amaliy metod C) Izlanishga doir metod D) Evristik metod 25. Muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o’rganilishi bo’yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat nima deb ataladi? А) O’quv dasturi B) O’quv rejasi C) Darslik D) O’quv qo’llanma 26. Davlat ta’lim standarti o’zida o’quv rejaning qaysi turini aks ettiradi? А) Tayanch o’quv rejani B) Namunaviy o’quv rejani C) Ishchi o’quv rejani D) O’quv dasturini 27. Muayyan o’quv fani bo’yicha ta’lim maqsadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to’g’risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba nima deb ataladi? А) Darslik B) O’quv qo’llanma C) O’quv rejasi D) Metodik qo’llanma 28. O’rta asrlarga oid ta’lim turini aniqlang А) Darslik B) O’quv qo’llanma C) O’quv rejasi D) Metodik qo’llanma 29. Loyiha tizimini kim tomonidan ishlab chiqqan? А) U.Kilpatrik B) L.Tramk C) E.Parkxers D) B.Lankaster 30. Bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli nima deb ataladi? А) U.Kilpatrik B) L.Tramk C) E.Parkxers D) B.Lankaster 31. Har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish kabilar darsga qo’yiladigan qanday talablarni aks ettiradi? А) U.Kilpatrik B) L.Tramk C) E.Parkxers D) B.Lankaster 32. Har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish kabilar darsga qo’yiladigan qanday talablarni aks ettiradi? А) Didaktik B) Rivojlantiruvchi C) Umumiy D) Tarbiyaviy 33. O’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish kabilar darsga qo’yiladigan qanday talablarni o’zida ifoda etadi? А) Rivojlantiruvchi B) Umumiy C) Tarbiyaviy D) Didaktik 34. Bo’lajak darsni tashkil etilishning turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish o’qituvchining darsga tayyorlanishini qaysi bosqichiga tegishli? А) Bashoratlash B) Loyihalash C) Tashxis D) Rejalashtirish 35. Dars loyihasini yana qanday nom bilan atash mumkin? А) Boshqaruv dasturi B) Boshqaruv tamoyili C) Boshqaruv apparati D) Boshqaruv obyekti 36. Darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirish ta’limning qaysi yordamchi tegishli? А) Uy vazifasi B) To’garak C) Ekskursiya D) Maslahat 37. O’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradigan ta’limning yordamchi shakli qanday nomlanadi? А) To’garak B) Fakultativ mashg’ulot C) Dars D) Aralash dars 38. O’quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bog’liqlikda ishlab chiqiladigan ta’limni tashkil etish shakli – bu: А) Fakultativ mashg’ulot B) Uy vazifasi C) Amaliy dars D) Laboratoriya darsi 39. O’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to’g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o’rganadigan qilib yo’naltiradigan ta’limni tashkil etishning yordamchi shakli nima deb ataladi? А) Maslahat B) Ekaskursiya C) Fakultativ mashg’ulot D) Amaliy dars 40. Qanday asosga ko’ra didaktik vositalar motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funktsiyalarini bajaradi? А) Audiovizuallik B) Boshqaruv C) Faoliyat obyektiga ko’ra D) Faoliyat subyektiga ko’ra 41. O’quv qo’llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o’quv-texnik vositalar, mebel, o’quv-laboratoriya qurilmalari faoliyat obyektiga ko’ra qanday didaktik vositalar hisoblanadi? А) Material vositalar B) O’rgatish vositalari C) O’rganish vositalari D) Ideal vositalar 42. Radio, magnitofon, musiqa asboblari – bu; А) Audio vositalari B) Vizual vositalar C) Ideal vositalar D) Material vositalar 43. O’quv kinofil’mlari, diafil’mlar, komp’yuterlar, magnitofon tasmalari, radioeshittirish, teleko’rsatuvlar – bu: А) Ta’limning texnik vositalari B) Moddiy visitalar C) Axborot vositalari D) Texnoligik vositalar 44. Nazorat o’z ichiga qanday tarkibiy qismlarni qamrab oladi? А) Tekshirish va baholash B) Tashxis va bashoratlash C) Qiyoslash va taqqoslash D) Bevosita va bilvosita 45. Nazoratning qaysi funktsiyasida o’quvchilar tekshirishga tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydilar, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o’rganadilar? А) Tarbiyaviy B) Ta’limiy C) Nazorat D) Korrektsiya 46. O’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalar – bu: А) Ta’lim tamoyillari B) Ta’lim natijasi C) Ta’lim metodlari D) Ta’lim funktsiyalari 47. O’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo’yicha o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va o’quvchi-lar o’quv-bilish faoliyati-ni tashkil etish usullari – bu: А) Ta’lim metodlari B) Ta’lim vositalari C) Ta’lim tamoyillari D) Ta’lim funktsiyalari 48. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish qanday funktsiyalarni bajaradi? А) Nazorat qilish, o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish B) Bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish C) O’qitish, tashkil etish, tizimlash D) Umuminsoniy, gumanistik, demokratik. 49. Darsda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? А) Ommaviy, guruhli, individual B) Konsul’tatsiya, instruktaj, konferentsiya C) Sinf-dars, amaliy, ko’rgazmali D) Ma’ruza-seminar, amaliy. 50. Faoliyatni tashkil etish va ijtimomiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish metodlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? А) Pedagogik talab, ijtimoiy fikr, o’rgatish, mashq, tarbiyaviy ta’sir B) Tushuntirish va o’rgatish, ma’ruza, suxbat, munozara, namuna C) Maqullash, maqtash, tashakkurnoma e’lon qilish, mukofat berish, taqdirlash D) Jazolash, ogohlantirish, xayfsan berish 51. Maqsadga qaratilganligi, hayot bilan bog’liqligi, ong bilan xulq bir-ligi, oila va maktabning hukmronligi, talabchanlik va o’quvchi shaxsini hurmatlash, o’quvchilarning yosh va individual husustyalarini hisobga olish, sistemalilik, uzluksizlik – bu: А) Tarbiya tamoyillari B) Tarbiya metodlari C) Tarbiya aositalari D) Tarbiya shakllari 52. Axloqiy did va ongni, xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarni rivoj-lantirish umuminsoniy madaniyat va milliy qadriyatlarga hurmatni tarbiyalash – bu: А) Axloqiy tarbiya B) Ekologik tarbiya C) Mehnat tarbiyasi D) Fuqarolik tarbiyasi 53. Didaktika – bu: А) Ta’lim nazariyasi B) Rivojlantirish nazariyasi C) Tarbiya nazariyasi D) Ta’lim nazariyalari 54. O’rganiladagan o’quv predmetlari (fanlari) ularni o’quv yillar bo’yicha o’tish izchilligi, bir o’quv yiliga yoki har bir haftaga ajratiladigan soatlar soni aks etadigan me’yoriy hujjat nima deb ataladi? А) O’quv rejasi B) O’quv dasturi C) Darslik D) O’quv qo’llanma 55. Qo’yidagilarning qaysi biri o’zini-o’zi boshqarishning yuqori organi bo’lib xisoblanadi? А) Pedagogik kengash B) Metodik kengash C) Maktab kengashi D) Maktab jamoasining konferentsiyasi 56. Ta’lim muassasasi ish rejalari turlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? А) Muddatli (perspektiv), yillik, yakuniy rejalar B) O’qitish rejasi, tarbiya rejasi C) Joriy, oraliq, yakuniy rejalar D) Dars rejasi, tarbiyaviy tadbirlar rejasi 57. Pedagogik tahlilning mohiyati nimadan iborat? А) Pedagogik jarayonning rivojlanish yo’nalishi va sharoitini aniqlash, uni boshqarish xaqidagi takliflarni kiritish B) Maktab rahbari bilan o’qituvchilari orasidagi qarama-qarshilik C) Pedagogning faoliyatidagi kamchiliklarni topish D) O’quvchilarning o’zlashtirishini oshirish 58. Boshqarish faoliyatida o’qituvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish boshqarishning qaysi tamoyili asosida olib boriladi? А) Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili B) Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlash-tirish tamoyili C) Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlari-ning ratsional uyg’unligi tamoyili D) Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to’liq-ligi tamoyili 59. O’zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? А) Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi B) Viloyat xalq ta’limi boshqarmalari C) Tuman xalq ta’lim boshqarmalari D) Pedagogik Kengash 60. O’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o’rta ta’lim muassasasi faoliya-tini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan faoliyat – bu: А) Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish B) Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish C) Ta’lim muassasasini davlat-jamoat boshqaruvi D) Ta’lim muassasasi tamoyillari asosida boshqaruv Download 122.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling