Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi 2-kurs magistranti Abdixodirova Go`zal Erali qizining 2022-2023 o’quv yilining sentabr oyida kalendar ish rejaning bajarilishi o’quv-uslubiy


Download 18.82 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi18.82 Kb.
#1425108
Bog'liq
1.sentabr hisobot


70110102- Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi 2-kurs magistranti Abdixodirova Go`zal Erali qizining 2022-2023 o’quv yilining sentabr oyida kalendar ish rejaning bajarilishi o’quv-uslubiy, ilmiy pedagogik faoliyat bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan vazifalar,
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oylik
HISOBOTI
SENTABR

Hisobot oyida quyidagilar bajarildi


1.Ilmiy pedagogik ishlar.
Mutaxassislik fanlari:



  1. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi 130 soat

  2. Ta'lim tizimini boshqarish psixologiyasi 130 soat

  3. Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik desertatsiyasini tayorlash 364 soat

  4. Ilmiy seminar 52 soat

  5. Ilmiy-pedagogik ish 104 soat

o ’quv yilining 1-semestrida o’tilishi rejalashtirilgan.


Biz ushbu fanlar bilan tanishib amaliy mashg’ulotlarni bajara boshladik.
Kafedraning professor-o’qituvchilari darslarini kuzatib ularning pedagogik tajribalari o’rganildi, leksiya va amaliy mashg’ulotlari qanday olib borilishi bo’yicha bevosita fakultet va kafedrada mehnat faoliyatini olib borayotgan professor –oqituvchilarning kalendar rejalari ,o’quv qo’llanmalari, tarqatma materiallari va boshqa hujjatlari bilan tanishib chiqa boshladim. O’quv
jarayonini tashkil qilish borasidagi bir qancha me’yoriy hujjatlar o`rganildi. U.I.Mahkamov bilan hamkorlikda binar darslari tashkil etish bo`yicha muhokamalar qilindi.

2. Ilmiy- tadqiqot ishlar.


Ilmiy rahbarim U.I.Mahkamov bilan birgalikda Umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilarining ma`naviy-axloqiy tarbiyasida musiqaning roli va ahamiyati mavzusining II bobi bo`yicha ma’lumotlarni to’plash ishlari boshlandi.
Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
N.X.Elmurzayeva
Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari doktori, professor
U.I. Mahkamov
Magistrant: G.E.Abdixodirova


70110102- Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi 2-kurs magistranti Abdixodirova Go`zal Erali qizining 2022-2023 o’quv yilining oktabr oyida kalendar ish rejaning bajarilishi o’quv-uslubiy, ilmiy pedagogik faoliyat bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan vazifalar,
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oylik
HISOBOTI
OKTABR

1.Ilmiy pedagogik ishlar.


U.I.Mahkamov bilan birgalikda binar darslar tashkil etdik. Kafedra tomonidan biriktirilgan ustoz S.B Allayarova boshchiligida kafedra hujjatlari, o’quv jarayonini tashkil qilish borasidagi bir qancha me’yoriy hujjatlarni o’rgandim . Kafedraning professor o`qituvchilari darslari tahlil qildim. Darsda qo`llanilayotgan interfaol metodlar va talabalar bilan ishlash uslublarini tahlil etib bordim.

2. Ilmiy- tadqiqot ishlar.


Magistrlik dissertatsiyasining II bobi bo`yicha ilmiy rahbar bilan birgalikda ma`lumotlar to`plandi. Ilmiy jurnal va konferensiyalarga materiallar, maqolalar taqdim etildi. Shulardan biri “Научный импульс” Rossiya xalqaro zamonaviy ilmiy-amaliy jurnalida “O’tmish mutafakkirlarining musiqa san’ati yoshlarning ma’naviy – axloqiy dunyoqarashlarini va musiqiy idrokni shakllantirishdagi tutgan o’rni” mavzusida chop etildi.


Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
N.X.Elmurzayeva
Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari doktori, professor
U.I. Mahkamov
Magistrant: G.E.Abdixodirova
Download 18.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling