40. Arxaik so'zlar qaysi qatorda berilgan ?
A) Jug'rofiya, riyoziyot, pargar, handasa
B) Mirshab, madrasa, paranji, jallod
C) Obdasta, chelak, toju-taxt, arava
D) Podshoh, sardoba, vazir, kulliyot
41. Ot turkumiga oid antonimlar qaysi javobda berilgan ?
A) Ichki-tashqi, foydali-foydasiz, ko'p-oz, keldi-ketdi
B) Kelajak-o'tmish, erkak-ayol, olqish-qarg'ish, aka-uka
C) To'g'ri-egri, olmoq-bermoq, dono-nodon, tez-sekin
D) Kecha-kunduz, yosh-qari, do'st-dushman, past-baland
42. Umumxalq o'zbek tili o'z ichiga olgan lahjalar qaysi javobda berilgan ?
A) Qorluq-chig'il-uyg'ur
B) toshkent, Farg'ona, Andijon
C) Xorazm, qipchoq, o'g'uz
D) Qorluq, qipchoq, o'g'uz
43. Amorf tillar guruhiga qaysi tillar kiradi ?
A) Xitoy, Tibet, Birma tillari
B) Rus, ukrain, belorus tillari
C) Tojik, afg'on, fors tillari
D) Italyan, frantsuz, ispan
44. Qaysi tillar biror guruhga kiritilmasdan har biri yakka-yakka holda olinadi ?
A) Hind, urdu, bengal
B) Tojik, afg'on, fors tili
C) Rus, ukrain, belorus
D) Grek, alban, arman
45. O'zbek milliy tili o'z ichiga olgan dialektlar qaysi javobda to'g'ri berilgan ?
A) Toshkent, Farg'ona, Qashqadaryo dialektlari
B) O'g'iz, qipchoq, qorluq-chig'il-uyg'ur dialektlari
C) Namangan, Andijon, Buxoro dialektlari
D) Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo dialektlari
Do'stlaringiz bilan baham: |