+
|
-
|
!
|
?
|
agar siz o‘qiyotgan mant mazmuni sizga tanish va buni bilaman deb o‘ylasangiz
|
agar axborot siz bilgan ma’lumotlarga zid kelsa, e’tiroz bildirsangiz.
|
agar yangi bilimlar bo‘lsa va kabul qilsangiz.
|
agar keltirilgan axborot haqida batafsil bilishni hohlasangiz
|
Abu Ali ibn Sinо, Abu Rayhоn Bеruniy, YUsuf Хоs Хоjibning ta’lim-tarbiyaga оid fikrlari.
Abu Rayhоn Bеruniyning ta’lim-tarbiyaga dоir qarashlari va ularning ahamiyati.
Abu Ali ibn Sinо va uning ta’lim-tarbiyaga оid fikrlari
YUsuf Хоs Хоjib va uning “Qutadg’u bilig” asari.
1. Abu Rayxon Beruniy (973 - 1048)
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362 yil 3-zulhijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so’zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.
XIII asr boshlarida Xorazmda bo’lgan mashhur sayoxatchi va geograf YOqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan har bir kishini xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko’ra uning nomiga qo’shilib qolgan bo’lsa ehtimol. CHunonchi, olimni shaxsan bilgan mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan «Beruniy laqabini qo’llamay, faqat «Abu Rayhon» deb ataydi. «Abu Rayhon» esa «marhamatli», «rahmatli», «rahmdil» ma’nolarini bildiradi», - degan fikrlarni aytadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |