Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


Download 69.53 Kb.
bet4/9
Sana08.05.2023
Hajmi69.53 Kb.
#1442426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Jismoniy tarbiya.
Barkamol inson tarbiyasining tarkibiy qismlaridan yana biri jismoniy tarbiyadir. Jismoniy tarbiya yosh avlodni jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sishlarini, baquvvat bo‘lishlarini va Vatanimiz himoyasi uchun qo‘rqmas, jasur, harbiy ilmlar, qurol-aslahalardan foydalanishni biladigan qilib tarbiyalashni o‘zining oliy maqsadi deb biladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga jismoniy tarbiya maktabda harakatli o‘yinlar, gimnastika, sport, turizm hamda sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg‘ulotlari turlari vositasida beriladi. Jismoniy tarbiya vositasida o‘quvchilarga odamning anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasiga oid tizimli bilim ham beriladi, ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, bir-birini taqozo qiladi. Jumladan, bo‘shanglik, o‘z kuchiga ishonmaslik, dangasalik va boshqa axloqiy kamchiliklar kishini qo‘rqoq qilib qo‘yishi mumkin. Bunday shaxslar Vatan himoyasi uchun yaroqsiz hisoblanadi. Chunki qo‘rqoqdan hech qachon botir chiqqan emas. Lekin sotqinlar chiqqanligi haqida tarixiy ma’lumotlar bor.
Mard, jismonan chiniqqan kishi mehnatda ham o‘zini ko‘rsata oladi. Bunday sifatga ega bo‘lgan kishida haqiqat, qanoat, sabr, ezgulik, vijdon, adolat, diyonat, insofni; nomardlarda esa yomonlik, ojizlik, makkorlik, hasad, adovat, razillik, yuzsizlik, xiyonat, tubanlik, noinsoflik kabi illatlarni uchratish mumkin. Mard bilan nomard orasidagi tafovutni Alisher Navoiy quyidagicha ifodalaydi: «Mard-«la’l toj ila» bong uradigan xo‘roz. G‘arazgo‘y vaysaqi, nomard makiyon. Xo‘roz ma’lum vaqtda «nido» tortganidek, mard ham o‘z paytida gapini aytadi, zaruratga qarab munosabatini bildiradi. Mard-maydon odami, u kurashib yashaydi».
Mehnat tarbiyasi.
Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, mehnatning mohiyatiga, mazmuniga teran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarmoqdan iboratdir. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Halol mehnat - kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi. Donolarimiz: «Mehnat-mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qo‘yma», «Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan – tishlaydi, ishlamagan – kishnaydi», «Mehnatdan qo‘rqma, minnatdan qo‘rq», «Odamning husni – mehnatda», «Oltin o‘tda bilinar, odam – mehnatda», «Xazina g‘oyibdan emas, mehnatdan», «Halol mehnat-yaxshi odat, berur senga saodat» deb bejiz aytmaganlar. Buyuk alloma Bahovuddin Naqshbandning «Dil ba yoru dast ba kor» hikmati bugungi kunda ham o‘z qadrini, qimmatini yo‘qotmagan. U kishi talabalarni madrasaga qabul qilish paytida «Biror kasbing bormu?» deb so‘rar ekanlar. Hunarsiz kishi o‘qishga qabul qilinmagan. Uning fikricha: «Agar kishi hunarli bo‘lsa, u bilimini haqiqatga bag‘ishlaydi, o‘z mehnati bilan kun kechiradi, bordiyu, kasbi bo‘lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halol mehnatni unutadi». Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik har qanday kishini, har qanday oilani buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash, madaniyat, barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi, kamol topadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan saqlaydi.

Download 69.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling