Pedagogika-psixalogiya
Download 0.57 Mb.
|
Oraliq ishi Ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya, oz-ozini tarbiyalash, qayta tarbiyalash pedagogikaning asosiy tushunchasi.
1.Pedagogikaning asosiy tushunchalari va tarmoqlari.
Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta‘lim», «tarbiya», hamda «ma‘lumot» degan so’zlarni ishlatdik.Bu so’zlar o’zaro bog’langan bo’lib bir-birini to’ldiradi. Shunday qilib pedagogikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari) quyidagilar: Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot, shaxsning kamol topishi, maktab. Bundan tashqari «o’quvchi», «o’qituvchi», «usul», «intizom», «irsiyat», «muhit», «direktor», «talaba» kabi tushuncha-nomlar ham mavjudki, ular ham pedagogik tushunchalar hisoblanadi. Ta‘lim deb – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobiliyatini o’stiradigan, dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir. Agar tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoaatchilik ta‘sirida shakllansa, kamol topsa, ta‘lim chegaralangan (M/n: sinf xonasi, kabinetlarda) joyda tashkil etiladi. Ta‘lim o’qituvchi tarbiyasi (ta‘limni) rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi. Tarbiya deb – yosh avlodni ma‘lum faoliyatga tarbiyalash uchun ularga ma‘lum maqsadga qarata planli va sistemali ta‘sir etishga aytiladi. Tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.Tarbiya ta‘lim va ma‘lumot natijalarini o’zida aks ettiradi. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi (kamol topishi) deb – ta‘lim –tarbiya natijasida, shuningdek irsiyat va muhitning ta‘siri natijasida odamning inson mohiyatiga ko’tarilishi va inson shaxsining aqliy, aqloqiy, jismoniy jihatdan mukammallashiga aytiladi. Insonni ta‘lim-tarbiya orqali, tarbiyaviy ta‘sir natijasida hamda irsiyat va muhitning ta‘sirida uning shakllanishi, rivojlantirish mumkin. Bu jarayon insonning butun hayot yo’li davomida olib boriladi va ta‘sir natijasini ko’rsatadi. Tarbiya, o'z-o'zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash pedagogikaning asosiy tushunchasi. Ma‘lumki, pedagogikaning asosiy tushunchasi, predmeti bo’lgan tarbiya ijtimoiy hodisadir. Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo’lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan tarbiya avlodlar o’rtasidagi aloqani ta‘minlaydi. Kattalar o’zlari turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o’zidan keyingi avlodga o’rgatib borganlar.Demak, tarbiyalash avvalo ijtimoiy hayot jarayonida yig’ilgan tajribalarni avlodlarga yetkazib berishdir. Tajriba ijtimoiy hodisa sifatida inson shaxsini tarkib toptirish uni hayotga tayyorlash va shunday bo’lib qoladi. Shaxs kamoloti murakkab dialektik jarayon bo’lib, kishiga ta‘sir ko’rsatadigan ob‘ektiv, sub‘ektiv omillar stixiyali va maxsus (ongli) yo’naltirib boriladi. Shaxs kamolotini tahminlash, uning intellektual, ma’naviyaxloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir: 1. Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi. 2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi. 3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviyaxloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi. 4. Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. O’z navbatida korrektsion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli qlari kiradi. Ular quyidagilardir: Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi. 5. Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi. 6. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi. 7. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi. 8. Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi. 9. Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi. 10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi. 2.Kadralar tayyorlashning milliy modeli. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim soxasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muxitini o‘z ichiga oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va xayot o‘zgarishlariga moslanuvchanligini ta’minlaydi. SHAXC. Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi. DAVLAT VA JAMIYAT. Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish hquqlari ro‘yobga chiqarilishiga; majburiy va o‘rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag‘bilan ta’minlashga; ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga; sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA FAN. Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o‘z ichiga oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o‘rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi; oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning soxalari bo‘yicha axborot bazasi shakllantiriladi; mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo‘ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH. Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so‘radi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u: turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab extiyojni shakllantiriladi; o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko‘maklashadi; muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi: ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integrasiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi. 3.Huquqiy tarbiya va uning mohiyati. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling