Pedagogika va psixologiya 10-topshiriq 1-savolga javob
Download 18.87 Kb.
|
Pedagogika va psixologiya 10(1)
Pedagogika va psixologiya 10-topshiriq 1-savolga javob Xalqning ma’naviy ruhiyatini mustahkamlash va rivojlantirishda, jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida ma’naviy qadriyatlar, milliy g’oya, madaniy merosni yoshlar ongiga singdirishda zamonaviy o‘qituvchining kasbiy bilim darjasi, mahorati yuksak o’rin turadi. O‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, malaka talablari rivojlanadi hamda ta’lim - tarbiyaning mazmuni zamonaviy bilimlar bilan yangilanib pedagogik industriyani rivojlantirilishiga hissa qo’shadi. Tadqiqotning nazariy, pedagogik-psixologik jihatlarini ishlab chiqish, ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda o’qituvchida pedagogik mahoratni oshirishning eng qulay metodik taktikalari, yo’llari hamda shakllarini takomillashtirish orqali “pedagog ustaxonasi” banki yaratiladi.O’qituvchida pedagogik mahoratini rivojlantirish orqali pedagogik tajriba, pedagogik madaniyat, mehnat bozoridagi raqobatbardosh malakali mutaxassisga qo’yilgan ijtimoiy talablarga to’laqonli javob bera olish imkoniyati yaratiladi. O’qituvchi pedagogik mahoratini quyidagi tartibda namoyon bo’ladi: - o'rganilayotgan mavzu bo'yicha maqsad, vazifalar bilan o'quvchi- o’quvchilarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil bajariladigan ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e'lon qilish, mavzuni to'liq o'zlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berish, o'zlashtirish me'yorlarini aytib berish; - o'quvchi-o’quvchilarni faol, mustaqil faoliyatga rag'batlantirish, ular diqqatini bo'lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o'rganish zarurligini aytib berish, bilishga qiziqish uyg'otish, o'qisho'rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg'otish, emotsiyalar, tafakkur hodisalari, bilimlarni o'quv holatlariga tatbiq etish yo'llari orqali mavzu bo'yicha ma'lumotlar to'plash, to'plangan ma'lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid o'zgarish, qo'shimcha, tuzatishlarni belgilash; - bo'lim yoki mavzu bo'yicha to'plangan bilimlarga ishlov berish. O’qituvchi pedagogik mahoratini oshirish hamda o’quvchi ma’naviy- axloqiy sifatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga doir metodik ta’minot tizimini ishlab chiqadi. Pedagogik mahorat klinikasi saytini yaratishning ilmiy-metodik ta’minoti nomli qo’llanmani tayyorlash va nashr etish bo’yicha fanlar kesimida metodik tizimli materiallar, xulosalar, tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi. O’qituvchi pedagogik mahoratining tarkibiy qismlari (insonparvarlik, pedagogik qobiliyat, kasbiy bilimlar, pedagogik texnika) rivojlantirilib borilishi kerak. 2-savolga javob Ilk o'spirinlik davriga15-18 yoshlar oralig'i kiradi. Bu davrda o'kuvchi jismonan bakuvvat va mustakil mexnat kila oladigan bo'ladi. Ilk o'spirinlik davrida shaxs ijtimoiy hayotda, maktab jamoasida, tengkurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlako yangicha mavkei, o'kish va turmush sharoitidagio'zgarishlar ta'sirida tarkib topa boshlaydi. Mazkur davrning yana bir xususiyati - mexnat va ta'lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidir. Mavjud shart-sharoitlar ta'siri ostida o'spirinning o'ziga xos axlokiy va akliy rivojlanishini ko'rish mumkin. Shuningdek, bu davrda o'spirinlarda o'zligini anglash yakkol namoyon bo'ladi. O'spirinning barcha jabhada mustakil faoliyat yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchiliklardan biridir. O'spirin tafakkuri darajasini uning mazmundorligi,chukurligi, kengligi, tezligi tashkil kiladi. Agar o'smirlik yoshining klassik tadkikotlariga nazar soladigan bo'lsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligini ko'rish mumkin. O'smirlik yoshiga xos yorkin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L. S.Vgotskiy tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo'lib, unda o'smir psixologiyasidagi barkaror va tarixiy o'zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. O'smirlik davrining yirik tadkikotchilaridan yana biri - nemis faylasufi va psixologi E. Shpranger o'smirlik yoshi kizlarda 14-21, o'g'il bolalarda 13-19 yoshlargacha davom etishini, uning birinchi boskichi 14-17 yoshlarga to'g'ri kelib, bu yoshda bolalikdan kutilish sodir bo'lishini ta'kidlaydi. O'smirlik yoshini «pubertat davr» deb atagan Sh. Byuler ishlarida ushbu davrning biologik moxiyati ochib berilgan. Pubertat davr biologik o'sish davri xisoblanib, jinsiy etilish o'z nixoyasiga etadi, ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrni ikkiga: psixi-k va jismoniy davrlarga ajratadi. O'smirning etilishiga ta'sir etuvchi tashki va 66 ichki ko'zg'atuvchilar undagi o'zidan o'zi konikish va xotirjamlikni izdan chikarib, uni o'zga jinsni kidirishga undaydi. Biologik etilish o'smirni izlanuvchan kilib ko'yadi va uning «men»ida «u» bilan uchrashish istagi tug'iladi. Sh. Byuler psixik pubertatlikni tanadan farklashga harakat kiladi. Uning fikricha, jismoniy etilish o'g'il bolalarda o'rtacha 14-16, kiz bolalarda esa 1315 yoshlarga to'g'ri keladi. Albatta, bunday farklashlarda shaxar va kishlok, alohida mamlakatlar va xatto iklimning ta'siri ham xisobga olinadi. Pubertatlikning kuyi chegarasi 10-11 yosh, yukori chegarasi 18 yosh bo'lishi kerak. Shu ma'noda o'smirlik yoshi dunyokarash, e'tikod, nuktai nazar, prinsip, o'zligini anglash, baxolash va xokazolar shakllanadigan davr xisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko'rsatmalari yoki o'zining tasodifiy, beixtiyor orzu-istaklari bilan harakat kilsa, o'smir o'z faoliyatini muayyan prinsip, e'tikod va shaxsiy nuktai nazar asosida tashkil kila boshlaydi. O'smirlik yoshining psixologik xususiyatlari alohida namoyon bo'lganda ular «o'smirlik kompleksi» va uning kechishi bilan bog'lik tarzdagi xulk- atvor buzilishi - «pubertat inkiroz» degan nom oladi. Adabiyotlar taxlilining ko'rsatishicha, mazkur xolat ikkiga - «inkiroz» va «stabil» (mukim)ga ajratiladi. Inkiroz xolati o'tkinchi xususiyatga ega bo'lib, ularni 1 yosh, 3 yosh, 7 yosh va 13 yoshda ko'rish mumkin. O'smirlik yoshidagi inkirozning keskin o'tish davri 12-16 yosh bo'lib, uning ikki fazasi mavjud va ular negativ (13-14 yosh) va pozitiv (15-16yosh) deb ataladi. 3-savolga javob O'qituvchi-pedagoglarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e'tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo'yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan. O’quvchilarga bilim berish o'qituvchining mas'uliyatli burchidir, o'qituvchining shaxsiyati qanday bo'lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: O’quvchilar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish; Beriladigan bilimni o’quvchilar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish; Ta'limda turli usul va shakllardan foydalanish; O’quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish; O’quvchilarni fanga qiziqtira olish; O’quvchilarga berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o'qitish; Bilimlarni o’quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish; G'arb olimlari o'qituvchining xususiyatlari haqida shunday fikr bildirganlar: “Yaxshi o'qituvchi o'zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon qaytmaydi. O'qituvchi o'z ustida doimo mustaqil ishlashi lozim. Yomon o'qituvchi haqiqatni aytib qo'ya qoladi, yaxshi o'qituvchi esa bolalarga haqiqatni topishga o'rgatadi” degan. Ko'p yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar o'qituvchi va pedagog, ya'ni o'ziga yosh avlodni tarbiyalashni kasb qilib tanlagan inson quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega Kasbiy faollik. Pedagogning kasbiy xususiyatlari. bo'lishi shart ekanini ko'rsatdi: *o'qituvchi falsafani yaxshi bilishi shart. Chunki falsafa odamga abstrakt fikr yuritishni o'rgatadi. O'qituvchi sinf yoki auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur sust rivojlangan bo'lsa, o'zini yo'qotib qo'yadi. Sinf va auditoriyadagilar diqqatini o'ziga qaratib olishi uchun, kishida abstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak. Undan tashqari, falsafa dars paytida kechadigan bilish jarayonini o'rgatadi. Bilish jarayonini, ya'ni gnesologiyani bilmagan o'qituvchi dars o'tishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelib, darsni amalga oshira olmaydi, oshirganda ham noto'g'ri dars o'tadi. Shu bilan bir qatorda, falsafaning asosiy qonunlari insonning barcha amaliy faoliyatida, shu jumladan, pedagogik faoliyatda ham umumiy metodologik asos vazifasini o'taydi. *pedagog aholi ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishni o'ziga kasb qilib olgan ekan, pedagogikaning jamiyat hayotidagi o'rnini, uning paydo bo'lish tarixini yaxshi bilishi kerak. Pedagogika tarixini o'rganish jarayonida kishi pedagogik faoliyatning inson hayotidagi o'rnini, pedagogikadagi asosiy qonun-qoida va tamoyillari hamda asosiy tushunchalarning shakllanish tarixini bilib oladi. Shuningdek, pedagogikaning nazariy asoslari bilan qurollanish uchun didaktikani yaxshi bilishi kerak. Chunki u bilim berish va uni hayotda qo'llashga o'rgatish jarayonini amalga oshirishning asosiy tamoyillariga amal qilishlikni ilmiy tomondan asoslab beradi. Pedagogikaning umumiy masalalarini yoritib beruvchi Umumiy pedagogikani, fanning o'ziga xosliklarini yoritib beruvchi Xususiy pedagogika (metodika)ni mukammal bilishi lozim bo'ladi. *o'zi o'qitadigan fandagi bilimlarni puxta egallagan bo'lishi shart. O'qituvchi o'qitayotgan predmetini va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o'quvchi va o’quvchilarga etkaza olishi ularning shu predmetga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Bu esa o'qituvchining obro'sini ko'taradi. *pedagog bolalarga bilim berishda muayyan yoshdagi bolalar vujudida sodir bo'layotgan fiziologik va ruhiy hodisalarni yaxshi bilishi kerak. Aks holda o'zini ham, bolalarni ham qiynab, dars oldiga qo'yilgan maqsadiga eta olmay 4-savolga javob Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o’z ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo’lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo’nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yo’nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo’nalishi hayvonlarda o’tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo’lib, uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. "Bixeviorizm" ingliz tilida "xulq-atvor" degan ma'noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, xulq bilan tashqi muhit o’rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo’zg’atuvchi), ya'ni sezgi a'zolariga ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchiga o’q otish, unga qanday javob reaksiyasi bo’lishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tug’dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi "S -> R" dir. Freydizm yo’nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko’ra hayvonga o’xshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o’zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta'limotga aylantirib, qarb mamlakatlarida katta e'tibor qozondi. 1923-yilda psixologlarning birinchi yig’ilishida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o’ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik o’zbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G’.G’oziev, M.Voqidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G’.B.Shoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar o’zlarining g’oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan "mustaqillik", "tanqidiylik" kabilarni shakllantirishga e'tibor bermoqdalar. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo’lgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma'naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini o’stirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta'lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya bo’limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. 45 Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o’tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar ho’lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko’paydiki, ular ma'lum qonun qoidaga tayanishi lozim. Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo’lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi. Shunga ko’ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha: 1. Determinizm tamoyili; 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili. Psixologiya tamoyillarining jadval ko’rinishi. PSIXOLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARI - DETERMINIZM -Psixika hayot sharoiti bilan bog'liqligini anglatib, tashqi sharoitlar o'zgarishi bilan o'zgaradi. - ONG VA FAOLIYAT BIRLIGI. Ong va faoliyat bir butunlikni tashkil etmaydi. Ong inson faoliyatini ichki rejasini tuzib beradi. PSIXIKA - ONGNI FAOLIYATDA RIVOJLANISHI Psixikani to'g'ri tushunish mumkin bo'lsa psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to'g'ri tushunish, hamda tushuntirib berish mumkin 5-savolga javob Psixologik trening turining maqsadi o’quvchilarning(tinglovchilar, ota-onalar, pedagogik jamoani) psixologik jihatdan qoʼllab-quvvatlash, mijozlarning faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʼyicha rivojlanishida psixologik va psixosamatik salomatligida uchraydigan ogʼishlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam berish, oʼzligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik qoʼllab-quvvatlashdan (psixodiagnostik faoliyat, soʼrovnoma, maslaxat berish orqali) iborat. Psixologik taʼlim turining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • psixologlarning tasdiqlangan dasturda belgilangan vazifalarni bajarish; • jamoada sogʼlom psixologik muhitni yaratishga koʼmaklashishi; • jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni korrektsiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish; • muassasaga keladigan mijoz tinglovchilar taʼlim va tarbiyasi, ular xulqidagi moyilliklar, shaxsning oilaga va jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy va emotsional muammolari boʼyicha pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlariga aniq tavsiyalar berish, ular bilan psixologik trening, suhbat, maslahatlar tashkil etish; • ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy taʼsirlarga moyilligi mavjud tinglovchilarni psixologik kuzatib borish, ularning xulq-atvor motivlarini oʼrganish, korrektsiyalash, tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish; • axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʼtkazish va psixologik tavsiyalar berish; • tinglovchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga samarali moslashuviga yordam berish; • isteʼdodli va iqtidorli oʼquvchilarni aniqlash, ularning individualpsixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʼrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun psixologik faoliyat yuritish; • ilgʼor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashxis tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish; • psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni taʼlim jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish. • Psixologik yoʼnalishdagi taʼlim turining asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat: • psixologik maʼrifat va tashviqot; • psixologik-pedagogik tashxis; • psixologik korrektsiya; • psixologik maslahat; • fan va kasbga yoʼnaltirish. Download 18.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling