“pedagogs” international research journal issn
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
183-195
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-9, Issue-2, May - 2022 185 Sinf rahbarining faoliyati ko‘r qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. Tarbiyaga kompleks yondoshishi biror o‘quvchini ham e’tibordan qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya obyekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit idrok etishi kerak. Shuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar hozirgi davrda g‘oyat darajada ko‘paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar. Boshlang‘ich sinf rahbari o‘z ishlarini maktab ma’muriyati rahbarligi va bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. Boshlang‘ich sinf rahbari ishini rejalashtirishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quvchilarning o‘zlari faol ishtirok etadilar, biroq unga sinf rahbari boshchilik qiladi. Boshlang‘ich sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bog‘liqdir. Shu jihatdan olib qaralganda, uni sinfning bosh tarbiyachisi, murabbiysi, deyish mumkin. U o‘z sinf jamoasini tashkil qiladi, uyushtiradi va tarbiyalaydi, o‘qituvchilar, bolalar tashkilotlari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan yaqindan aloqa bog‘lab, sinfdagi umumiy tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qiladi. Sinf rahbari maktab ma’muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi,ota- onalar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Sinf rahbarining ish rejasini maktab direktori va direktor o‘rinbosari bilan birgalikda tuzadi va nazorat qilib boradi. O‘qituvchilik bolalarga bo‘lgan munosabatda, katta mehribonligi bilan g‘amxo‘rligi xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. O‘quvchilar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling