Pedagogoik muloqotda umuminsoniy qadriyatlar. Umuminsoniy qadriyatlar


Download 2.68 Mb.
bet3/4
Sana23.10.2023
Hajmi2.68 Mb.
#1717815
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogik mahorat

:

Oʻqituvchi:


mehnatsevarlik qadriyatlarining mohiyatini aqliy va jismoniy mehnatga ijodiy munosabat sifatida anglashi;
ongli va halol mehnat bilan, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy, moddiy va ma’naviy rivojlanishiga ta’sir etishi;
oʻz mehnati natijalaridan gʻururlana olishi;
oʻquvchilarga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi mas’uliyatini doimo his etishi lozim.
Mamlakatimizda “kadrlarni oʻqitish va tarbiyalash milliy tiklanish printsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yoʻnaltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida” (“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 54–bet) olib boriladi. Ayniqsa umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga boʻlgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, insoniy qadr–qimmat tuygʻusini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.
Oʻqituvchi qanday umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etishi mumkin, tadqiqotlarimiz jarayonida oʻqituvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qildik: “Shaxsan Siz dars jarayonida oʻquvchilarga qanday nasihat qilgan boʻlardingiz?”. “Nasihatlar”ning asosiy mazmuni noaniq, ularda pedagogning individualligi va mavzuni tez tanlash intuitsiyasi sezilmasdi.
insoniylikni yoʻqotmaslikka chaqirish
mehnatsevarlikka undash, vijdoniylikka chaqirish
sidqidildan oʻqish zarurligini eslatish;
barkamol shaxs sifatida shakllanish zarurligi haqida eslatish
Dars jarayonida oʻqituvchi doimo mazmunan bir xil nasihatlar beradi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Oʻqituvchilarning javobi bayonot yoki nasihat qilish xususiyatiga ega boʻlishi, oʻta mavhum hamda ta’sirli chiqishi shart emas. Zamonaviy ta’lim muassasalarida pedagoglarning umuminsoniy qadriyatlarni targʻib qilish tajribasi kamligidan dalolat beradi va ushbu muammolar haqida oʻylab koʻrishga majbur etadi.
Oʻqituvchi mehnatidagi natijalar uning umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga boʻlgan munosabati bilan oʻlchanishi evropa olimlarining ham ilmiy tadqiqot ishlaridan oʻrin olgan. Jumladan, K. Klakxon oʻqituvchining umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatini turkumlarga ajratib, quyidagicha ta’rif beradi: “qadriyatlar – oshkora yoki yashiringan, individga yoki guruhga xos boʻlgan orzu istak haqidagi tasavvuri boʻlib, ular tomonidan kasbiy faoliyat yuzasidan bajarilayotgan mehnat turlarini, vositalarini va maqsadlarini tanlashga ta’sir koʻrsatadi”. Pedagogik jarayonda oʻqituvchining umuminsoniy qadriyatlarga yoʻnaltirilganligi ham olim tomonidan keng tadqiq qilingan. U pedagogik qadriyatlarni takomillashtirishga nisbatan quyidagi muammolar muhim ahamiyatga ega deb ta’kidlaydi:

Download 2.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling