Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
OILADA BOLALARGA MEHR VA CHEKLOVLARNI ME’YORIDA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
OILADA BOLALARGA MEHR VA CHEKLOVLARNI ME’YORIDA BERISHNING AHAMIYATI Sharipova Nodiraxon Obitovna Namangan viloyati Chortoq tumani 53-sonli DIUM amaliyotchi psixologi nodirahonsaripova07@gmail.com Anotatsiya: ushbu maqolada oilada bolalarga ko‘rsatiladigan mehr va cheklovlarning me’yorida ko‘rsatilishi, mehrning mazmun-mohiyati, bola psixikasiga ta’siri, cheklovlarning ijobiy va salbiy tomonlari, ota-onalar tomonidan qay darajada qo‘llash to‘g‘risidagi fikr va tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: ota-ona tomonidan ko‘rsatiladigan mehr, cheklovlar, o‘smir psixologiyasida hissiyot va ehtiyojlarni hisobga olish, oilada qoidalar ishlab chiqish. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan qarovsiz qolgan, tarbiyasi og‘ir, tartibbuzar va huquqbuzarlikka moyil deviant xatti-harakatli yoshlar bilan tarbiyaviy va profilaktik ishlar olib borishga katta ahamiyat berilmoqda. bola xulq- atvoridagi bu kabi og‘ishlarning sabablari oilada ota-onalarning haddan tashqari bandligi, oila o‘zining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan farzand tarbiyasi jarayoniga befarqligi, bola tarbiyasiga kerakli e’tiborni berilmayotganligi bo‘lishi mumkin.bunday bolalarga qanday yordam berish mumkin? Ularning ota-onalariga qanday maslahat berish mumkin? Ayni damda oilada bolalarga beriladigan mehr va cheklovlar haqidagi fikr va tavsiyalarni ko‘rib chiqish kerak. O‘smirlik davriga o‘tish jarayonida ota-onalar farzandlarini halol, mehnatsevar, rostgo‘y, tartibli, mas’uliyatli, atrofdagilarga g‘amxo‘r, ishonchli kabi fazilatlarga ega bo‘lishlarini juda istaydilar. bu borada ikki xil toifadagi oilalarni ko‘rib chiqamiz. Birinchi toifadagilar: o‘zlariga qat’iy nazorat o‘rnatgan, talabchan ota-ona qiyofasini yaratadilar. bu davrda o‘smirga ikkita narsa zarur bo‘ladi: MEhR va chEkLOVLAR. Bunday ota-onalar bolalari uchun qat’iy cheklovlar o‘rnatish va ayni zamonda ularga mehribon bo‘lib qolish qiyin bo‘ladi. buning o‘rniga ular ayniqsa, o‘z ruhiy ta’sirlanishlarini yengish uchun o‘zlarini goh u yoqqa, goh bu yoqqa uradilar. Ayrim ota-onalar doimo faqat ularning aytgani bo‘lishlarini, ularning talablari birinchi o‘rinda turishini xohlaydilar. Bunday ota-onalar bolalarini nazorat qilib turadilar va ularga “Ha”, “Balki” deb javob berish mumkinligi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rmasdan faqat “Yo‘q” deb javob beradilar. Bunday ota-onalar haddan tashqari ko‘p qoida o‘rnatadilar yoki ehtimol ularning bolasi mukammal bo‘lishi va hech qachon xato qilmasligini xohlasalar kerak. Ikkinchi toifadagilar: hushfe’l, ko‘ngilchan bo‘lib bolalar istaklari ular uchun birinchi o‘rinda, bolalarga yo‘q deyish juda qiyin, qoidalar kam. Qarashlari shunday bo‘lgan ota-onalar barchasi bola istaganidek bo‘lishi kerak deb hisoblaydilar. bunday ota-onalar farzandlari xohishini bajarib, bola uchun va butun oila uchun aslida nima yaxshiroq bo‘lishi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rmaydilar. Natijada ular bolalaridan ko‘p narsa kutmaydilar. Xulosa qilib aytganda, biz qat’iy nazorat qiladigan va aksincha ko‘ngilchan va ikkilanuvchan ota-ona misollarini ko‘rdik. bu oilalarga nazar tashlab, ota-onalar o‘ta talabchan ham emas, juda bo‘sh ham emas, o‘rtacha pozitsiyani egallaydigan, ya’ni qoidalarni belgilab ularga amal qiladigan va ayni paytda bolaning hissiyotlarini e’tiborga oladigan, uni yaxshi ko‘rishi va hurmat qilishini namoyon qiladigan oilalarda bolalar o‘zini yaxshiroq tutishadi. Oilada ota-onalar tomonidan mehr va cheklovlarni me’yorida belgilash nafaqat oilaga, balki jamiyatga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Maktab va hayot. (Ilmiy-metodik jurnal). – Toshkent. 2014. 2. debbi Alen., R.fokskroft. Oksford bruks universiteti professorlari tomonidan tuzilgn “Mustahkam oila” dasturi. 1-qism. – 2019-yil, yanvar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling