Pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari”


Download 72.19 Kb.
bet3/12
Sana29.01.2023
Hajmi72.19 Kb.
#1139528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Muxtorova Z

Kurs ishining tuzulishi: 2 bob 4 paragrf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
I BOB MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISHING USTVOR VAZIFALARI

    1. Maktabgacha ta’limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari

O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019- yil 22- oktyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2019- yil 14-dekabrda ma’qullangan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida” qabul qilingan Qonunning 26 moddasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati yoritib berilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika ba’zasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;

  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmaydigan ko‘chmas mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi;

-O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuzilmasiga kiradigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining qonunga xilof xarajatlari, o‘g‘riliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
-Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
-jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
-xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari), grantlari hamda texnik jihatdan ko‘maklashish vositalari;
-qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Maktabgacha ta'lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari Respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisob varaqlariga ega bo'ladi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasi yo'nalishi bo'yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning o'rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko'rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya me’yorlari orqali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablag'Iardan foydalanishda: Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga biriktirilgan molmulk uning operativ boshqarish huquqida bo'ladi. Muassasa o'ziga biriktirilgan mobmulkni va xarajatlar smetasi bo'yicha o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.

Download 72.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling