Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN 
AYRIM METODLAR
Nuranova O‘ktamxon
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 
5-sonli umumta’lim maktabining 
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi 
Tel. raqami: 97 9818208
Email:dilafruzhamraqulova@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limi fani o‘qituvchilari, boshlang‘ich ta’limi 
va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Maqolada boshlang‘ich 
sinflarda ona tili fanini soddaroq o‘rgatishga qaratilgan ayrim metodik tavsiyalar berilgan.
Kirish so‘zlar: “Ko‘rsatish diktanti”, mnemotexnika vositalari, “Kim ko‘p so‘zni eslab 
qoladi?”, “bo‘g‘inga ajrat”, “Muammoli vaziyat yaratish”.
boshlang‘ich ta’lim- ta’limning ildizidir. bilamizki, daraxt qanchalik katta va kuchli 
bo‘lmasin, uning ildizi mustahkam bo‘lmasa, u qulab tushadi. Ta’lim ham shunday daraxt. Zero, 
ta’lim daraxtimiz qudrati boshlang‘ich sinflarda olgan bilimlarimizga bog‘liqdir. boshlang‘ich
sinflarda o‘qitiladigan o‘qish, ona tili, matematika, tabiatshunoslik fanlari orasida ona tili yanada 
muhim bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. chunki inson ulg‘ayib, qaysi kasb egasi bo‘lmasin, uning 
savodli ekanligi unga bo‘lgan hurmatning oshishiga yordam beradi.
boshlang‘ich sinflarda ona tili, avvalo, tovush va harflar, ularning tasnifi, so‘ng bo‘g‘in, so‘z 
va gap bo‘laklari, so‘z turkumlarini o‘rganishdan boshlanadi. Va bu mavzular ayni ona tilimini 
o‘rganishning tamal toshi hisoblanadi. Men o‘z faoliyatimdan kelib chiqib, ona tili darslarining 
har qaysi mavzusini o‘rganish so‘ngida diktanlardan foydalanish ma’qul deb hisoblayman. Ona 
tili darslarida ilg‘or innovatsiya asosidagi diktant turlaridan foydalanilsa, o‘quvchilarda fanga 
bo‘lgan qiziqish, intilish, imlo savodxonligi o‘sib boradi.
1-sinf ona tili dasturini o‘rganish yakunida o‘quvchilar o‘zbek tilidagi harflar bilan to‘liq 
tanishib bo‘ladilar. Shundagina “ko‘rsatish diktantlari”ni tashkil etish mumkin. Masalan, 
o‘qituvchi xattaxtaga 3 ta so‘z yozib, tushib qolgan harflarni o‘z o‘rniga qo‘yish topshiriladi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling