Pedagogika-psixologiya fakulteti
Download 494.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9061 uzsmart.uz
II BOB. MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOVNING YANGI USUL MAKTABLARIDA TA’LIM-TARBIYANING TAKOMILLASHUVIDAGI PEDAGOGIK FAOLIYATI. 2.1. Munavvar Qorining yangi usul maktablari tizimini, mazmuni va pedagogik faoliyati. Munavvar Qorining maktab ta’limi xususidagi qarashlari eng avvalo yangi usulda tashkil kilingan maktablar hamda darsliklarda o’z askini topganligini ko’ramiz. Yangi usul maktablarida har-xil toifa boy va kambagallarning bolalari birday O’qish xuko’qiga ega bo’ldi. Turkistonda yangi usuldagi maktab soni ayniksa 1905 yildan keyin tez kupaydi. Ayni paytda matbuot saxifalarida usuli jadid maktablari to’g’risida fikrlar tez-tez e’lon qilina bordi. Tabiiyki, chor general-gubernatorligi yangi usul maktablarini ochik yuz bilan kutub olmadi. CHunki jadidlar tezlikda savod o’rgatib, mustamlakachilikdan kutilish muammolarini turli yo’llar bilan tushunturmokda edi. «Turkiston viloyatining gazeti», saxifalarida jadid maktablariga qarshi fikrlar tez-tez berib turildi. Jumladan gazeta saxifalaridan birida shunday fikrlar beriladi. «Usuli jadid «degani kaerdan chikdi. Bu nechuk? Masalan: ota-bobolarimiz usuli qadim ila ukub mullo bo’lganlar va biz ham usuli qadimni ukub bir nima bilib edik. Usuli jadid degan bir tarnoy bid’atturki, yaqin fursatda chikmishdur.» Ayni paytda shu gazetani 1908 yil yilgi saxifalaridan bi- rida shunday fikrlar bor: « Usuli jadid nadur?», usuli jadid yangi usul damakdir. Yangi usul deganda, usuli e’tikod va ibratda yangilik demak emas, balki, sung zamonlarda xalqni fakirligi sababli bik xizgonch bir holda tushgan maktab va madrasalarimizning kerak idorasini va kerak ta’lim tadris kayfiyatlarini isloh etmokdan iboratdir. Munavvar Qori jadidlar koralanaetgan bir paytda mazkur maktablar va ma’rifiy harakat to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi: «Jadidchilikka xanday baxo berish to’g’risida kuyi- dagi asoslarni keltiraman: Jadid maktabi xay vaqtda va kimlar qo’li bilan vujudga chiqdi? Mana buni tekshirish uchun 20 yil ilgariga qarash albatta lozim. Xozirgi paytda o’rta ma’lumotga ega bo’lgan kishilar Moskov va boshqa joylarga borib uxishni xavas qilsa, avvallari savodi chiqqan har bir kishi Yeuxoroga borib o’qishni o’zi uchun bir sharaf deb bilar edi. CHunki ular ilmni faqat dingina deb bilar edilar. Muxit ham shuni takozo kilar edi. Jadid maktabi tashkil kilgonlar ham eski maktab, Madrasa va Qorixonalar yetishtirgan kishilar edi. Ular yelgiz Bogchasaroyda chikadurgon Ismoil Gasprinskiyning maktabini yaxshi tushunib, kitoblar oldirar edilar. Ko’rinayaptiki, taraxxiyparvar Munavvar Qori jadidlar xoralanayotganda ham ularga ayni paytdagi xolatdan kelib chixib baxo berish zarurligini aytadi. CHunki ayni paytda yangi usuldagi maktablar ayni vaqtda zarur va lozim edi. Yangi usul maktablarini faqatgina chor xukumatigina emas, chor xukumatiga sodiq bo’lgan maxalliy mutaassib ruxoniylar,shu bilan bir qatorda eski maktab domlalari, «usuli qadim» ta- rafdorlari ham yoktirmas edi. Ular yangi usul maktablarini «Islom diniga raxna uradi», bu maktablarning muallimlari kofir, deb tashviqot olib borganlar. Maxalliy mutaassib dindorlar yangi usul 23 maktablarini koralashda va ularni tugatishda chor amaldorlariga yordam berib to’rganlar, yangi usuldagi jadid maktabi muallimlarini yomonlashdan o’zlarini tiymaganlar. 1908 yillarga kelib, Turkiston ulkasida yangi usuldagi maktablar soni kupaya bordi. CHor xukumati ham ularni zurlik bilan bekitishga kurbi yetmay koldi. Aksincha Turkiston ulkasiga yangi usuldagi maktablar ochish uchun muallimlarning ruxsat surab yozgan arznomalari kupayib bordi. Xatto jadid maktablarini ochish ta’njlab kuyildi. 1910-19» yillar oraligida chor amaldorlari yangi usuldagi maktablarning 50 dan ziyodini yopib kuydi. SHunga karamasdan, fidoyi taraqqiyparvar muallimlar sa’y-harakati tufayli «usuli jadid» maktablari yanada kupayib bordi. Y. Abdullaevning ma’lumot berishicha «19» yil 31 iyulda Turkiston general-gubernatori maxkamasiga bergan ma’lumotiga kura, Toshkentning eski shahar kismida 16 ta yangi usul maktabi bo’lgan. Keksa kishilardan surishtirib ashvdtashimizcha, 1917 yil arafasida Quqonda 24 ta (Besharik va Bogdoddagi yangi usul maktablari ham shu xisobga kiradi), Andijon shahri hamda shahar atrofidagi kishloklarda 34 ta yangi usul maktabi bo’lgan». Turkistonda yangi usul maktablarining alohida yagona dasturi bulmagan. Jadidlar taraqqiy etgan musulmon mamlakatlari maktablari, Ismoil gasprinskiyning usuli jadid maktabini o’rganishlari natijasida va o’zlari ijodiy ravi щda maxalliy sharoitga moslab o’quv ishlarini olib borganlar. Ular «usuli jadid» maktablari uchun darsliklar kam bo’lganligi tufayli o’zlari darsliklar yozganlar. Yangi usul maktablarida ta’lim-tarbiya «usuli-xadim» maktablariga qaraganda juda yaxshi yo’lga kuyilgan edi. Bu maktab- larda din darsi ham inkor kilinmay, aksincha, chuqur Urgatil- gan. Jumladan,»Tarixi anbiyo», «Turkiy akoid». «Sabotul ojizin», «Islom tarixi» Kur ьon» ning uqilishi - qiroati, «Tajvid» nomli kitoblari vositalarida darslar utilgan. Munavvar Qorining «Xavoyiji diniya» kitobi ham alohida darslik sifatida qo’llanilgan. Turkistonda yangi usul maktablari ikki boskichdan iborat bo’lgan. Birinchi xismi ibtidoiy, ya’ni boshlang’ich deb nomla- nib, 4 sinfdan iborat bo’lgan. Ikkinchi xismi 3 yeki 4 sinfni o’z ichiga olgan. Bu xismi rushadiy “o’rta” deb nomlagan. Yangi usul maktablarida asosan bepul uxitilgan. Bu maktablarda asosan o’g’il bolalar o’qigan. Ammo Toshkent, QUQON, Kattaqo’rg’on kabi shaharlardagi « usuli jadid» maktablarida kiz bolalar uchun ham maxsus sinflar tashkil kilingan. Xatto qiz va o’g’il bolalar birga o’qiydigan sinflar ham bo’lgan. Munavvar Qori 1890 yilda, 22 yoshida Toshkentning xozirgi Mirobod bozori yaqinida , 1907 yilda SHayxontoxur daxasidagi o’z uyida jadid, ya’ni yangi maktab ochadi. Mazkur maktab va un- da tashkil etilgan ta’lim-tarbiya ishlari. uxitish uslubi o’z mazmuni va xususiyatiga kura butunlay yangi va ilg’or bo’lib, tez orada millatni madaniy ma’rifiy, ijtimoyi-siyosiy va oxir-okibatda, ixtisodiy taraxkietga olib chikaruvchi juda katta omil hamda imkoniyatlarga ega buladi. Maktabda o’qituv- chilar yozish, uxishni bilishi va jismoniy soglom usishi uchun partalarga o’tkazilgan, uxitish kurgazmali, urgatiladigan bilim va fan asoslari amaliy xususiyatga ega bo’lgan, ya’ni kasb-xunarga hayot uchun zarur bo’lgan talablarga yaqinlashtirilgan. Xaqiqiy insonparvarlik, o’zaro xurmat va demokratik tamoyillar diniy va dunyoviy bilimlar Munavvar Qori maktab tuzilishi asosini tashkil etadi. Munavvar Qori jadid maktabi ta’lim-tarbiya uslubiy ishlarini takomillashtirish bilan cheklanmaydi. U butun o’zbek milliy xalq maorifining butunlay yangi, mukammal, zamonaviy boshlangich (ibtidoiy), umumta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim tarmoklari majmuiga asos soldi. U o’z dasturida bolalarni har tomonlama, ham akliy, ham jismoniy, ham estetik bir butun uygunlikda bilimlarni hayotda bevosita qo’llashga o’rgatishga alohida e’tibor beradi. Moxir pedagog va bolalar ichki dunyosini yaxshi biladigan bo’lgan Munavvar Qori o’qish uchun faqat ota-onaninggina emas, balki bolaning ham roziligini xisobga olish zarurligini aytadi. Uning ta’kidlashicha, bolalar avvalo maktabning ichki tartib 24 qoidalari, ya’ni daryo va tanaffus vaqtlarida o’zini qanday tutish, muallim va o’z safdoshlari bilan qanday muomalada bo’lish, kitob va daftarlarni qanday saklashni bilishi kerak. Bolalarga beriladigan tanbex va jazo juda demokratik va insonparvarlik ruxida bo’lishi lozim. Masalan, ogoxlantirish, yengil tanbex be rish, daryodan sung olib kolib. utilgan mavzularni takrorlashga majbur etish, sinf burchagiga turgizib kuyish, xayfsan bildirish va nixoyat maktabdan xaydash kerak. Munavvar Qori maktab tartib-qoidalariga kat’iy amal qilishni muallimlardan ham talab qilgan, bolalar bilan kupol muomalada bo’lishni, ularni urish va jerkishni kat’iyan ta’kik- lagan. Munavvar Qori maktabida 1915 yilda 150 ta o’quvchi bo’lgan. SHulardan 30-35 foizi kambag’allarning bolasi bo’lib, bepul o’qitilgan. Ular o’quv darsliklari va kurollari bilan bepul ta’minlangan. Qolganlari esa, o’qish uchun har oyda baxoli-kudrat 50 tiyindan to bir yarim so’mgacha pul tulagan. Ba’zi badavlat otalar 2 so’mdan ham berib to’rgan. Bir kunda 50 minutdan uch dars o’qitilgan. Un minutdan bir saotgacha kichik va katta tanaffuslar joriy etilgan. Ayni paytda xukumat chor amaldorlari xulida bo’lganligi uchun yangi usuldagi maktabda bolalarni maxsus binoda o’qitishning imkoniyati yux edi. SHuning uchun ham yangi usuldagi jadid maktablari mashgulotlari muallimlar va boi щa ilmga ragbati bor kishilar uyida olib borilgan. Yangi usul maktablarida bolalar sinf-sinfga bo’lib o’qitilgan, ular parta yoki stol-stullarga utirishgan. Dars anik dastur asosida olib borilgan, mashrulotlar jadvallarga rioya kilingan holda tuzilgan. Bu jadvallar asosida din, arab tili, shifoxiya (arab tili amaliy mashgulotlari), islom tarixi, ona tili, fors tili, turkiy adabiyot, tarix, axlok, jurrofiya, xisob, rus tili va boi щa fanlar o’qitilgan. Jadid mktablaridagi ta’lim va darsliklarda Munavvar Qori Abdurashidxonovning ma’rifiy qarashlari yaqqol namoyon buladi. Birinchi bobdagi «Munavvar Qori-ma’ri- fatparvar» bo’limida uning «usuli jadid» maktab 4 sinfdan iborat ekanligini aytgan edik. Yuxorida keltirilgan jadid maktablarining birinchi boskichi Munavvar Qori maktabiga ham tegishlidir. Ayni paytda Toshkentdagi usuli jadid maktablarining dasturlarini ham Munavvar Qori Abdurashidxonov tuzgan. Munavvar Qori 19» yilda 6 yilga muljallangan dastur tuzadi va uni amalga oshira boshlaydi, Munavvar Qorining «Namuna» nomli maktabida bir necha yuz bolalar taxsil olganligini aytib o’tgan edik. Ulug ma’rifat- parvar Toshkent shahrida «qadimchilar» tomonidan «kufr uyasi» deb atalgan yangi maktab orkali ma’rifat uchogini ocha boshladi. Turkiston bolalarini yangi maktab ta’limi orkali yangi ma’naviyat sari yetakladi, U «usuli jadid» maktabini madaniyat maskaniga aylantirdi, «usuli jadid»maktabiga xalqni milliy mustaqillik uchun kurashga xozirlaydigan targ’ibotxona sifatida karadi. U o’z faoliyati bilan eski maktablarni tubdan islox qilmay turib, insonlarning ongida o’zgarish yasab bulmasligini anglatishga intildi, Munavvar Qorining nazarida xaqiqiy millatparvarlarni usha vaqtda mavjud bo’lgan»usuli qadim» maktablari ham emas, rus-tuzem maktablari ham emas, balki Turkiston ulkasida shakllanib kelayotgan, taraqqiyot masalalarini o’zida mujassam- lashtirgan «usuli jadid» maktablarigina yetishtirib bera olar edi. SHu bilan bir qatorda, Munavvar Qori ''usuli jadid»maktab ta’limi xususidagi o’z qarashlarini tarkatishga harakat qildi. U Turkistonda maktab ta’lim va maorifni rivojlantirish, kuplab yangi maktablar ochish, ulkada tara щiyparvarlar tomonidan tashkil kilinayotgan bilim uchoklarini kupaytirish uchun targ’ibot hamda tashvikot ishlarini kuchaytirdi. Munavvar Qori maktab ta’limi yaxshi yo’lga quyilmagan ulkada ziyo tarakatishning turli yo’llarini kidirdi. SHu maqsadda «usuli jadid» maktablari uchun darsliklar yezdi. Munavvar Qori bu darsliklari orkali komil farzandlarni voyaga yetkazishning asosiy sharti ta’lim va tarbiya birligi deb bildi. Uning darsliklarida va makolalarida ta’lim-tarbiyaning muxim tomonlari o’z aksini topgan. Munavvar Qorining maktab va maorif soxasidagi faoliyati, pedagogik qarashlari pedagogikamiz tarixidagi yorkin saxifani tashkil etadi. 25 Xullas, Munavvar Qori o’z mexnat faoliyatini Toshkent shahrida yangi usul jadid maktabini ochish 1901 yil va uning 1-sinfida muallimlik qilish bilan boshladi. Hayotining kup yil- larini uxituvchilikka bagishladi. Maktab o’qituvchilariga raxna- molik ko’rsatdi. 1920 yildan Toshkentdagi N. Narimonov nomidagi o’g’il bolalar pedagogika texnikumida . o’qituvchilar tayyorlov kurslarida ona tilidan daryo berdi. (2 sinf uchun o’qish kitobi ) « Adibi soniy», «Er yuzi» (jug’rofiya) daryoliklarini yaratdi, 3-4 sinflarida uxish daryolarida foyda- lanish uchun Kamiy , Xislat , Sufizoda, Hamza kabi shoirlarning she’rlaridan kirgan « Sabzavor» nomli tuplamni tuzdi. Kur’on- ning uxish yo’l-yuriklari bayon kilingan «Tajvid' 1 ni tatar tilidan tarjima qildi. Diniy qoidalar tushuntirilgan» Xavoyiji diniya» qo’llanmasini o’zbek tilida yozib nashr etdi. Oktyabr tuntarishidan sunggi uch yillikda besh yillik o’zbek maktablari 1-2 sinf o’quvchilari uchun turt kitobdan iborat «O’zbekcha til sabokliri» daryoliklarining ilk muallifi bo’ldi. Munavvar Qorining bolalarga atab yozgan she’riy xikoya va masallari mavjud. SHoir bu asarlarida bolalarda Batanga sadoqat, mehr-muxabbat, insoniylik, tugrmlik, mexnatoevarlik fazilatlarini tarbiyalashga e’tibor berdi. Uning fikricha, Vatanni sevish, uning gullab-yashnashi uchun mexnat qilish va o’qib -ulgayish zarur. Bilimsizlik - nodonlik, yalkovlik demakdir, Munavvar Qori «yalkovlik yovimizdir» she’rida yoshlarni bilimlarni egallash, mexnat xilishga da’vat etib, shunday deydi: kuzroling, ey urtoqlar, keldi bizga ishlash CHORI , Biz barchamiz, yosh ishchimiz, ishxonamiz maktab bog’i, To’ring , tezrok ish boshlaylik, Yalkovlikni biz tashlaylik! U bolalar kalbiga Vatan guzalligini singdirib, ularni Batan oldidagi fukarolik burchini yuksak darajada bajaradigan kishilar qilib kamol toptirishni, Vatan o’z farzandlaridan najot kutib to’rganligini ta’kidlab deydi: Jannat kabi guzal yurtning yiglab sendan ish ko’tadir. Seni kurgach, ishsizlikni xasrat chekib kon yutadir. Tur o’rningdan, och ko’zingni , Ayt yovingga sung so’zingni. Munavvar Qorining fikricha, yesh avlodni tarbiyalash orkali millatni uygotish, Vatanni ozod qilish, xalqni ma’naviy yuksaltirish, boyitish va farovon turmush kechirish mumkin. Munavvar Qori « yev» deganda ikki narsani - yalkovlik, ishyokmaslik, dangasalikni nazarda to’tadi. U bolalarni yoshlikdan boshlaboq bu illatlardan kutkarib , ularda shijoat, gayrat - jasorat va mardlik xislatini tarbiyalashni orzu qiladi. Uning ta ьkidlashicha, «ev-bu el-yurtni zulukdek surib yotuvchilardir.» Munavvar Qorining fikricha, ulardan xoli bo’lishning asosiy yo’li yoshlarni tez va qisqa muddatda xat - savodini chikarib, ularni fan - texnika yutuqlari bilan kurollantirishdan iboratdir. Ulur mutafakkir bolalarga murojaat qilib shunday deydi: Siz ham to’ring, ey o’rtoqlar. Yurt orzusini yoshlar saklar. Tirik bo’lsang, kuzgol, O’rtoq! Qo’lga ishni tez ol,o’rtoq! Munavvar Qori yoshlarni mexnatsevar, yuksak axlokli, umu- minsoniy kadriyatlarga sadoqatli qilib tarbiyalash zarurligini ta ьkidlar ekan, ota-onalarni bola tarbiyasidagi mukaddas burchlarini to’g’ri xis etishga da’vat etadi. U bu xususdagi lkrlarini « Har kim ekkanini urar» nomli she’riy xikoyasida ,rkin ifodalaydi, 26 Uning xikoyasida keltirilishicha bir kishi soch-soxoli okarib, kuchsizlanib, o’rnidan turishga ham madori kolmaydi. Otadan kutulish uchun urli, kelini va nevarasi maslaxatlashib, uni saxroga chiharib tashlashga haror xiladilar. O’g’il bilan nevara uni kutarib olib, saxroda bir manzilga yetganlarida, ota shunday deydi: «Men ham otamni shu yerga keltirib tashlagan edim, navbat endi o’zimga keldi, Xalqda «Har kim ekkanini urar! degan matal bor». Bu so’zni eshitgan o’g’li uylanib, o’z xilmishidan pushaymon buladi, xungrab yiglaydi va umr buyi otasiga xizmat qilishga va’da beradi. Bu xikoyada kim ota-onasiga xanday xizmat qilgan bo’lsa, bolasi ham unga shunday xizmat qiladi, bolasidan xaytadi degan g’oyani olga suradi. Munavvar Qori ota-onalarni bolalar ongida ma’naviyat, na- fosat hamda guzallik tuygusini uygotish,ularni shu fazilatlar egasi qilib tarbiyalashga undab, ular e’tiborini «Ko’zi va «Kish» she’rida tabiat guzalligiga, har bir faslning o’ziga xos, inson qalbiga xayot baxsh etuvchi xolatlariga jalb etadi. u guzallikdan bolalarni baxramand qilishni tavsiya etadi. Download 494.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling