Pedagogning kommunnkativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja: Kommunikativ ko‘nikma-muloqot haqida tushuncha


Download 0.94 Mb.
bet12/14
Sana29.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1732866
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
PYeEfKok1BXVx1mzQNwjvrZn6fA9kAcHV5strFmS

Paralingvistik tizim (yunon. “pará” – yaqin, nem. “linguistik” – til) – muloqat tarkibida so‘zli, nazariy ma’lumotlarni so‘zsiz vositalar bilan birgalikda uzatilishini anglatuvchi tizim.
Pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlari – o‘qituvchilarda namoyon bo‘ladigan kasbiy mahorat asosini tashkil etuvchi element (unsur)lar (pedagogik odob, pedagogik bilimdonlik, pedagogik qobiliyat, pedagogik muloqot madaniyati, pedagogik relaksiya, kommunikativ ta’sir ko‘rsatish qobiliyati, pedagogik takt (nazokat), pedagogik texnika, nutq texnikasi, pedagogik ijodkorlik, pedagogik tajriba, pedagogik madaniyat)
Pedagogik muloqat madaniyati – pedagogning o‘quvchilar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob va muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan suhbati
Pedagogik muloqat uslublari – o‘qituvchilar tomonidan pedagogik jarayonda ta’lim ishtirokchilari bilan muloqotni tashkil etishda qo‘llaniladigan usullar majmui (avtoritar uslub, demokratik uslub, liberal uslub)
Pedagogik takt (lot. “tactus” – “dahl qilish”, “dahldorlik”, “his etish”, “tuyg‘u”) – pedagogning o‘quvchilar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri yondoshish malakalariga egaligi
Pedagogik tafakkur – pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalar mohiyatining, shuningdek, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanish va aloqalarning pedagog ongida to‘laqonli aks etishi, yangi g‘oyalarni ilgari surish, yangiliklar yaratish, shuningdek, pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalarning natijalarini bashoratlash; pedagog aqliy faoliyatining yuksak shakli.

Nazorat savollari:


  1. Muloqat deganda nimani tushunasiz?

  2. Muloqat turlari haqida nimalarni bilasiz?

  3. Muloqatchanlikni qanday tarbiyalash mumkin?

  4. Insonlar bilan suhbatlashish jarayonida bir necha kichik qoidalarga amal qilishi kerak?

  5. Muloqat jarayonida qanday psixologik to‘siqlar mavjud?

  6. Muloqatning nechta funksiyasi mavjud?


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling