“Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni


Download 28.44 Kb.
bet6/10
Sana15.11.2023
Hajmi28.44 Kb.
#1773755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
filosofiya 1-tema

Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shug’ullanadi.
Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muhim yo’nalishlaridan biri, uning tadqiqot obe’kti shaxs bo’lib, u aniq manzilga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy hayotda adashgan, odob-axloq, me’yorlaridan og’ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iborat.
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogika fanining tarmog’idir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me’yorlar, xatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirib borish jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni va roli, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining globallashuvi
Shaxs ijtimoiy munosabatlar iarayonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi.
Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining DTS va o’quv me’yoriy hujjatlarida ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan yana biri bu ijtimoiylashuv va mazkur jarayonning globallashuvi hisoblanadi. Mazkur holatni tushuntirish uchun dastlab “globallashuv” hamda “ijtimoiylashuv” tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilishimiz lozim.

Download 28.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling