Pedagogika va psixologiyasi


Download 299.48 Kb.
bet28/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

Faoliyatga yo’naltirish
-muhtojlar uchun kecha-kunduz amalga oshirish;
-suitsidal xavf guruhidan faollarni topish;
-o’z joniga qasd qilishga uringan shaxslarni nazorat qilish.
Idoralar va tizimlar
-aholi uchun maslahatxonalar;
-shoshilinch telefon yordami xizmati;
-sutkalik gospitalizatsiya xizmati;
-ambulator xizmatlar;
-suitsidetlar uchun (kunduzgi statsionar) “yarim yo’ldagi uy”, bemorlarning bemalol ishlashlariga imkon beruvchi kechki soatlarda qisman gospitalizatsiya dasturi;
-suitsiddan ogohlantirish va suitsid interventsiyasini o’z ichiga olgan shoshilinch psixiatrik yordamlar;
-shifokorlarga, yuristlarga, turli yordam ko’rsatuvchi agentliklarga shoshilinch yuborish dasturi;
-suitsid fenomenologiyasini o’rganishga yo’naltirilgan ommaviy ta’lim dasturlar.
Suitsidal xavfning zamonaviy profilaktikasi umumiy ixtisoslashgan kasalxonalar, psixik sog’lomlashtirilgan markazlar, psixiatrik klinikalar, cherkov maslahatxona markazlari, antisuitsidal bo’limlar, telefonda psixologik yordam xizmati va zaharlanishdan davolash markazida shoshilinch psixiatrik yordamlarni birlashtiradi. Bu xizmatlarning har biri suitsidga moyil odamlarga muhim amaliy yordamlar beradi.
Suitsidal xulq-atvorga moyil odamlar bilan ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil qilish
Suitsidologik yordam tashkil qilish bu tizim davolash-profilaktika choralari bo’lib, maxsus yordam ko’rsatishga yo’llangan suitsidal (autoagressiv) ga moyil odamlarga ko’rsatiladi. Mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
-birinchi yordam: shifokorgacha (hamma odamlar yordam ko’rsatishi mumkin) yoki birinchi shifokorlik yordami bo’lib, suitsidga qo’l urgan suitsidentga somatik asoratlarda amalga oshiriladi; hamma sohadagi shifokorlar tomonidan, ko’pincha, tez yordam jamoasi, kasalxonada tez yordam yoki boshqa davolash muassasalarida amalga oshiriladi.
-shoshilinch yordam: shoshilinch psixiatrik yordam suitsidal xulq-atvorli bemor olib kelingan davolash muassasasidagi psixiatrlar tomonidan ko’rsatiladi; shoshilinch psixoterapevtik yordam “ishonch telefoni” xizmati tomonidan ko’rsatiladi.
-ambulator-maslahat yordamlari: suitsidologlar (psixiatr, psixoterapevt, tibbiy psixolog) ambulator davoni umumiy somatik profilli poliklinikalar qoshidagi maxsus ijtimoiy-psixologik yordam xonalarida yoki psixonevrologik dispanserlarning maxsus suitsidologik xonalarida olib boradilar.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling