Pedagogoik muloqotda umuminsoniy qadriyatlar. Umuminsoniy qadriyatlar


)Oʻqituvchining jamiyatga xos qadriyatlarni oʻzlashtirishi va targʻib qilish qobiliyati


Download 12.67 Kb.
bet4/4
Sana26.10.2023
Hajmi12.67 Kb.
#1724026
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogik mahorat

1)Oʻqituvchining jamiyatga xos qadriyatlarni oʻzlashtirishi va targʻib qilish qobiliyati.
2)Oʻqituvchining oʻquv–tarbiyaviy jarayonlarda umuminsoniy qadriyatlarni samarali targʻib etish istagi va imkoniyatlari.
3)Targʻib etilayotgan umuminsoniy qadriyatlarni oʻquvchi tomonidan muntazam qabul qilinishi uchun oʻqituvchining zarur shart–sharoitlarni yaratganligi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. «Axloq-odobga oid hadis namunalari». – Toshkent: Fan, 1990, – 72b.
2. A. Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi XoliqovL. ) –Toshkent: Oʻqituvchi, 1992. 160 b.
3. Inomova K. M. «Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi» – Toshkent: Fan, 1999, – 151 b.
4. Yoʻldoshev J. Gʻ. Xasanov S. «Avestoda axloqiy-ta’limiy qarashlar». – Toshkent: Oʻqituvchi 1992, – 28 b.
5.Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T. :“Oʻqituvchi”, 1995.
6.Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. T. : “Fan”, 1994.
Pedagog olimlar oʻz tadqiqotlarida oʻqituvchilarning umuminsoniy qadriyatlarga munosabatini va ularni oʻquvchilar ongiga etkaza olish qobiliyatlariga qarab ikkita asosiy turga ajratib koʻrsatadilar:
1)“Oʻquvchi ongini rivojlantirish”ga yoʻnaltirilganlik: ushbu toifadagi oʻqituvchi jamiyat tomonidan belgilangan ijtimoiy axloqiy omillarga tayangan holda avvalo oʻquvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga intiladi;
2)“Ta’lim jarayonida biror natijaga erishish”ga yoʻnaltirilganlik: Ushbu toifadagi oʻqituvchi oʻquvchining faqatgina aqliy rivojlanishidan manfaatdor. Oʻzlashtirilgan oʻquv materialini qat’iy tekshirib boradi. Bunday yoʻnaltirilganlikda oʻqituvchi jamiyatning faqatgina ta’lim sohasiga nisbatan munosabatlarini bajarish bilan bogʻliq faoliyatni olib boradi. Jamiyat ta’lim tizimidagi faoliyatlardan qoniqmagan taqdirda, ushbu turdagi oʻqituvchilar mehnati ustunlik qiladi va samarali deb tan olinadi.
A.G.Zdravomoʻslov va V.A.Yadov insonning umumbashariy qadriyatlarga yoʻnaltirilganligini jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyatiga asoslangan qadriyatlariga shaxsning koʻnikishi (yoki moslashuvi) deb ta’rif beradilar. Qadriyatlar sub’ekt tomonidan idealga aylanishi mumkin. Bu holda ushbu qadriyat – inson hayotiy pozitsiyasining oʻrnatilishiga ta’sir qilishga qodir hamda muhim ahamiyatga ega boʻlgan maqsadli qadriyatlarga aylanadi. Ma’lum bir maqsadga yoʻnaltirilmagan qadriyatlar shaxs faoliyatini boshqaruvchi vazifasini bajarishi mumkin, bunda u individ ongida “oʻz maqsadlariga erishish uchun boʻysunishga toʻgʻri keladigan” vositali qadriyatlar sifatida namoyon boʻladi. Ma’lum bir maqsadga asoslangan qadriyatlar qarama–qarshi yoʻnalishlarga ega boʻlsa, ziddiyatlarga duch kelishi mumkin. Maqsadli qadriyatlar vositali qadriyatlarga nisbatan turgʻunroq, biroq vositali qadriyatlarga individuallashtirish koʻproq seziladi.
Download 12.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling