66
10
savol-javob kechalari.
Ko‘rsatmali ishlar.
Ishning bu turi ko‘rgazmali, bolalarni ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik
axborot
stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo‘yicha
materiallar solingan hujjatlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida o‘qishni yaxshi o‘zlashtirishi, maktabga mosla-
shuvini ta’minlashda ularning maktabgacha ta’ lim tashkilotiga jalb etilganligi, bu bilan ta’limga
qamralganligi alohida ahamiyatga ega. har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi o‘z hududida
yashovchi oilalarning tarkibini o‘rganib, oiladagi 7 yoshga cha bo‘lgan bolalarning ta’limga
qamralganlik darajasini o‘rganishlari zarur. bu jarayon ancha jiddiylikni avvalo, har bir oilaning
ijtimoiy holatiga e’tibor berishni talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablari” 2018-yil 18-iyun 1-Mh-son.Toshkent.
2. «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi. 2018 yil- 7-iyul
3. baxtli bola ma’naviyati. “Muharrir” nashriyoti 2017-yil.
4. Nishonova Z., Alimova G. bolalar psixologiyasi va o‘qitish metodikasi. T., 2007 y.
5. www.Ziyo.net