Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 
 
1. Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim? 
2.O‘qituvchi “Sog‘lom avlod uchun kurashchi” iborasiga o‘z fikr- 
mulohazangizni bildiring? 
3. Davr o‘qituvchisiga qanday talablar qo‘yiladi. U qanday shaxsiy va kasbiy 
sifatlarga ega bo‘lishi kerak? 
 
 


207 
XULOSA 
Pedagogikaning fan sifatida shakllangan
 
boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi,
innovatsiya va integratsiyasi fani yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini 
samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj borasida orttirilgan 
tajribalar to’plangandan keyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi 
haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi. 
Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo’ladi. Ba’zi 
falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi. Qadimdan inson 
tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o’z ifodasini 
topgan. Ularda rostgo’ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom kabi fazilatlar tarannum 
etilgan. “Alpomish”, “To’maris” kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik, 
insonparvarlik tuyg’ulari ulug’lanadi. Ta’lim va tarbiya masalalari hamisha 
mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o’zlarining bola 
tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan 
pedagogika fani ravnaqiga ulush qo’shganlar.
Mashhur faylasuflarimiz Mahmud Koshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, 
Alisher Navoiyning kabi allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu allomalarimizning asarlarda 
insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy 
fazilatlar o’z aksini topgan.
Ushbu fanning mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar 
mavjud. Ayniqsa, buyuk allomalarimizning pedagogika nazariyasiga oid fikrlari, 
o’zbek va jahonning rivojlangan mamlakatlari pedagog olimlarining ta’lim 
jarayonini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o’quv 
fanlarini integratsiyalashiga oid asarlaridan unumli foydalanish bu fanni yanada 
ravnoq topishiga asos bo’ladi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling