Pedagogika va psixologiyasi


O’smir va o’spirinlar suitsidal xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari


Download 299.48 Kb.
bet16/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

2.2. O’smir va o’spirinlar suitsidal xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari
Ontogenetik rivojlanishning turli bosqichlarida suitsidal xulq-atvor o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ikkita asosiy “avj”ga bo’linadi: “yoshlikning avji” – 15 dan 23 yoshgacha va “involyutsiya avji” – 40 yoshdan so’ng. Tajriba va ko’p sonli tadqiqotlarning ko’rsatishicha, eng ko’p o’ziga xos xususiyat bolalik-o’smirlik bosqichi va inson hayotining involyutsion davriga ajratib ko’rsatiladi.

O’smirda suitsidal ko’rinishning tahlil natijalarini ko’rsatishicha, bu yoshda suitsidal xulq-atvor, garchi kattalarning xulq-atvori bilan ko’p tomonlama o’xshash bo’lsa-da, baribir o’z yoshiga xos xususiyatlarga ega. Bu fiziologik va psixologik mexanizmlar, o’sayotgan organizm va shaxsning shakllanish davridagi o’ziga xoslik bilan bog’langan.


Bolalar va o’smirlarda autoagressiv harakatlar o’ta xavflidir.
O’smirlar uchun o’lim ancha oshkora hodisa sifatida shakllanib boradi. Lekin ular o’zlari uchun, mototsiklni juda tez haydash, xavfli narsalar bilan tajriba o’tkazish yoki o’ziga jalb qiluvchi, lekin tahlikali faollik bilan shug’ullanishlarini rad etadilar. Keyinchalik, o’smir o’zining o’limi haqidagi fikrga keladi, lekin bu vahimani engib o’tib rad etadi. Bolalar ko’pincha o’smirlar suitsid sodir etib, o’lim bilan yakunlanishini nazardan qochiradilar. Kattalarga qaraganda, ularda haqiqiy suitsidal urinish va namoyishkorona shantaj autoagressiya (o’ziga yo’naltirilgan agressiya) o’rtasida aniq chegaralar mavjud emas. Bu bolalar va o’smirlarda autoagressiyaning hamma ko’rinishlarini amaliyotda turli ko’rinishdagi suitsidal xulq-atvor sifatida ko’rib chiqishga majbur qiladi.
O’zining o’limiga atrofdagilarning guvohligi yoki “qayta tug’ilish”ga intilish bolalar va o’smirlar suitsidenti uchun xosdir. Bolalik davrida o’lim haqidagi tasavvur bir necha bosqichda bo’ladi: bola ongida o’lim haqidagi tasavvurlarning butunlay yo’qligidan, to hayotdan ketishning rasman belgilari bilan tanishish (aza, janoza tushunchalari) va boshqalar. Bolaning o’limdan xabardor bo’lish na uning shaxsiyatiga, na uning yaqinlarining shaxsiyatiga to’g’ri kelmaydi, aksincha shakllanmagan o’lim bu abadiy o’lim, go’yoki uzoq muddatga yo’qlik yoki tiriklik sifatida tushuniladi Bola ikkala tarafda bo’lish imkoniyatini tan oladi: atrofdagilar uchun o’lish va shu bilan birga ularning qayg’urishlarini, o’z janozasiga guvoh bo’lishni va uni xafa qilganlarning afsuslanishlarini kuzatishni istaydi. O’lim qo’rquvining yo’qligi bola psixikasini ajratib turuvchi xususiyatdir. Bolalar va o’smirlarni namoyishkorona harakatlardan uzoqlashtirish xato hisoblanadi. Hayotiy tajriba va tasavvurlarning etarli emasligi natijasida bironta usul tanlay olmaydi. Natijada rejasizlik, o’z joniga qasd qilish usullarini bilmaslik yuqori darajada o’lim xavfini tug’diradi. Shuningdek, xavf yosh xususiyatlariga qarab ham ortadi. Lekin, hayot qadri tushunchasini anglamay turib, o’smirlarda o’lim qo’rquvi shakllanadi. “Metafizik intoksikatsiya”, o’smirning o’ziga xos psixologiyasi, jumladan hayot va o’lim mavzusida fikrlashida namoyon bo’ladi. Umumiy beqarorlik, tanqidning etishmasligi, o’ziga nisbatan yuqori baho berish va xudbinlik hayot qadrini anglashning pasayishi uchun sharoit yaratadi, bunda o’smirning hissiyotlari salbiy tus oladi hamda mojaroli vaziyatlarda suitsidal xulq-atvor uchun zamin yaratadi.
O’z hayotiga nuqta qo’yish maqsadini anglash mezonlaridan tashqari, kattalarda o’z joniga qasd qilish haqiqatini aniqlash uchun suitsid va suitsident xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari uslublari tahlil qilinadi.
Suitsidning xavfli mojaroli vaziyatlarini tahlil qilish orqali ular bola yoki o’smir uchun arzimas narsalar, kattalarning fikricha, kelishmovchiliklar sababli yuz beradi. Shuningdek, baholashda ayrim maksimalizm: o’z qilmishlarining haqiqiy oqibatlarini ko’ra bilmaslik va bo’lgan hodisalarning oqibatini tashxis qilish, hayotiy tajribaning yo’qligi bolalikning o’ziga xos davri va chorasizlik, mojaroning hal bo’lmasligi, afsuslanish va yolg’izlik hissini paydo qiladi. Bularning hammasi, hattoki, arzimas nizoli vaziyatlar bola uchun, ayniqsa, o’smir uchun atrofidagi kattalarning ba’zida xolis baholamasliklari suitsid xavfini oshiradi. Bularning hammasi pubertat yoshda suitsidal xavfning oshishiga sabab bo’ladi.
Agarda katta yoshli suitsidentlar orasida ahamiyatli darajada erkaklar (1G’3) ustun bo’lsa, o’smirlar orasida bu ko’rsatkich ya’ni qarama-qarshi qizlar o’rtasida, shu yoshdagi o’g’il bolalarga qaraganda (3,9% qarshi 1,6%), o’zini o’ldirish, deyarli, 2,5 marta ko’p. Bu erda, aniqlanishicha, suitsidal xulq-atvor jinsga bog’liq emas, balki qizlar rivojlanishda ushbu yosh diapazonida oldindaligidir.
Suitsidal sindromga yosh bosqichining ta’siri quyidagi ma’lumotda ya’ni o’limga intilishning kuchli shakliga duchor bo’lganlar 1,3 % 10–11 yoshli o’smirlar, 1,9 % 12–13 yoshlilar, 2,7% 14–15 yoshlilar va 4,5% 16–18 yoshlilarda kuzatiladi. Bu fenomen bola modeli bilan atrofdagi ijtimoiy dunyoning munosabat umumlashmasida ko’proq javobgarlik xulq-atvori yotadi. Qizlarga nisbatan o’g’il bolalarda avvalroq katta bo’lib, bu jarayonni o’zida chuqur his qiladi.
O’smir yoshda suitsidal xulq-atvorni paydo bo’lishiga oilaviy munosabatlar omili sezilarli darajada ta’sir qiladi. Tadqiqotlarga ko’ra, ota va ona 21 % “muammoli” o’smirlarga ideal hisoblanadi, normal guruhda o’g’il va qiz bolalar bu ko’rsatkichning 41% (ota uchun) va 5% (ona uchun) ni tashkil etadi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, onalar ko’pgina o’smirlarning ishonchini qozonishgan (77% hamma so’ralgan o’g’il va qiz bolalar). O’smirda suitsidal sindrom qanchalik kuchli bo’lsa, onasiga shunchalik kam ishonadi, yanayam kamroq otasiga (23–29%). Ota-onalar bilan ishonchli munosabatlarning yo’qolishi – o’smirlarda suitsidal sindromining kuchli omillaridan biri sanaladi. O’smir ota-onasiga qanchalik kam ishonsa, uni shunchalik ko’p o’z joniga qasd qilish haqidagi fikr qiynaydi. Bolalarning ota-onasi bilan yaxshi munosabatlari suitsid tahlikasini 1% gacha kamaytiradi, aksincha, doimiy janjallar bu tahlikani 18% ga ko’paytiradi. Bolalar faqat ota-onalari bilan nizolarnigina emas, ularning o’zlariga befarqliklarini ham og’ir oladilar. 17% yosh insonlarda yolg’izlikning halokatga olib borishi mumkinligi, ularning aytishicha, o’z hayotlarining og’ir daqiqalarida ham hech kimdan yordam so’rashni xohlamasliklaridir. Atrofidagi o’nlab odamlar orasida birontasi yo’qki – tug’ishganlari, yaqinlari, do’stlari va o’qituvchilari – hech kim, yosh insonlarning katta tashvishlarini bo’lishsa, ko’nglini bo’shatsa, hamdardlik hissini his qilsa yoki foydali maslahat bera olganda namoyon bo’ladi. O’smirlik davri ontogenez bosqichining o’ziga xos xususiyati, suitsidal xulq-atvor motivatsiyasi va dinamikasidan farqlanadi. Bu yoshda yashirin depressiya ham suitsidga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, bolalar va o’smirlardagi depressiya ko’pincha, giperaktivlik, agressiya bilan niqoblangani sababli tashxis qo’yish qiyinlashadi. O’smir yoshi uchun boshqalardan farqli o’smirlardan iborat suitsid xavfli guruhlar mavjud bo’lib, ular sevgi va jinsiy munosabatlar tuyg’ulari ideallashtirilgan axloqi bilan ajralib turadi.
Bolalarda suitsidal xulq-atvorning asosiy sabablari:
-32% – xafalik;
-30% – norozilik;
-38% – yolg’izlik, uyat, o’zidan qoniqmaslik.
O’smirlarda suitsidal urinish va o’lim o’rtasidagi nisbat – 50:1. Qizlar va o’g’il bolalar suitsidal urinishining nisbati – 2,5:1. Namoyishkorona urinish orasidagi nisbat – 4,3:1. 19 yoshgacha bo’lgan suitsidentlarning ko’proq qismini qiz bolalar tashkil qiladi. Suitsidal urinishga qo’l urgan o’smirlarning holati psixik jihatdan shikastlangan, suitsiddan keyingi psixik holat, shaxsiy xarakterga oid ta’sirlanishning o’ziga xos xususiyatlari, suitsidal urinish va somatik oqibatlar bilan bog’liq qo’shimcha tashvishlar, oilaviy mikroiqlim va atrof muhit holati bilan belgilanadi.
Ob’ektiv qonuniyatlarga ko’ra, tadqiqotchilarning oldida o’smir suitsidi muammosiga oid, ko’pincha, kimlar suitsidga qo’l uradi, degan savol turadi. O’smirlardan qaysi biri “tahlika guruhi”ga kiradi? Xavfga kim duchor bo’ladi? Qaysi tipdagi odamlar “suitsid xavfli” ekanligi ma’lum bo’lsa ham, ma’lumki, ba’zi o’smirlar arzimagan vaziyatlar sababli o’z joniga qasd qilish tahlikasiga duchor bo’ladilar. Quyidagilarda suitsidal xavf yuqori bo’ladi:
-depressiv o’smirlar;
-spirtli ichimlik va narkotikka ruju qo’ygan o’smirlar;
-yo suitsidga uringan yoki oila a’zolaridan kimdir suitsidga qo’l urganda guvoh bo’lgan o’smirlar;
-iste’dodli o’smirlar;
-maktabda yomon o’zlashtirgan o’smirlar;
-homilador qizlar;
-tajovuz qurboni bo’lgan o’smirlar.
Alohida-alohida olganda, o’z holicha, o’smir duch kelgan har bir vaziyat yoki muammolar, albatta, uning suitsidal xavfning yuqori chegarasida bo’lishini anglatmaydi. Biroq, bunday muammolar, so’zsiz uning hayotini qiyinlashtiradi. Bunday vaziyatlarning birontasiga duch kelgan o’smir emotsional, aqliy va jismoniy tomondan noxushliklarga qarshi turolmaydi va suitsid uning uchun eng to’g’ri yo’l, deb hisoblaydi.
Bola va o’smirlik yoshida suitsidal xulq-atvor shakllanishi ko’p hollarda suitsident shaxsining ba’zi xususiyatlariga bog’liq. Bunday shaxslarda emotsional beqarorlik, yuqori hissiyot, sentizivlik, ta’sirchanlik kuzatiladi. Bu sifatlar xarakterga urg’u berish darajasigacha ifodalangan, ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiyasi nuqtai nazaridan shaxsning pubertat davrini tashkil etadi.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling