Pedagogika universiteti


Ichki qon ketishida birinchi yordam ko`rsatish


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/118
Sana21.11.2021
Hajmi1.99 Mb.
#176128
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish

 
Ichki qon ketishida birinchi yordam ko`rsatish 
Har  qanday  sharoitda  ham  birinchi  yordam  ko`rsatish  bo`yicha  asosiy 
qoidalarga  amal  qilish  lozim.  Shok  paytidagi  yoki  uning  kuchayishining  oldini 
olishdagi  kabi  yordam  ko`rsatiladi.  Sovuq kompress og’riqni kamaytirib, shishni 
qaytaradi.  Shikastlangan  joyga  muzni  dokaga,  sochiqqa  yoki  matoga  o`rab 
qo`yiladi. Har soatda 15 minutdan sovuq kompress qilinadi. Zudlik bilan "03" ga 
qo`ng’iroq  qilish  kerak.  Ichki  shikastlanishni  yengiltaklik  bilan  "shunchaki 
ko`kargan"ga  yo`ymaslik  kerak.  Jabrlanuvchini  ko`zdan  kechirib,  ichki  organlari 
jiddiy  shikastlanganmi-yo`qmi,  aniqlashga  harakat  qilish,  agar  jabrlanuvchi 
qattiq  og’riq  borligidan  shikoyat  qilsa  yoki  qo`li  yoxud  oyog’ini  qimirlata 
olmasa zudlik  bilan  tez yordam chaqirish kerak. 
Qorin  bo`shliqida  hayotiy  muhim  organlar  joylashganligi  bois bu sohadagi 
shikastlanish  o`limga  olib  kelishi  mumkin.  Bu  yerda  joylashgan  ichki  organlar, 
organizmning  boshqa  zonalaridagidan  farqli  ravishda,  himoyalanmagan.  Osonlik 


 
44 
bilan  shikastlanadigan  hamda  jarohatlanganda  kuchli  qon  ketishiga  moyil 
bo`lgan  organlar,  masalan,  jigar  va  qorataloq  eng  muhim  organlardir.  Bu 
a'zolardan qon ketganda quyidagi belgilar  kuzatiladi: 
• kuchli  og’riq; qorinning og’rishi yoki unda ezilishni  his etish, 
• qontalashning  yuzaga chiqishi, 
• ko`ngil  aynishi, 
• qayt qilish (ba'zan qon yoki qora qusish), 
• behollik, 
• axlat (najas)da qon asorati ko`rinishi  (axlatning  qora rangda bo`lishi). 
Qorin  bo`shlig’i  organlaridan  qon  ketishi  tashqi  yoki  ichki  bo`lishi 
mumkin.  Hatto  qon  ko`rinmasa  ham,  ichki  organ  yorilganda  shokka  olib 
keladigan  darajada  qattiq  ichki  qon  ketishi  mumkin.  Qorin  shikastlanishi  juda 
og’riqli  bo`ladi.  Bundan  tashqari  qorin  bo`shlig’iga  qon  yoki  boshqa  narsalar 
tushishi  og’ir oqibatlarga olib kelishi  mumkin. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling