Pedagogika universiteti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
ChO`KISh
Nafas yo`llariga suv g’ayriixtiyoriy kirsa, cho`kish xavfi tug’iladi. Bu hol ko`pincha o`smirlarda, bolalarda hamda mast holdagi katta yoshlilarda sodir bo`ladi. Qurbon suv ostiga tushib qolsa, nafas to`xtashi ro`y beradi, keyin bu hol beixtiyor nafas olishga aylanadi. Baxtsiz hodisalarning 15 foizida suv o`pkaga tushmaydi, biroq jabrlanuvchi bo`g’ilib o`ladi. Bunday vaziyatda dastlab nafas olish, so`ng yurak faoliyati to`xtaydi. Nafas va yurak-qon tomir sistemasining ishlashi to`xtagach, bir ozdan so`ng o`lim yuz beradi. Zudlik bilan tez yordam chaqirish, u yetib kelgunicha esa jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatish kerak. Cho`kishni oldini olish maqsadida oila a'zolarning hammasi suzishni o`rganib olishi to`g’risida g’amxo`rlik qilish, kichkina bolalar chuqurligi 10 sm bo`lgan joydagi suvda ham cho`kishi mumkinligini hisobga olgan holda ularning qarovsiz cho`milishiga hech qachon ruxsat bermaslik, sho`ng’ishdan oldin suvning chuqurligini hamda tubining holatini tekshirish, oqim tez joyda bo`lmaslikka va cho`milmaslikka harakat qilish, yolg’iz cho`milmaslikka harakat qilish, daryo kemalari qatnovi qizg’in bo`lgan joylarda cho`milmaslikka harakat qilish, agar uzoqqa suzib borish mo`ljallangan bo`lsa, bironta odam qayiqda, qutqarish uchun zarur bo`lgan barcha zarur narsalarni olgan holda, kuzatib borishi, mast holda hech qachon suvga tushmaslik va qayiqda suzmaslik, katta bo`lmagan qayiqda bor bo`y bilan tik turmaslik, qayiqda, ayniqsa sovuq kunlarda suzayotganda doim qutqarish nimchasini kiyib olish, biron-bir qutqaruvchi vositani tayyor tutish kerak. Suzishni yaxshi bilmaydigan, jismoniy jihatdan quvvatsiz yoki charchagan, kasal yoki jarohatlangan odam, shuningdek sovuq suvda turgan yoki tasodifan suvga tushib ketgan odam cho`kishi mumkin. 108 Jabrlanuvchilarni qutqarishda tez yordam ko`rsatishning birinchi printsipi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda aniq va ehtimol tug’ilgan xavfni aniqlash uchun hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish muhim rol o`ynaydi. Cho`kayotgan odam ongsiz va instinktiv ravishda harakat qilishini tushunib olish kerak. Shuning uchun ham, cho`kayotgan odamga yordam berishga harakat qilinar ekan, hech qachon unga darhol yaqin suzib bormaslik kerak. Cho`kayotgan odamga yordam ko`rsatishning turli usullari bor, biroq, ularning hech biri universal emas. Bir qarorga kelishdan olish, ushbu vaziyatda foydalanish mumkin bo`lgan eng xavfsiz usulni tanlash kerak. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling