Pedagogikaning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 10.75 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi10.75 Kb.
#1609343
1   2   3   4

Xorijiy til bilimlari borasida bo‘lajak oliy taʼlim mutaxassislariga qo‘yiladigan talablar taʼlim beruvchilar oldiga til o‘qitishda maqsadli yondashuvni taʼminlash, talabalarning til bilish darajasini aniqlashga qaratilgan xalqaro andozalarga asoslangan yagona yondashuvli tizim yaratish; pedagog, professor-o‘qituvchilar kasbiy malakasi mezoni va malaka oshirish mexanizmini takomillashtirish vazifalarini qo‘yadi. Til bilimlariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishda, xususan, taʼlim tizimiga ishga olishda chet tili (ayniqsa, rus va ingliz tillari)ni bilish darajasini tasdiqlash (sertifikatlash) mexanizmi joriy etilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun, o‘z navbatida, o‘qituvchining kasbiy kompetentligini baholashning aniq tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.

Shuningdek, malaka oshirish kurslari samaradorligi va o‘quv jarayoni bilan uzviyligini taʼminlash lozim. Xorijiy tillarni o‘qitish borasidagi boy o‘quv-maʼlumotlar zaxirasi mavjud bo‘lgani holda, mazkur o‘quv adabiyotlari metodikasiga tayanib, milliy madaniyatimiz, milliy zehniyat va umuman milliy qadriyatlar nuqtayi nazaridan yondashilgan o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarni yaratish zarur. Mualliflar guruhi kuchli metodist mutaxassislar va xorijiy mutaxassislardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy metodikada til taʼlimi maqsadi o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga xizmat qiladigan kompetensiyalar, xususan, kommunikativ, lisoniy, madaniy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan. Talaba aynan ushbu kompetensiyalarga ega bo‘lgandagina nafaqat, muloqotda, balki o‘z sohasi doirasida ham tilni mukammal egallagan, har tomonlama savodli mutaxassis bo‘lib yetishadi. Shunday ekan, taʼlim jarayonida tillarni o‘qitish dasturlarini bakalavrning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yilgan umumiy malaka talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish va u yoki bu kompetensiyani shakllantirishga mo‘ljallangan maxsus fanlarni tashkil etish, yaʼni soha tilini chuqurroq egallashlariga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Xorij tajribasini o‘rganadigan bo‘lsak, oliy taʼlim dasturlariga yuqorida sanab o‘tilgan ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bir qator fanlar kiritilgan. Xususan, “Nutq o‘rganishga kirish”, “Yozma nutq”, “Siyosiy nutq”, “Ommaviy muomala nutqi”, “Ijtimoiy nutqiy aloqa”, “Yuristning yozma nutqi”. “Xizmat yozishmalari”, “Lingvomadaniyat”, “Diplomatik xatlar” kabi. Oliy taʼlimda rus, ingliz va boshqa chet tillarida erkin savodli fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv fanlarini kiritish orqali talabaning maʼlum malaka ko‘nikmalari, xususan, soha tili, rasmiy yoki ilmiy nutq, yozma nutq savodxonligi, nutq madaniyati va notiqlik mahoratini shakllantirish mumkin. Shu maqsadda til o‘qitishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish zaruriyati tug‘ilmoqda.



Download 10.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling