Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 1 Mb.
bet11/23
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1590504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
minmum javobalari

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning
Didaktik gʻoyalari.
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko`rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e`tibor berganligini ko`rsatadi. “Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o`z ichiga oluvchi “Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni ta`lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o`lchashda, kanallar o`tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o`xshash turlicha ishlarda kishilar uchun zarurdir”1.Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: “sezgi” orqali bilish bu qisman bilish bo`lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi.
Abu Nasr Farobiyning pedagogik qarashlari
Forobiy yaratgan falsafiy tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo‘lib, o‘z davri fanlarining barcha muhim masalalari — falsafaning umumiy muammolaridan tortib, tabiatshunoslik ilmining asosiy falsafiy masalalari, borliqni bilish va mantiqning bahsli muammolari, inson va tabiat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, ya’ni ekologik muammolarni ham o‘z ichiga oladi. Forobiy yaratgan falsafiy tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo‘lib, o‘z davri fanlarining barcha muhim masalalari — falsafaning umumiy muammolaridan tortib, tabiatshunoslik ilmining asosiy falsafiy masalalari, borliqni bilish va mantiqning bahsli muammolari, inson va tabiat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, ya’ni ekologik muammolarni ham o‘z ichiga oladi.
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari. O‘rta asr Sharqining jahonga mashhur yana bir qomusiy olimlaridan biri Abu Rayxon Beruniy bo‘lib, uning olim sifatida shakllanishida o‘sha davrning allomalari al-Xorazimiy, al-Forobiylarning ta‘siri katta bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino, Firdavsiy va Daqiqiylar u bilan bir davrda ijod qildilar. Uning qalamiga mansub bo‘lgan asarlar soni 150 dan ortiq bo‘lib, deyarli barcha fan sohalariga bag‘ishlab yozilgan. Olimiing "O‘tmish yodgorliklari", "Geodeziya", "Yulduzlar haqida ilm", ―Hindiston", ―Qonuni Mas‘udiy", "Menerologiya", "Farmakognoziya" kabi asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. U ijtimoiy soxaga bag‘ishlab maxsus asarlar yozmagan, biroq uning barcha asarlarida ta‘lim-tarbiya, odob va axloq, masalalariga doir butun bir pedagogik qarashlar sistemasiga duch kelamiz. Beruniyning o‘zi tibbiyot tadqiqotchisi sifatida mashxur bo‘lishiga qaramay, uning ijtimoiy hodisalar tadqiqotiga bag‘ishlangan faoliyati o‘zining keng ko‘lamligi, chuqur va mantiqan izchilligi bo‘lgan ko‘p olimlarning xayratiga sazovor bo‘lgan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling