Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH Muxtorova Zeboxon Yunusovna Andijon viloyati Marhamat tumani 31-DIMI texnologiya fani o‘qituvchisi Telefon: +998 94 102 08 79 Anotatsiya: ushbu maqolada texnologiya fanidan o‘quv jarayonini tashkil qilish o‘quvchilarni muayyan malakasi va ko‘nikmalari bilan qurollantirishgagina xizmat qilib qolmay, balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish va tarbiyalashda ham juda muhim ahamiyatga ega fan ekanligi haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: texnikaviy modellash, topshiriqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmasi, ijodiy ishni tekshirish, malaka va ko‘nikmalar. Har bir dars o‘quvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi hamda mustahkamlashi, ularda barqaror ijodiy ko‘nikma va odatlar hosil qilishga yordam berishi lozim. Texnologiya malakalari ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida hosil bo‘ladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq jarayonida o‘rnatiladigan tartib va ish harakati izchilligini sistematik sur’atda tushuntirib berish zaruriyati bilan birga qo‘shib olib boriladi. Texnologiya darslarida o‘quvchilar ishlarini kuzatish natijasida o‘quvchilarni topshiriqlarni olib, buyum narsani xuddi namunadagidek yasash uchun namunani uning qurilishi nuqtayi nazardan sinchiklab qarab chiqib, buyumni yasash yo‘llarini qunt bilan izlaydilar. Mustaqil mashg‘ulot soatida asosiy faol shaxs bolalar hisoblanadi. Lekin bunga qaramay darsning bu bosqichida ham o‘qituvchining vazifasi benihoyat katta mas’uliyatdir. bunday mashg‘ulotlarda maqsadni aytib, ish usullarini ko‘rsatib qo‘ya qolish kifoya, bolalar erkin ishlashi kerak deb o‘ylash katta xato bo‘ladi. O‘qituvchi mumkin qadar kamroq so‘zlashi, sekin ohista ovoz bilan gapirishni odat qilishi, o‘quvchilarga sezdirmay ularning xarakterini kuzatish, o‘rniga qo‘yib gapirishni yoki jim turishni o‘rganishi lozim. Qoloq o‘quvchini yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchiga biriktirib qo‘yish kerak. Masalan, tikishda o‘g‘il bolalar odatda orqada qoladilar, ularga qizlar yordamida biriktirib qo‘yiladi, aksincha texnikaviy modellashda o‘quv tajriba hovlisidagi ishlarda bolalar qizlarga yordamlashishlari kerak. Shu tarzda o‘quvchilarda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam hissi tarbiyalanadi. Texnologiya natijalarini birgalikda tekshirish va baholash bolalarning xotiralarida ma’lum bir buyumni tayyorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga topshiriq berish darsning muhim bosqichidir. Texnologiyadan uyga bajarib kelish uchun beriladigan vazifani, avvalo, darsda ishni yaxshi uddalay olmagan o‘quvchilarga berish zarur. Texnologiyada dars 5 bosqichga bo‘linadi: 1.kirish qismi. 2.O‘qituvchining ko‘rsatmasi. 3.O‘quvchilarni topshiriqni mustaqil bajarishi. 4.Tekshirish va qat’iy baho qo‘yish asosida ishni hisobga olish. 5.Uy vazifasini tushuntirish. O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, bolalarning texnologiya darslarida shartli grafik usuli bilan mustaqil rejalashtirishga olib kelishdan avval bolalarda texnologiya bosqichlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. R.A.Mavlonova., O.Ogluzdina va b. Texnologiya ta’limi metodikasi. – Toshkent. 1986. 2. A.Sh.Vorog‘voy. konstruktorlik va modellashtirish. – Toshkent. 1989. 3. N.Gushkin., V.R.Xiltunin. Mehnat eng yaxshi tarbiyachi. – Toshkent. 1988. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling