Pedagogika va psixologiya kafedrasi «bolalar psixologiyasi» fanidan «maktabgacha ta


II.BOB.Maktabgacha ta’lim yoshidagi tayyorlov guruhi bolalarning aqliy rivojlanishida psixologik treninglardan foydalanishning ahamiyati


Download 149 Kb.
bet6/8
Sana17.10.2023
Hajmi149 Kb.
#1706618
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2Kurs ishi tayyori Tursunova Umida

II.BOB.Maktabgacha ta’lim yoshidagi tayyorlov guruhi bolalarning aqliy rivojlanishida psixologik treninglardan foydalanishning ahamiyati.......
2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxni shakllantirishda psixologik treninglardan foydalanishning muhim jihatlari.
Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, malakalarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik treningni o’ziga xos o’rni mavjud bo’lib, hozirda mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak, mubolag’a bo’lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining o’zgarishi, muayyan kasbiy sohalardagi bilim, ko’nikma va malakalarning ortishi, rahbar, menejer, tadbirkor, kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa, shiddatli sharoitlarda juda murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning asl mohiyatini tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bugungi globallashuv davri shaxslarida muloqotga bo’lgan (ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, emotsional sferaning barqarorligini ta’minlash kabilarda ) ehtiyojlarning kundan- kunga oshib borishi, ular o’rtasida yuzaga keladigan turli nizoli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida albatta psixologik treninglarning imkoniyatlarini kengligi ham hech kimga sir emas. Psixologik adabiyotlarni tahlil qilganimizda treningga oid turli qarashlarni, amaliy tavsiyalarni uchratamiz.
Xo’sh trening o’zi nima? Treningni tashkil qilishdan maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera oladimi? kabi savollarga duch kelamiz. Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi. Trening - bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir. davrda insonlarni eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish, o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga intilishining kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga o’rgatish kabi
Hozirgi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy psixologiyaning asosiy sohasi bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir. XXI asrda kishilarning eng tabiiy bolgan muloqotga ehtiyoji, uning muloqot sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir etishga bolgan intilishi yanada oshdi. Birinchidan, axborotlashgan jamiyatga o’tganligimiz tufayli axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitida oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab etadi. Uchinchidan, hozirda shaxslarni ruhiy salomatligini saqlash maqsadida hissiy – emotsional zo’riqishlarni oldini olish va bartaraf etishni rivojlantirish kabilar dolzarb masalalardandir.
2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish to’grisidagi konsepsiyning qabul qilinishi va uni amalga oshirish maqsadida barcha ta’lim - tarbiya muassasalari, korxona va tashkilotlar, oila institutlari, hamda mahalla uyushmalarida aholini ruhiy zo’riqishlarini bartaraf etish, natijada aholining salomatligini, ish unumdorligini oshirish keng targ’ib qilinmoqda. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda psixologik treningning o’z orni va ahamiyati katta. Trening guruhlarda muloqotning madaniy obro’li bo’lishni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan psixologik ishlarning faol usuli, ya'ni guruh-guruh bo’lib munozara, bahs, rolli o’yin va boshqa o’yinlarni o’tkazishga qaratilinadi. Shuningdek, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tadbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi.
Psixologik diagnostika - bu bolaning aqliy rivojlanishining xususiyatlarini aniqlash, ma'lum psixologik neoplazmalarni shakllantirish, ko'nikma, bilim, ko'nikma, shaxsiy va shaxslararo shakllanishlarning rivojlanish darajasiga muvofiqligini aniqlash uchun individual shaxs xususiyatlarini psixologik-pedagogik o'rganish. yosh ko'rsatmalari va jamiyat talablari. 3.2.3-band. FSES DO "agar kerak bo'lsa, bolalar rivojlanishining psixologik diagnostikasi qo'llaniladi (bolalarning individual psixologik xususiyatlarini aniqlash va o'rganish), bu malakali mutaxassislar (o'qituvchilar - psixologlar, psixologlar) tomonidan amalga oshiriladi. Bolaning psixologik diagnostikada ishtirok etishiga faqat ota-onasining (qonuniy vakillarining) roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
Psixologik diagnostika natijalari psixologik yordam muammolarini hal qilish va bolalar rivojlanishini malakali tuzatish uchun ishlatilishi mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini optimallashtirish uchun pedagog-psixolog yiliga ikki marta (sentyabr va may oylarida) ota-onalarning yozma roziligi bilan barcha maktabgacha yoshdagi o'quvchilarning skrining diagnostikasini o'tkazadi (individual): xotira, e'tibor, fikrlash, hissiy va shaxsiy soha. Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin: birinchi davr - bu 3-4 yosh oraligHda bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlimishi bilan bog‘liqdir; ikkinchi davr - bu 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqansh bilan bog‘liq«lir; uchlnchi davr esa shiixsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalai' borgan sari qat’iylasha boradi. Axloqiy tushunchalar manbai sifatida, ulaming ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari hara bo‘lishi miunkin.
Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shuningdek, kattalaming ayniqsa, onalaming maqtovi va tanqidlari ta’sirida o‘tadi va mustahkamlana. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlar bolaning muvafFaqiyatga erishishga bo'lgan harakatlaiining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati juda katitadir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari - bu bolani tashvishga solayotgan ichki muanunolari bilan bogUiq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlfirdir. Bu motivlarga asta-sekinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalami egallash bilan bog‘liq bo'lgan o'qish motivlari qo‘shiladi. shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlanadi. Katta bog‘cha yosliida bola atrofidagi odamlar bilan turli faoliyatlairda muloqot va munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan muloqotga kirisha olistiida, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarini samarali o‘mata olishida foyda keltiradi.
Bolaning atrofidagi kishilar bilan boigan munosabatlari, asosida turli xil motivlar yetadi. Bulaming hammasi bolaning individualligini tashkil etib, uning boshqa bolalardan nafaqat intellekti, balkl axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, ulaming o'z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvafifaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi hislaming yuzaga kelishi hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalai' shaxsining shaMlanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir. Bog'cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ulaniing turli-tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ulaming xayoli ham xilma-xil bo'lmas edi. Bog‘cha yoshidagi bolalarUng xayollari turli xil mashg‘ulotlarda ham o‘sadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o‘ynashni va rasm solishni yaxshi ko‘radilar. Ana shunday mashg‘ulotlar bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qilali.
Bog'cha yoshidagi bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiluvchi omillardan yana biri - ertaklardir. Bolalar hayvonlari haqida turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabatlari yuzaga keladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz his-tuyg‘ular g‘oyat kuchli va juda tez namoyon bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning histuyg‘ulari ko‘p jihatda ularni organik ehtiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bog‘liqdir. Bu ehtiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg‘ularini qo‘zg‘adi. Katta bog'cha yoshidagi bolalarning burch hissi - «nima yaxshiyu», «nima yomon»ligini anglashlari bilan ulaming axloqiy tasawurlari orasida bog‘liqlik bor. Katta odamlaj: tomonidan bujotrilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg‘ulairi paydo boUsa, biron tartib qoidani buzib qo‘yganlarida xafalik, ta’bi xiralik hissi tug‘iladi. Shaxsni rivojlantirish treninglarining tarixi (A.Everett).
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar haqidagi qarashlarning rivojlangan bosqichi o’tgan asrning 70 yillarida ko’rina boshlangan. Bunday treninglarni asoschisi sifatida A.Everettni ishlarida yaqqol ko’rina boshladi. 1962 yildan boshlab A.Everett umumrivojlantiruvchi maktablarda faoliyat olib borgan. Shu yili o’zining dastlabki seminarini tashkil etib, uning asosiy g’oyasi ong histuyg'ularga va his-tuyg'ular tanaga qanday ta'sir qilishini namoyish etdi. Uning seminarida ko’plab korxona pahbarlari ishtirok etib, ko'plab rahbarlar global transformatsion ta'lim maydoniga kirishdi. Uzoq vaqt davomida Aleksandr Everett o’zining turli treninglari bilan kompaniyalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlagan. Shu sababli, Aleksandr Everett "O'qituvchilarning o'qituvchisi" sifatida tanilgan. Aleksandr Everett hayotida optimizm va faollikni yo'qotmagan, dunyoda o'z-o'zini rivojlantirish vazifasi ustun bo'lgan va o'z-o'zini rivojlantirish hayotning boshqa barcha vazifalarini hal qilishga yordam beradigan odamlar sonini ko'paytirishni maqsad qilgan.
Maqsadga erishish vositasi - bu o'zini takomillashtirishdir degan g’oyani hayotga tadbiq qilgan. Darhaqiqat, shaxs biror bir muvaffaqiyatga erishish davomida albatta oldin maqsadni aniq, katta qoyishi va bu maqsad yo’lida tinimsiz harakat, izlanishlar olib borishni taqozo etadiki, natijada yuqori cho’qqilarni zabt etish imkoniyati ortadi. U o’zining “Ong Dinamikasi” nazariyasini yaratdi va uning asl mohiyati shundaki, “Ong Dinamikasi” ildizlari bir necha falsafiy, ma’naviy va diniy ta’limotlardan olingan bo’lib, insonni faollashtiruvchi manba sifatida bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, hayotiy tajribani tashkil qiluvchi va faoliyat natijasi bo’lmish ichki chuqur ustanovkalar va qarashlarni o’rganishga yordam beruvchi mashg’ulot hisoblanadi. Bunday trening ishtirokchisi bolgan shaxsda kuchli, ilhomlashtiruvchi shijoatli ustanovkalar paydo bo’ladiki, u bularning yordamida ekstraordinar natijalarga erishadi. Inson bunday treninglar yordamida o’z hayoti va kasbiga doir kechayotgan muammolarni turli xil mashg’ulotlar orqali aniqlab, echim va yo’lllarini izlaydi.
Shaxsni rivojlantirish treninglarining maqsadi. Psixologiya sohasida tadbiq qilinayotgan barcha treninglarni asosiy mohiyati shaxsni barkamol qilib shakllantirishga qaratilgan bolib, muloqotchanlikni rivojlantiruvchi, proffesional faollikni ta’minlovchi, xulq – atvorni shakllantiruvchi, ahillashtiruvchi, psixoemotsional turg’unlikni hosil qiluvchi kabi barcha trening mashg’ulotlarini qamrab oladi. Shaxsni rivojlantirishga qaratilgan treninglar har xil vaziyatlarda yashaydigan, ishlaydigan shaxsning e'tiqodi, ko'nikmasi va strategiyasini rivojlantiruvchi treninglar qatoriga kiradi. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar - bu shaxsiy salohiyatni rivojlantirishga hissa qo'shadigan ko'plab xilma-xil mashg'ulotlar to'plami. Keng ma'noda, shaxsiy rivojlanish bo'yicha trening shaxsiy rivojlanish bo'yicha mashg'ulot bilan bir xil. Shunga ko'ra, bu trening kurslari (bilim va rivojlantiruvchi ko'nikmalar bilan ta'minlash), qadriyatlar va e'tiqodlar bilan ishlaydigan treninglar va ishtirokchilarning holatiga ta'sir ko'rsatadigan mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi, natijada trening ishtirokchilari shaxsiy potentsialini oshirsa: oldinga va muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini o'z ichiga oladi.
Shaxsiy o'sish bo'yicha shaxsiy ko'nikmalar va treninglar Tor, o'ziga xos ko'nikmalarni rivojlantiradigan mashg'ulotlar (klaviaturada ko'r-ko'rona yozish, mashina haydash, tovarlarni to'g'ri tartibga solish) bu oddiy mahoratli mashg'ulot, ammo shaxsiy o'sish bo'yicha mashq emas. Agar mashg'ulotda odamga "boshini burish" va shaxsiy qarorlar qabul qilish, hayotga ijobiy munosabatda bo'lish va muammolarni konstruktiv hal etish ko'nikmasi, ma'suliyat va intizom mahoratini rivojlantirish o'rgatilsa, bu oddiy mahorat mashqlari emas, balki shaxsiy o'sishga o'rgatishdir. Ushbu universal ko'nikmalar 160 insonning shaxsiy imkoniyatlarini o'zgartiradi, unga boy hayot istiqbolini ochib beradi. Shaxsni rivojlantirish treninglarining maqsadi ishtirokchilarga o'zlarini tushunishga yordam berishga, turli vaziyatlardan chiqish yo'llarini topishga, shaxs sifatlarini rivojlantirishga qaratilgandir.
Shaxsni rivojlantiruvchi trening mashg'uloti ishtirokchilarining muayyan ko'nikmalari va xulq-atvorini muntazam ravishda takomillashtirish, sayqallash va rivojlantirishga qaratilgan. Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning maqsadidan kelib chiqib, trening guruhi vazifalarini quyidagicha belgilashni taqozo etadi:
• guruh a'zolarining psixologik muammolarini o'rganish va ularni echishda yordam berish;
• sub'ektiv farovonlik va ruhiy salomatlikni yaxshilash;
• odamlar bilan yanada samarali va hamjihatli aloqa uchun zamin yaratishga xos bo’lgan shaxslararo o'zaro munosabatlarning psixologik belgilari, mexanizmlari va samarali usullarini o'rganish;
- ichki va xulq-atvor o'zgarishlari asosida hissiy buzilishlarni to'g'irlash yoki oldini olish uchun ishtirokchilarning o'zini o'zi anglashi va nazorat qilishini rivojlantirish;
• shaxsni rivojlantirish, ijodiy potentsialni ro'yobga chiqarish, hayotning maqbul darajasiga erishish va baxt va muvaffaqiyat hissini shakllantirish kabi.
Psixologik adabiyotlarda trening mashg'ulotlarining turli xil tipologiyalari taqdim etilgan. Jumladan, A.I. Paley tomonidan mashg'ulotlarning uchta sinfi ajratib ko’rsatilinadi: - Sub’ekt – sub’ekt - turli xil o’zgartirishlardagi ijtimoiy-psixologik treninglar. - Sub’ekt - ob'ekt - intellektual tayyorgarlik, uning maqsadi shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantirish, kasbiy va shaxsiy muammolarni hal qilish samaradorligini oshirishdir. - Saxsni o’zini – o’zi o’zgartirishga qaratilgan treninglar turi. Trening mashg’ulotlari ichida shaxsni rivojlantiruvchi quyidagi shakllari ham alohida ajratilinadi:
1.Trening - o’qitishning oziga xos shakli sifatida
2.Trening - shaxsni tayyorlash sifatida (o'zini tutish, muloqot, ommaviy nutq, taqdimot, stressni boshqarish, rahbar kabi).
3.Trening - faol o'rganish shakli sifatida, maqsadi asosan psixologik bilimlarni uzatish, shuningdek, ma'lum ko'nikmalarni rivojlantirishdir.
4. Trening - ishtirokchilarning o'zini oshkor qilishi uchun sharoit yaratish usuli sifatida (o'z-o'zini anglash, shaxsiy o'sish bo'yicha mashg'ulotlar).
Shaxsni rivojlantirish treninglarining mijozlari. Bugungi glabollashuv davrida psixologlar tomonidan odamlar ruhiyatida asabiylik, agressivlik holatlari ko’payib borayotganligi haqida juda ko’p gapirmoqda. Aytish mumkinki, bunday asabiylashish holatlari turli darajadagi zo’riqishlar natijasida vujudga kelmoqda. Natijada odamlar o’rtasida turli nizoli vaziyatlarni ro’y berishi, o’zini – o’zi nazorat qila olmaslik, irodasizlik, atrofdagilarga nisbatan ishonchining so’nishi, shaxslararo munosabatlardagi qiyinchiliklar, o’ziga to’gri ustanovkalarni bera olmaslik kabi holatlarning boshdan kechirayotganini guvohi bo’lamiz va insonlarning yashash mihitida, salomatlik bilan bog’liq jihatlarida ham muammolarga duch kelamiz. Ayni damda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta’kidlab o’tish joiz:

  • Bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, o’smirlar orasida turli-tuman muammolar asosida kuzatiladigan asabiylik holatlari.

  • Ish joylarida (rahbar va xodimlar, xodimlarning o’zaro muno- sabatlari orasida), oilaviy munosabatlarda, qarindoshlar, mahalla- ko’y bilan o’zaro munosabatlar, turli yosh davrlarda psixologik o’zgarishlar natijasida kuzatiladigan asabiylik holatlari.

  • Yuqorida sanab o’tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar mavjud bo’lib, bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida psixologik maslahat va psixologik korreksiyaga muhtoj bo’lib qoladigan bir necha xil guruhlar vujudga kelmoqda, bular:

1. Muloqotchanlikning yetishmasligidan ruhiy tushkunlikka tushgan kishilar guruhi.
2. Oilaviy hayotga tayyor bo’lmagan yoshlar guruhi.
3. Moddiy yetishmovchilikdan qiynalgan kishilar guruhi.
4. O’z yaqinlaridan ajralgan kishilar guruhi.
5. Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar guruhi.
6. Begona joyga ko’chib kelib yoki yangi o’qish va ish joyiga moslasha olmayotgan kishilar guruhi.
7. Rahbar yoki o’zidan katta kishilar tomonidan shaxsiyatga teguvchi so’zlar bilan haqorat qilingan kishilar guruhi.
8. Chekish, ichish, narkotik moddalarga qaram bo’lib qolgan kishilar guruhi.
Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening mashg’ulotlarini o’z o’rnida tashkil etish amaliy yordam beradi. Agarda mashg’ulot samarali tashkil etilsa, guruhlar o’z xohishi bilan treningga keladi va trenerning ko’rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar bo’ladiki bu guruh a’zolari treningga istamasdan, xohlamasdan keladi: Masalan, jinoyatchilar, bezorilar, o’g’rilar, narkotik bilan shug’ullanuvchilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar treningni vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo’ladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Treningshaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida bahsmunozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan mashg’ulotlar yig’indisidir.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling