Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari


Download 184.42 Kb.
bet3/22
Sana18.06.2023
Hajmi184.42 Kb.
#1565587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
“MAKTABGACHA TA`LIM VA TARBIYA TO`G`RISIDA”GI QONUNNI

5-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;
bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
6-modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari
Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega.
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.
2-bob.Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish
7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar hamda tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.

Download 184.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling