Pedagogni diagnostik faoliyatining asosiy funktsiyalari


Download 26.54 Kb.
bet3/9
Sana02.01.2022
Hajmi26.54 Kb.
#195206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
48865 3 вариант Muhayyo

Baholash funksiyasi pedagogik diagnostika uchun ham muhim ahamiyatga ega. Zamonamiz va keng qamrovli baholash bir qancha jihatlarga ega: qadriyatli-yo‘naltiruvchi, korreksion, rag‘batlantiruvchi va o‘lchovchi.

Qadriyatli-yo‘naltiruvchi baholash o‘quvchining inson va uning o‘zi haqidagi qarashlari va tushunchalarini oshiradi, unga ma’naviy, mehnat, estetik va boshqa fazilatlarini jamiyat talablari bilan solishtirish imkonini beradi. Pedagogik baho orqali o‘quvchilar o‘zlarining qadriyat yo‘nalishlarini o‘zgartiradilar.

Pedagogik baholashning korreksion jihati shundaki, pedagog o‘z harakatlarini jamiyat meyorlariga moslashtirishga, atrofdagilar bilan kirishadigan munosabatlari tizimini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Pedagogik baholashning rag‘batlantiruvchi jihati o‘quvchining haqiqiy rivojlanishi va xatti-harakatiga mos kelaganda ayniqsa yuqori daraja namoyon etadi. O‘quvchio‘z baholarining obektivligini ko‘rganida, o‘zida mavjud bo‘lgan ijobiy jihatlarini rivojlantirishga yoki kamchiliklarini bartaraf etishga xarakat qiladi.

Pedagogik baholashning o‘lchovchi xususiyati ham o‘quvchiga o‘z-o‘zini ta’limiy rivojlantirishiga yo‘naltiradi. O‘quvchio‘zining fazilat va muvaffaqiyatlarini boshqalarning yutuqlari bilan qiyoslaydi va shu tariqa ijtimoiy mavqeini o‘rnatadi. Jamoa va o‘qituvchining bahosi tufayli u o‘zi haqida obektiv ma’lumot oladi.

Pedagogik diagnostikaning boshqaruv funksiyasio‘quvchilar jamoasi va alohida o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishning asosiy bosqichlari bilan bog‘liq. Bunga muvofiq pedagogik diagnostikaning uchta turini ajratish mumkin: dastlabki (birlamchi), joriy (nazorat) va umumlashtiruvchi (yakuniy).

Dastlabki diagnostika – o‘quv guruhi faoliyatini rejalashtirish va boshqarish maqsadida amalga oshiriladi. Chorak, yarim yillik yoki o‘quv yili mobaynida amalga oshiriladigan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar hamda ularning vazifalarini belgilashdan oldin, o‘qituvchio‘quvchining bilim, ko‘nikma va malaka darajalarini tekshiradi. Dastlabki diagnostikaning uchta asosiy variantlari belgilangan:


  1. jamoa yangi shakllangan va o‘qituvchi ham xali o‘quvchilarni tanimaydi. Bu veriantda dastlabki diagnostika o‘quvchilarni har tomonlama o‘rganish uchun qo‘llaniladi;

  2. jamoa yangi emas, lekin o‘qituvchi sinf bilan endi ishlashni boshlaydi. Ushbu holatda o‘qituvchi nafaqat o‘quvchilarni, balki jamoani murakkab dinamik tizim sifatida o‘rganadi;

  3. jamoa va o‘qituvchi avval xam birga ishlagan. Mazkur variant o‘qituvchiga jamoa va shaxsni tanlab diagnostika qilish imkonini beradi. Bu ilgari olingan ma’lumotlarga qo‘shimcha xisoblanadi.

Bir necha yillar davomida o‘quvchilar va jamoa bilan aloqada bo‘lgan o‘qituvchi dastlabki diagnostikani to‘liq amalga oshirishiga hojat yo‘q. Biroq, ta’lim jarayoni barqarorlik, uzluksizlik va dinamizm bilan tavsiflanganligi tufayli, o‘zgarishlarni kuzatib borish va faoliyatlarini rejalashtirishda ular aks ettirilishi kerak.

Dastlabki diagnostikadagi axborotning to‘liqligi va obektivligi maksimal darajada ta’lim-tarbiya vazifalarini o‘quvchtlar guruhining haqiqiy ehtiyojlaridan kelib chiqib rejalashtirishni va bolalarning rivojlanish darajalariga mos kelishini ta’minlaydi.

Joriy (nazorat-korreksiyalovchi) diagnostikasi o‘quvchilar guruhi faoliyatini tashkil etish jarayonida qo‘llaniladi. Ushbu diagnostikaning maqsadi – o‘qituvchini har bir o‘quvchi hamda o‘quvchilar jamoasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniqlash, va ilgari qabul qilingan qarorlarning aniqligi baholashdan iborat.

Diagnostika natijalari asosida olingan ma’lumotlar o‘qituvchiga tezkor, aniq va eng kam xatolari bilan o‘z ishlarini tartibga solish hamda bolalar bilan munosabatlarining uslubini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar sifatini takomillashtirishga yordam beradi. Korreksion diagnostika, ya’ni diagnostika natijalarini o‘quvchilarga yetkazish asosida korretsiya ishlarini amalga oshirish o‘quvchilar tarbiyasida tezkor sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga erishishni va shu bilan o‘quvchilar jamoasi hayotida faol, mustaqil va ijodiy ishtirok etishlariga imkon beradi. Ta’lim jarayonidagi faoliyatini rejalashtirishda o‘qituvchi har doim uning natijalarini oldindan bilishga qodir emas. Chunki eng samaraliusulvavositalarnioldindantanlashhar doim xam oson kechavermaydi. Shunday hollardadiagnostikata’lim-tarbiyaviy jarayonga oid son va sifat ko‘rsatkichlarini tezkorlik bilan aniqlashga yordam beradi. Bu esa o‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan mavjud kamchiliklarni tezkor aniqlashga hamda pedagogik faoliyatini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan tezkor qaror qabul qilishga yordam beradi2.

Ta’lim muassasasida har bir o‘quv yilining oxirida o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati natijalarini baholash, uning istiqbolini ko‘rish tizimida umumlashtiruvchi diagnostika amalga oshiriladi. Umumlashtiruvchi diagnostikaning ma’lumotlari asosida ta’lim muassasasining har bir o‘qituvchisi va jamoasining o‘tgan o‘quv yilidagi faoliyatiga baho beriladi, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi hamda keyingi o‘quv yili uchun har bir o‘qituvchi va jamoaning pedagogik faoliyati rejalashtiriladi.

Pedagogik diagnostika turlarini tasniflash quyidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirilishi mumkin:



  • diagnostika obektlari – ta’lim oluvchining hislati yoki o‘rganilayotgan hodisaning sodir bo‘lish vaqtiga nisbatan o‘tkazilishi (erta diagnostika, kech diagnostika);

  • o‘rganilayotgan hislat, xodisaning sodir bo‘lish holatiga nisbatan aniqlovchi xarakterda o‘tkazilishi (birinchi, dastlabki, asosiy, yakuniy holat bo‘yicha diagnostika);

  • diagnostik o‘lchashlarning ishonchlilik darajasi (ishonchli, ehtimol, shubhali tashxis);

  • diagnostik o‘lchashlarning murakkablik darajasi (oddiy, murakkab);

  • diagnostik o‘lchash natijalari asosida shaxs hislatiga, sodir bo‘lgan xodisaga beriladigan tavsifning xarakteri (qisqacha, batafsil).

1 vazifa:


Download 26.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling