Pediatiriya institut Davolash ishi yo‘nalishi
Download 12.62 Kb. Pdf ko'rish
|
BUYRAK USTI BEZI 1
Pediatiriya institut Davolash ishi yo‘nalishi 106 guruh talabalari Tohirjonov Ilhomjon Jabborov Muhammad tayyorlagan slaydi BUYRAK USTI BEZI Buyrak usti bezlari (glandula syprarenalis) — odam va umurtqali hayvonlarning ichki sekresiya bezi; ikkala (oʻng va chap) buyrak ustida joylashgan juft bez (nomi shundan kelib chiqqan). Uning oldi, orqa va pastki yuzalari farq qilinadi, ogʻirligi 3— 5g. Buyrak usti bezlari buyrak tashqi—poʻstloq qavati (adrenokortikal bez) va ichki — magʻiz qavati (adrenal bez)dan iborat boʻlib, har ikkala qavat strukturasi va funksiyasi alohida ichki sekresiya bezlari hisoblanadi. Poʻstloq qavati kimyoviy tuzilishiga koʻra steroidlar qatoriga kiradigan, taʼsiri jihatdan farq qiladigan 3 xil gormon ishlab chiqaradi, shiralari qonga shimiladi. Ushbu gormonlar xolesterin va askorbin kislotadan sintezlanadi. Mineralokortikoidlar (aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron) — mineral almashinuvini boshqaradi, bularning eng faoli aldosteron organizmda suv-tuz almashinuvi jarayoniga taʼsir etadi. Glyukokortikoidlardan gidrokortizon oqsil, yogʻ va uglevod almashinuvida qatnashadi, organizmning kasallikka qarshilik kuchini oshirib, yalligʻlanishning tez tuzalishiga olib keladi. Buyrak usti bezlari magʻiz qavatida adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlanadi. Ular nerv oxirlariga taʼsir etib, yuraktomir sistemasi ishini tartibga solib turadi. Joylashuviga ko'ra, kortikal va medulla hosilalari ajralib turadi. Birinchi guruhga quyidagi nozologiyalar kiradi: androsteroma, aldosteroma, kortikosteroma, kortikosteroma va aralash shakllar. Buyrak usti bezlari medullasining shishlariga ganglionevroma va feokromotsitoma kiradi.Buyrak usti bezida har doim ham onkologiya asosiy jarayon emas. Xususan, buyrak usti limfomasi mustaqil kasallik sifatida ta'riflanmagan, ammo bu jarayonning tarqalishi tufayli, Hodgkin bo'lmagan limfomaning asorati sifatida paydo bo'ladi. Sizning tanangizdagi buyrak usti bezlarining vazifasi ma'lum gormonlarni to'g'ridan-to'g'ri qon oqimiga chiqarishdir. Ushbu gormonlarning aksariyati tananing stressga qanday munosabatda bo'lishi bilan bog'liq, ba'zilari esa hayotiy ahamiyatga ega. Buyrak usti bezlarining ikkala qismi - buyrak usti po'stlog'i va buyrak usti medullasi - har xil va alohida funktsiyalarni bajaradi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 12.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling