Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR BILAN
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
10
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKNI TASHKIL ETISHNING USUL VA YO‘LLARI Mo‘minova Dildora Xalilovna, Navoiy viloyat Uchquduq tuman MTBga qarashli 6-son “Jasulan” nomli MTT mudirasi Mamlakatimizda yildan-yilga maktabgacha ta’limga bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida qabul qilinayotgan qarorlar, qonunlarning barchasi yosh avlodni har tamonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2020-yil yanvar oyidagi Oliy majlis Parlamentiga murojaatnomasida ham maktabgacha ta’lim sohasida oid ustuvor vazifalar belgilandi. Murojaatnomada joriy yilda bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 60 foizga yetkazishni belgilab berildi. bundan ko‘zlangan maqsad esa bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tamonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashdir. Bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan ilk kundan boshlab ta’lim-tarbiya jarayonida faol qatnasha boshlaydi. Uch yoshga qadam qo‘ygan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilgandan so‘ng asosiy vazifa ularni bog‘cha sharoitiga o‘rgatish, moslashtirishdir. bu yoshdagi bolalarni ko‘plarida ta’lim tashkilotiga moslashish bir qancha qiyin kechadi. chunki u aynan shu davrgacha oila davrasida o‘z faoliyatini olib borgan. Uning uchun bu davr yangi bosqich hisoblanadi. bola maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘z o‘rnini topishi, uning faol azosi bo‘lishi uchun tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari kerak. MTT va oila o‘rtasidagi hamkorlikning turli usullari mavjud bo‘lib, ular bolani bog‘cha sharoitiga tezda moslashishga hamda ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil qilishda yordam beradi. bolaning har tamonlama rivojlanishini tashkil qilish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: - ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish; - ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; - ota-onalarni o‘quv tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; - ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotidagi ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash. MTT va oila uyg‘unligida bola tarbiyasi samarali kechadi, agarda, birinchidan, ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya jarayonining optimal variantlari yaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, ota – onalar bolalar tarbiyasining quyidagi ma’naviy jihatlariga e’tibor berilsa: • sog‘lom oilaviy muhit; oila ma’naviyati; • oilada bolaga ma’naviy – immunologik tarbiya berish omillari; • oilada bola tarbiyasiga oid munosabatlar; • oilada bola tarbiyasiga oid salbiy holatlarga qarshi munosabatlar; • oilada bolani ma’naviy jihatdan tarbiyalashga bag‘ishlangan tadbirlar, marosimlar, urf – odatlar, milliy va oilaviy bayramlar Bu jihatlardan ota–onalar tashabbuslari bilan MTT da uyushtiriladigan “Ma’naviyat mashg‘ulotlari”da foydalangan holda olib borilsa erkin va ijodiy fikrlaydigan faol shaxsini shakllantirishga erishiladi. MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka xolda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalshda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz: Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling