Sovuq urishining IV darajasi to’qimalarning hamma qatlamlari,
jumladan, suyaklarning ham jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur
sovuq urishda tananing shikastlangan qismini isitib bo’lmaydi, u sovuqligicha
qoladi va hech narsani sezmaydi. Teri qora suyuqlik bilan to’lgan pufaklar bilan
qoplanadi. Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Ro’y-rost demarkatsion
chiziq 10-17 kun o’tgach paydo bo’ladi. Shikastlangan zona tezda qorayadi va
quriy boshlaydi (mo’miyolanadi). Nekrozga uchragan sohaning ko’chib tushish
protsessi ko’pga cho’ziladi (1—2 oy), jarohat juda sekin bitadi.
Bu davrda bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, organlarda distrofik
o’zgarishlar kuzatiladi. Doimiy og’riq va intoksikatsiya bemorni holdan
ketkazadi, qon tarkibi o’zgaradi, bemorlar boshqa kasalliklarga tezda
chalinadigan bo’lib qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |