Pedagogika Universiteti "Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim"


Download 13.27 Kb.
bet1/2
Sana23.08.2023
Hajmi13.27 Kb.
#1669316
  1   2
Bog'liq
15.Tavsifnoma


Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti “Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim” fakulteti texnologik ta’lim yo’nalishi 18/4-guruh talabasi Kadirov Dilshod tomonidan Angren shahar 41- umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-a sinf o’quvchisi Shermatova Marjonaga pedagogik- psixologik
T A V S I F N O M A


Shermatova Marjona 2009-yil 18-fevral kuni Angren shahar Dukent qo’rg’oni 386-uyda tug’ilgan. Ayni paytda shu xonadonda istiqomat qiladi. Oilada ikkinchi farzand. Tabiatan chiroyli, sho’x, hamma narsaga qiziquvchan, ma’suliyatli beg’ubor qiz. Maktabga 2016-yilda birinchi sinfga qabul qilingan. Sinfda eng a’lochi o’quchilardan biri. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi. Berilgan savollarga juda tez javob beradi. Zehni judayam o’tkir boshqa o’quvchilardan ziyrakligi bilan ajralib turadi. Yozuvi juda chiroyli, o’zini tutishi, kiyinish madaniyati qoidalariga doim rioya qiladi. Jamoa bilan o’tkaziladigan o’yinlar tadbirlarda faol ishtirok etadi. Shuning uchun sinfdagi barcha bolalar bilan juda ahil. Shaxsga xos psixik xususiyatlari (aql, idrok, xotira, tafakkur, hayol)ga ega. Tengdoshlari bilan normal rivojlanishda. diqqati, kuch ko’lami keng, irodasi kuchli. Bir ishni boshlasa albatta oxiriga yetkazmasdan qo’ymaydi. U sportning basketbol turiga qiziqadi va qatnashadi.
Oilaviy muhitiga ko’ra tarbiyasi, kiyinishi, o’qishi qattiq nazorat qilinadi. 
Otasi tadbirkor, onasi uy bekasi. Qiziga ota ham ona ham birdek vaqt ajratadi ular judayam e’tiborli. Mahallasida ham boshqa tengdoshlaridan ajralib turadi. Aniq fanlarga qiziqish va qobiliyati juda kuchli. Kelajakda o’qituvchi bo’lmoqchi. Kelajakda undan tajribali o’qituvchi chiqishiga ishonaman.


Download 13.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling