Pedagogika universiteti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-guruh
1-guruh. Ko`krak va qorin bo`shlig`i og`ir shikastlanganlar, behush, shok,
koma, kollaps holatidagi bermorlar, kalla suyagi shikastlangan, oyog`i va qo`li kesilgan, ochiq suyak sinishi bo`lgan, kuygan bemorlar. 2-guruh. Oyoq yoki qo`l suyaklari yopiq singan, ko`p qon yo`qotgan, biroq qon oqishi to`xtatilgan bemorlar. 3-guruh. Kam qon yo`qotgan, biroq qon oqishi to`xtagan, mayda suyaklari singan, lat yegan bemorlar. Bu guruhlarning har biridagi kichik yoshdagi bolalarni onasi yoki otasi bilan birinchi navbatda evakuatsiya qilish zarur. Bemorlarni tashish usullari. 1. Qo`lda 2. Yelkada 3. Orqada 4. Bir yoki ikki tashuvchi yordamida 5. Birin-ketin 6. Zambil yordamida 7. Tashuvchi ilmoqni aylana, sakkizsimon va tugun shaklida yasab tashish. 8. Bemorlarni shikastlanish maydonidan olib chiqish. 9. Bemorlarni qutqaruvchi orqasiga opichlab olib chiqadi. 10. Ikkita qutqaruvchini qo`llari qulf qilingan holda bemor tashiladi. 11. Qutqaruvchilar bemorlarni tasmalar yordamida olib chiqadi. 12. Qutqaruvchilar bemorlarni bir yoki ikkita zambilda tashishadi. Kasallar va shikastlangan odamlarni olib borishda mumkin qadar ko`proq avaylaydigan sharoitlar yaratib, olib ketilayotgan odamni hammadan qulay va turli vaziyatda yotqizib qo`yish kerak. Olib borish va tashishda noto`g`ri harakat qilinsa, bu ahvolni yomonlashtirib, qo`shimcha shikast paydo bo`lishiga olib kelishi, qon oqishining kuchayishiga, singan suyakning o`rnidan siljib qolishiga sabab bo`lishi mumkin. 113 Jarohatlanganlarni zambilda tashishda jarohatning turi, og`irligi va shu insonning umumiy ahvoli hisobga olinadi. Oyoq shikastlanganda, jarohatlanganda, kuyganda, shuningdek umurtqa pog`onasining singanligiga shubha bo`lganda bemor zambilga chalqancha yotqiziladi va shu holatda tashiladi. Bosh suyagi ochiq singanda, bosh miya jarohatlanganda, miya chayqalganda va agar bemor xushida bo`lsagina, hamda shok belgilari kuzatilmagan taqdirdagina bemor chalqanchasiga boshi tanasidan 10-15 o burchak ostida balandroq ko`tarilgan holda yotqiziladi. Agar bemor shok holatida bo`lsa, yoki shunday holatga tushish xavfi bo`lsa, u holda bemorni chalqanchasiga, oyoqlari boshidan balandroq qilib yotqiziladi. Ko`krak bo`shlig`i a'zolari jarohatlanganda, o`tkir nafas yetishmovchiligi bo`lganda, yuz, ko`z, jag`, bo`yin va ko`krak jarohatlarida, qo`l suyaklari singanda, hamda shu jarohatlardan keyin shok alomatlari kuzatilmagan taqdirda bemorni yarim o`tirgan holda transportirovka qilinadi. Tananing juda katta qismi kuyganda bemor sog`lom tomoniga yotqiziladi va shu holatda tashiladi. Tos suyagi singanda bemor chalqancha yotqiziladi, oyoqlari tizzada bukiladi, tizza orasiga va tagiga bolish qo`yiladi, ikkala son va ikkala boldir bir-biriga ro`mol bilan bog`lab qo`yiladi va oyoq kafti biron narsaga tiraladi. Bunda bemorning boshi yostiqda bo`ladi. Umurtqa pog`onasi singan, jag` va burunning ochiq jarohatlari, shuningdek qon ketish bo`lsa, u holda bemor qorin bilan, boshini yon tomonga o`girib yotqiziladi (nafas yo`llariga qon tushmasligi uchun). Og`ir shok va terminal holatdan chiqarilgan, hamda xushiga keltirilgan bemorlar yon boshlatib transportirovka qilinadi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling