Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


ONA TILI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA ZAMOAVIY TA’LIM


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
ONA TILI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA ZAMOAVIY TA’LIM 
METODLARIDAN FOYDALANISHDA “UCHTA TOG‘RI BITTA NOTO‘G‘RI 
METODI”NING AHAMIYATI
Qodirova Feruza Akbarovna
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani 
7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi 
Tel: 942243447
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktablarda boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini tashkil 
etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan jumladan “Uchta to‘gri bitta noto‘g‘ri” metodidan 
foydalanishning afzalliklari, ushbu metodning ishlatish orqali erishish mumkin bo‘lgan qulayliklar 
hamda o‘quvchilarni bilim saviyasini oshirishda ushbu metodning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: “Qadam baqadam metodi”, “Sinkveyn metodi”, “Insert metodi” “Svetafor”, 
“Panelli munozara metodi”, “Baxs – munozara va musobaqa usuli”, “Zigzag metodi”, “Zinama 
–zina metodi”, “Baliq skeleti metodi”, “Ta’lim tog‘risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”, Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, 
AkT.
Zamonaviy ta’limni joriy etish bugungi kun davr talablaridan biridir. Ta’lim sohasida olib
borilayotgan islohotlarning tub mohiyati ta’lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga
qaratilgan. fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi, axborot miqyosining
oshib borishi kabi omillar o‘quvchining shaxsiy xususiyatlariga, jumladan idrok eta olish,
tasavvur va fikrlash, aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga olib keldi. Zamonaviy ta’lim oldida
turgan eng muhim vazifa o‘quvchi shaxsining ilm olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga
qaratilgan. bugungi kun yoshlarini har tomonlama yetuk, mukammal, komil inson qilib tarbiyalash 
biz o‘qituvchilarning muhim vazifalarimizdan biridir
Hozirgi zamon o‘quvchi–yoshlar ta’limini zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarsiz 
tasavvur etish qiyin. Zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari va internetning beqiyos 
imkoniyatlari shu qadar takomillashib bormoqdaki, biz hatto tasavvurimizga sig‘maydigan har 
qanday vazifani ham mana shu texnologiyalar bemalol bajarib kelmoqda. Prezidentimizning 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
etish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoni zamonaviy axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari va internet berayotgan qulayliklarni bevosita ta’lim jarayoniga tadbiq qilish 
ishlarni jadallashtirdi.
Mаktаbgаchа yosh dаvridаyoq bоlа kichik mаktаb yosh dаvridа yеtаkchi fаоliyat turi bo‘ladigаn 
– o‘quv fаоliyatigа tаyyorlаngаn bo‘lishi lоzim. bundа bоlаdа mа’lum bir tеgishli mаsаlаlаrning 
shаkllаngаn bo‘lishi muhim аhamiyatgа egа. bundаy mаlаkаlаrning аsоsiy хususiyatlаridаn biri 
bоlаning o‘quv tоpshirigìni аjrаtib оlishi vа fаоliyatni mustаqil mаqsаdgа аylаntirа оlishidir. 
bundаy jаrаyonlаr birinchi sinf o‘quvchilаridаn tоpshiriqdа o‘zi bеlgilаgаn o‘zgаrish, yangilik 
аlоmаtlаrini qidirib tоpа bilish vа ulаrdаn хаyrаtlаnishni, qiziqishni tаlаb qiladi. bundаy tоpshiriqlаr 
аmаliy ishlаrgа аylаntirilsа yoki o‘yin tаrzidа bаjаrilsа, оsоnrоq kеchаdi vа bоlа o‘zlаshtirаdi.
Bugungi kunda zamonaviy pedagoglar hamda metodistlar tomonidan o‘qitish jarayonini yanada 
samarali tashkil etish, o‘quvchilarni darsga qiziqtirish maqsadida yangidan yangi pedagogik 
texnlogiyalar ishlab chiqilmoqdaki, ko‘zlangan asosiy maqsad esa darslarni yuqori saviyali tarzda 
tashkil etishdan iboratdir.
bugungi kunda darslarda ko‘plab zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llanib elinmoqda. 
Masalan, “Qadam baqadam metodi”, “Sinkveyn metodi”, “Insert metodi”,“Svetafor”, “Panelli 
munozara”, “Baxs – munozara va musobaqa usuli”, “Zigzag”, “Zinama –zina”, “Baliq skeleti” 
va boshqa ko‘plab pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘qitishning samaradorligini 
oshirishga hizmat qilmoqda. 
Hozirda keng qo‘llanib kelinayotgan va yuqori samaradorlikka erishish imkoni beruvchi 
zamonaviy metod – “Uchta to‘g‘ri bitta noto‘g‘ri metodi”. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida 
barcha o‘quvchilar darsning faol ishtirokchisiga aylanadi. bu orqali esa darsni barcha uchun birdek 
tadbiq etish imkoni paydo bo‘ladi.


38
10
Ushbu metod orqali dars o‘tilganda dars quyidagicha tashkil etiladi. bu metod o‘qituvchi 
tomonidan tushuntirib berilib uyga o‘rganish uchun topshiriq qilib berilgan mavzu ustida amalga 
oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni, har bir ishtirokchi bir varaq qog‘ozda o‘rganilayotgan 
yoki o‘rganilgan mavzu bo‘yicha uchta to‘g‘ri fikr va bitta noto‘g‘ri fikrni yozadi. Ishtirokchilar 
juftliklarga to‘planadilar, varaqlar bilan almashadilar va qaysi fikr noto‘g‘ri bo‘lgan ekanligini 
aniqlaydilar.
Ushbu metodni qo‘llash natijasida o‘quvchilarda, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 
kuzatuvchanlikni rivojlantirish, axborotni tanlab olish ko‘nikmasini shakllantirish imkoni paydo 
bo‘ladi hamda bolalarda sinchkovlik, xato topish va fikrlash qobiliyatining yuqori darajada 
shakllanishida yordam beradi.
“Uchta to‘g‘ri bitta noto‘g‘ri metodi” qo‘llash natijasida dars jarayonida dars materiallarini 
o‘zlashtirib ololmagan bolalar topshiriqni uddalay olmasliklari mumkin. Oqituvchi esa ayni shu 
o‘quvchilar bilan ishlashi lozim bo‘ladi. 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bugungi kunda 
pedagoglar oldida turgan dolzarb masaladir. Zero, darsdan ko‘zlangan maqsad – o‘quvchini bilim 
ko‘nikmasini shakllantirish. buning uchun esa o‘qituvchi dars jarayonini qiziqarli pedagogik 
texnologiyalar orqali tashkil etishi talab etiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mamarajab Tojiyev, Bo‘ri Ziyamuxamedov, Mavjuda O‘ralova” PEDAGOGIK 
“TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK MAHORAT FANINING O‘QUV MASHG‘ULOTLARINI 
LOYIhALASh” «Tafakkur-bo‘stoni», 2012.
2. N.X. Avliyakulov, N.N. Musaeva “PEdAGOGIk TEXNOLOGIYA” «Tafakkur bo‘stoni» 
Toshkent- 2012


39

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling