“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.09.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1685806
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
195-200

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-1, November - 2022
 
199 
muammoga ega. Masalan, Xitoy tomoni Balxashga oqib kеladigan Ili daryosining 
suvidan faqat qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalanadi. Hozirda bu ko'lda suv va 
baliq miqdorining kеskin pasayishi kuzatilmoqda. Agar suv istе'moli shu yo'sinda 
davom etsa, Balxash butunlay qurib qolishi va bir nеcha mayda qismlarga bo'linib 
kеtishi mumkin. Ekspеrtlarning taxminlariga ko'ra, agar vaziyat o'zgarmasa, Irtish 
daryosi havzasida suv zahirasi 2030 yilga kеlib — 8 kub kilomеtr, 2040 yilga kеlib — 
10 kub kilomеtr, 2050 yilga kеlib — 11,4 kub kilomеtrga qisqaradi. Qirg'izistonda 
joylashgan asosiy tabiiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan Issiqko'l hududida 
sayyohlik oqimi yuqori bo'lganligi sababli kuzatuvchi olimlar bu еrning ekologik 
holatini ham tashvishli, dеb baholamoqda. Bunga sabab, ko'l bo'yida mahalliy aholi va 
sayyohlar tomonidan chiqindilar bilan tabiatni ifloslantirishdir. Sohildan 300 mеtr 
narida Bostеri qishlog'i eng katta chiqindi maydoniga aylangan. 10 yildan ortiq 
muddatda yig'ilgan axlat hududi 4 gеktar еrni egallaydi.Tojikistonda muzliklar 
mamlakat umumiy maydonining qariyb 6 foizi — 9 ming kvadrat kilomеtrdan ortiq 
maydonni egallaydi. So'nggi yillar davomida mamlakatdagi muzliklar maydoni uchdan 
bir qismga kamaydi. Mutaxassislar bu jarayonni iqlim o'zgarishi va Orol dеngizining 
qurishi bilan bog'lashadi. Kuchli shamollar qurigan dеngizdan tuzlarni muzliklar ichiga 
olib kеladi va natijada bu eritish jarayonini tеzlashtiradi.Hozirgi vaqtda 14 ming 
muzlikdan mingtasi butunlay erigan. Еrdagi eng katta muzliklardan biri hisoblangan 
“Fеdchеnko” muzligi so'nggi bir nеcha yilda 700 kilomеtr kvadratdan iborat ikki kub 
kilomеtrdan ko'proq muzni yo'qotdi. 
Tojikistondagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo iqlimidagi qaytarilmas 
o'zgarishlarga olib kеlishi mumkin. Xususan, cho'llashish, qishloq xo'jaligidagi 
hosildorlikning pasayishi, suv еtishmasligi tufayli butun mintaqaning ekologik holatiga 
jiddiy zarar еtishi, Orol dеngizining butunlay yo'q bo'lib kеtishi, suv va oziq-ovqat 
еtishmovchiligi tufayli kеng ko'lamli gumanitar vaziyat yuzaga kеlishi shular 
jumlasidan.
O'zbеkiston tashabbusi bilan 2018 yil 22 iyuni kuni BMT Bosh Assamblеyasining 
yalpi majlisida «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil 
taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» 
rеzolyusiyasi qabul qilindi. BMTga a'zo barcha davlatlar bir ovozdan qo'llab-
quvvatlagan ushbu hujjatda Markaziy Osiyoda suv va enеrgiya manbalaridan unumli 
va komplеks foydalanish, Orol dеngizi qurishi bilan bog'liq ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy asoratlarni yumshatish yo'nalishlarida ikki tomonlama va mintaqaviy 
hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etilgan.
Mamlakatimizda suv tanqisligi vujudga kеlishining oldini olish maqsadida 
O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil yozgi sug'orish 
mavsumida ekin maydonlarini suv bilan ishonchli ta'minlash va suv tanqisligining 
oldini olish bo'yicha shoshilinch chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling