Pedagogika nima? Asosiy Pedagogik tushunchalar. Pedagogika tarixi


Download 30.24 Kb.
bet1/4
Sana27.10.2023
Hajmi30.24 Kb.
#1727343
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Pedagogika tarixi va nazariyasi


Pedagogika tarixi va nazariyasi.
Reja:

  1. Pedagogika nima?

  2. Asosiy Pedagogik tushunchalar.

  3. Pedagogika tarixi.

Respublikamiz mustaqillik yillarida ta’lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilish maqsadida “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunning qabul qilinishi “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” ning yaratilishi va amaliyotga tadbiq etilishi xalq ta’limi sohasida ham buyuk burilishlar yasadi. Milliy pedagogikamizning jadal sur’atlarda taraqqiy etishi, ta’lim tarbiya jarayonida Al-Buxoriy, At-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy singari ulug’ olimu-adiblar, fozilu fuzalolarning merosidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Ular ta’limdagi milliy xususiyatlarga alohida e’tibor berishgan. Mustaqillik yillariga qadar ularning pand-o’gitlari yetarli darajada o’rganilmadi. Tarixdan ma’lumki, bir vaqtlar sharq pedagogikasi nihoyatda gullab yashnagan.


Bobokalonlarimiz yosh avlod tarbiyasi borasida dorilfunun yaratib qoldirganlar. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sanalmish "Avesto" dan tortib to hozirgi kunda yashab ijod etayotgan pedagog olimlar asarlarida pedagogik mafkura o'z aksini topgani bejiz emas. Bugungi kun o'zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunvo tarbiyashunosligidagi eng so’nggi yutuqlarga tayangan holda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o'zbek pedagogikasida barkamol shaxsni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan.
Pedagogika nima? U nima bilan shug‘ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi, degan savollar pedagogika fanini o'rganishga kirishgan odamning aqlini band etadi. Pedagogikaga oid darsliklarda, qomuslarda pedagogikaning bahs tushunchasi turlicha, ayrim hollarda bir-biridan farqlanadigan darajada talqin qilinadi. Masalan, pedagogika - tarbiya haqidagi fan, pedagogika – о’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan, pedagogika - umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo.
Bu ta’riflardan voz kechmagan holda ta’lim-tarbiya muassasalarida shunga mutasaddi shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatni pedagogikaning bahsi deb qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayoniga ta’sir etishni nazarda tutadi.

Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling