Pediatriyada hamshiralik ishi


Download 1.48 Mb.
Pdf просмотр
bet14/34
Sana15.12.2019
Hajmi1.48 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
ning  yallig‘lanishi  bo‘lib,  go‘dak  bolalarda  uchraydigan  kasalla-
nish va o‘lim strukturasida yetakchi o‘rinda turadi.
Pnevmoniya kichik yoshdagi bolalar orasida hammadan ko‘ra
ko‘proq  uchraydi,  shuningdek,  bu  kasallik  2  yoshgacha  bo‘lgan
bolalarning nafas a’zolari kasalliklari orasida 80 % dan ko‘proqni
egallaydi.
Bola  o‘pkasining  anatomofiziologik  xususiyatlari,  yosh  orga-
nizmning  immun  holati  (emadigan  bolalar  pnevmokokklardan
bo‘ladigan kasallikka qarshi aktiv immunitet hosil qila olmaydi), atrof-
muhit omillariga aloqador bo‘lgan organizm reaktivligi yosh bolalarda
pnevmoniyalarning ko‘p uchrashi va og‘ir o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Etiologiyasi. Pnevmoniya polietiologik kasallik hisoblanadi. Turli
xil  bakteriyalar  (pnevmokokk,  streptokokk,  enterokokk,  vulgar

127
protey,  ichak  tayoqchasi  va  boshq.),  viruslar  (griðp,  paragriðp
viruslari,  adenoviruslar,  qizamiq  viruslari  va  boshq.),  parazitlar
(Karini  pnevmosistalari,  askaridalar  va  boshq.),  zamburug‘lar,
mikoplazmalar ham kasallikni keltirib chiqarish mumkin.
Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish, parvarishdagi nuqsonlar, kun
tartibining  buzilishlari,  turmush  sharoitlarining  yaxshi  emasligi,
shuningdek, o‘tkir kasalliklar bilan tez-tez og‘rib turish, raxit, giðo-
trofiya, anemiya, konstitutsiya anomaliyalarining mavjudligi bola-
lar organizmi reaktivligining anchagina pasayib qolishiga olib ke-
ladi. Bola organizmining sovqotishi ham kasallik kelib chiqishida
muhim o‘rin egallaydi.
Klinikasi. Kasallikning klinikasi uning turiga va keltirib chiqa-
ruvchi sabablariga bog‘liq bo‘lib, juda xilma-xildir (6-jadval).
6-jadval
O‘tkir pnevmoniya tasnifi (1978-yil)
O‘choqli  pnevmoniya,  odatda,  tumov,  aksirish,  quruq  yo‘tal,
uncha  yuqori  bo‘lmagan  isitma,  bolaning  injiqlanishi,  burunning
bitib qolishi bilan boshlanadi. Kasallikning asosiy sababchisi respirator
viruslar  hisoblanadi.  5—7-kunlarga  kelib  bolaning  rangi  o‘zgaradi,
yo‘tal kuchayadi, isitmasi ko‘tarilib, unda hansirash paydo bo‘ladi.
Bola yig‘laganda va emayotganida lablari, og‘iz atrofida sianoz kuzatiladi.
Asta-sekinlik bilan bu belgilar kuchayadi, nafas olish va yurak urishlari
soni ortadi. Nafas olishda burun qanotlarining uchishi, qo‘shimcha
mushaklarning qatnashuvi aniqlanadi (qovurg‘alararo mushaklar va
bo‘yinturuq chuqurchalarining ichkariga tortilishi va boshq.).
Kasallik o‘tkir kechganda 6 haftadan oshmaydi, 8 haftagacha davom
etsa, cho‘zilgan pnevmoniya deb qaraladi. Pnevmoniyaning 8 hafta-
dan ko‘pga cho‘zilishi esa uning surunkali tus olganligini bildiradi .
O‘tkir mayda o‘choqli pnevmoniya, ko‘pincha, go‘dak bola-
larda uchraydi va og‘irroq kechadi.
i
r
a
l
r
u
T
i
s
a
r
a
z
n
a
m
k
i
n
il
k
(
i
s
a
j
a
r
a
d
k
il
r

g
O
)
a
d
l
o
h
n
a
g
l
o
a
g
b
o
s
i
h
i
n
i
r
a
lt
a
r
o
s
a
a
v
i
h
s
i
h
c
e
K
)
il
q
o
h
c
‘
o
(
n
a
g
n
a
l
a
r
a
g
e
h
C
a
y
i
n
o
m
v
e
n
p
o
x
n
o
r
b
r
a
t
n
e
m
g
e
S
a
y
i
n
o
m
v
e
n
p
o
x
n
o
r
b
z
i
s
t
a
r
o
s
A
r
i
k

O
a
y
i
n
o
m
v
e
n
p
z
o
p
u
r
K
a
y
i
n
o
m
v
e
n
p
l
a
i
s
ti
t
s
r
e
t
n
I
,
r
o
t
a
r
i
p
s
e
r
o
i
d
r
a
k
,
z
o
k
i
s
k
o
t
:i
lt
a
r
o
s
A
-
a
k
p
‘
o
(
il
g
n
i
r
i
y
,
r
a
l
m
o
r
d
n
i
s
r
o
t
a
l
u
k
r
i
s
r
a
lt
a
r
o
s
a
)
a
d
i
r
a
q
h
s
a
t
n
a
d
a
k
p
‘
o
a
v
a
d
n
a
g
li
z
‘
o
h
C

128
Segmentar pnevmoniya, odatda, turli yoshdagi bolalarda uchrashi
mumkin, lekin ko‘proq 3—7 yoshli bolalar kasallanishi kuzatiladi.
Krupoz pnevmoniya esa aksariyat maktab yoshidagi bolalarda
uchraydi va og‘irroq kechishi bilan xarakterlanadi.
Interstitsial  pnevmoniyaga  ko‘proq  viruslar,  pnevmosistalar,
mikoplazma va zamburug‘lar sabab bo‘ladi va u aksariyat hollarda
chaqaloqlarda, chala tug‘ilgan bolalarda, giðotrofiya, anemiya va
boshqa  ikkilamchi  kasalliklar  bilan  og‘rigan  nimjon  bolalarda
rivojlanadi.
Chaqaloqlarda pnevmoniyalar o‘ziga xos tarzda, odatda, og‘ir
shaklda o‘tadi.
Chala tug‘ilgan bolalardagi pnevmoniyalar markaziy asab ti-
zimi, nafas va issiqlikni idora etuvchi markazlarning yetilmagan-
ligi, nafas va tomirlar tizimining morfologik va funksional jihatdan
norasoligi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Bolaning umumiy ahvoli juda tez og‘irlashadi, yuqoridagi sanab
o‘tilgan belgilar chala tug‘ilgan bolalarda yanada yaqqol namoyon
bo‘ladi, bola ovqatdan bosh tortib, emgan sutini qaytarib chiqaradi,
qayt qilib turadi, ichaklari dam bo‘lib, ichi ketadi, tanasining vazni
keskin kamayadi. Bolaning og‘zi, ba’zida burnidan ko‘pikli shilimshiq
kela boshlashi xatarli belgi sanaladi. Bola qanchalik kichik bo‘lsa,
perkutor va auskultativ ma’lumotlar kam ifodalangan bo‘ladi.
Asoratlari. Go‘dak bolalarda pnevmoniyalardan so‘ng asoratlar
ancha ko‘p uchraydi, lekin kimyoterapevtik dori-darmonlar keng
qo‘llanilayotganligi munosabati bilan so‘nggi yillarda bularning soni
ancha kamayib qoldi.
Go‘dak  bolalarda  bo‘ladigan  pnevmoniyalarning  eng  ko‘p
uchraydigan asoratlari otoantritga o‘tib ketadigan kataral yoki yiringli
otit, yiringli plevrit, o‘pka abssesslari, ensefalit, meningit, meningo-
ensefalitdir.  Mayda  o‘choqli  pnevmoniyaning  birmuncha  kamroq
uchraydigan asoratlari jumlasiga yiringli perikardit, peritonit, artrit,
osteomiyelit, piyelonefrit va boshqalarni kiritish mumkin.
Oqibati. Kasallik vaqtida aniqlanib, tegishli davo va parvarish
choralari olib borilsa batamom tuzalish bilan yakunlanishi mumkin.
Lekin  yetarli  e’tibor  berilmagan  hollarda,  bolada  qo‘shimcha
kasalliklar bo‘lganda yuqoridagi asoratlar kelib chiqadi.
Hamshiralik tashxislari. Tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal,
hansirash, ko‘karish (sianoz), emishdan bosh tortish, qayt qilish,
talvasalar, qorinning dam bo‘lishi (meteorizm), burun orqali nafas
olishning qiyinlashuvi, ichning surilishi va boshqalar.

129
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Umumiy qon, siydik, axlat tahlillari,
balg‘amni turli tekshiruvlari, rentgenologik tekshiruvlar va boshqalar.
Davolash  va  parvarish  qilish.  Pnevmoniyalarning  davosi
individual  va  kompleks  bo‘lishi  hamda  imkoni  boricha  barvaqt
boshlanishi kerak. Davolashni uy va shifoxona sharoitida o‘tkazish
mumkin. Kasallik og‘ir kechganda, chaqaloqlarda, ayniqsa, chala
tug‘ilgan chaqaloqlarda, uy sharoiti noqulay bo‘lganda, ota-ona-
larning tibbiy va sanitariya saviyasi past bo‘lganda bolani statsio-
narda  davolash  maqsadga  muvofiq.  Aksari  1  yoshgacha  bo‘lgan
bolalarning hammasini kasalxona sharoitida davolash tavsiya eti-
ladi. Qolgan hollarda bolalarni uy sharoitida ham davolasa bo‘ladi.
Bolani  davolashni  boshlaganda  parvarishning  ahamiyati
nihoyatda katta. Bola yotadigan palata (xona) havosi hamisha sof,
toza va harorati doimiy (chaqaloqlar uchun 22—23 °C va katta
yoshdagi bolalar uchun 18—20 °C) hamda nisbiy namligi yetar-
licha (60—80 %) bo‘lishi kerak. Chala tug‘ilgan bolalarning ahvoli
biroz  yaxshilanguncha  kuvezlarga  qo‘yiladi,  kuvezlar  bo‘lmagan
taqdirda grelkalardan foydalaniladi. O‘rin-joy qulay, toza va issiq
bo‘lishi kerak. Og‘ir nafas yetishmovchiligi paytida bolani boshi
ochiq va qo‘llari erkin turadigan qilib karavotga qaddini ko‘tarib-
roq yotqizib qo‘yish, vaziyatini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib, qo‘lga
olib turish zarur. Bolalarni yo‘rgakda qimirlatmasdan uzoq yot-
qizib  qo‘yishdan  saqlanish  kerak.  Bola  kiyimi  yengil,  qulay  va
harakatlari hamda nafas olishiga xalal bermasligi kerak. Terisi,
shilliq pardalariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bolalar ahvoli og‘ir bo‘lmaganda bot-bot cho‘miltirib turish (suv
harorati 38—39 °C, vanna muddati 3—5 daqiqa), burnini borat kislota
eritmasiga ho‘llangan paxta tampon bilan tozalab turish, og‘iz bo‘shlig‘i
holatiga qarab borish kerak. Bola qayerda davolanmasin (kasalxonada
yoki uyda), uning tinchini buzmaslik, orom olishi, yetarlicha uzoq
uxlashi uchun sharoit yaratilmog‘i kerak. Uyg‘oqligida esa bolani qo‘lga
olish, qornini va orqalarini yengil uqalash lozim. Bola bilan doimo
muloqotda bo‘lish, unga mehribonlik qilish, uni erkalatish va salbiy
ta’sir qilmaydigan istaklarini amalga oshirish choralarini ko‘rish lozim.
Pnevmoniya  bilan  og‘rigan  bolalarni  palatalarga  to‘g‘ri  joy-
lashtirish, parvarish qilishda ularning to‘g‘ri ovqatlanishiga katta
ahamiyat  qaratish  talab  etiladi.  Ko‘krak  bilan  boqishning  aha-
miyatini esdan chiqarmaslik kerak.
 Nafas yetishmovchiligining og‘ir holatlarida bola sut emolmay
va yutolmay qolganida uni zond orqali ovqatlantirib turish tavsiya

130
etiladi. (Zond bilan ovqatlantirish darslikning amaliy qismida bayon
qilingan.)
Pnevmoniya bilan og‘rigan bolalar choy, 5—10 % glukoza erit-
masi,  Ringer  eritmasi,  izotonik  natriy  xlorid  eritmasi,  borjom
suyuqliklari  kabilardan  yetarli  miqdorda  ta’minlab  turilishi  kerak.
Hayotining birinchi yilini yashab kelayotgan bolalarga beriladigan
suyuqlik  miqdori  ko‘krak  suti  yoki  sutli  aralashmalari  qo‘shib
hisoblaganda, sutkasiga 150 ml/kg ni tashkil etishini unutmaslik kerak.
Pnevmoniyalarni davolashda kislorod keng qo‘llaniladi.
Pnevmoniyalarning  infeksion  qo‘zg‘atuvchilariga  ta’sir  ko‘r-
satish maqsadida kompleks davolash, ya’ni antibiotik va sulfanil-
amidlar keng qo‘llaniladi. Samarali natija olish uchun qaysi antibio-
tikdan foydalanish kerakligini bilish maqsadida etiologik omil va
uning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlab olish lozim.
Antibiotiklarning yaxshi naf berishini ta’minlash maqsadida eng
kamida 5—7 kun, ko‘pi bilan esa 10—14 kun qo‘llash tavsiya etiladi.
Antibiotiklar ko‘p miqdorda va omixta usulda qo‘llanilganda
organizmda mikroorganizmlarning muvozanati buziladi va zambu-
rug‘lar (kandidoz) rivojlanishi mumkin. Ana shu asoratning kelib
chiqmasligi uchun bolaga kuniga 3—4 marta 50—100000 TB dan
nistatin yoki 80—100000 TB dan levorin berib turish tavsiya etiladi.
Tana harorati ko‘tarilib, uyqusizlik, qayt qilish, bezovtalanish,
talvasaga tushish bilan birga davom etib, xiyla nafas yetishmov-
chiligi bilan o‘tayotgan pnevmoniyalarda neyroplegik vositalarni
ishlatish tavsiya etiladi (ichirish, mushaklar orasiga yoki venaga
yuborish). Sutkasiga 1—2 mg/kg dozada aminazin, brom, feno-
barbital preparatlari, seduksen, GOMK va boshqalar qo‘llaniladi
(bolaning yoshiga to‘g‘ri keladigan dozalarda).
Giðertermiyani  bartaraf  etish  uchun  mushaklar  orasiga  litik
aralashma buyuriladi (bolaning har bir yoshiga 0,1 ml hisobidan).
Bular  kor  qilmaydigan  bo‘lsa,  aminazin  (0,5  mg/kg),  piðolfen
yoki dimedrol (1 mg/kg) bilan 0,5 % li novokain eritmasi qo‘shil-
gan 50 % li analgin eritmasini bolaning har bir yoshiga 0,1 ml
hisobidan birga ishlatish maqsadga muvofiq. Shu bilan bir vaqtda
bolaning boshiga va sonlarining ichki yuzasidagi yirik tomirlari
ustiga muz xaltalar qo‘yish, bolani yalang‘ochlab qo‘yish, me’da-
sini  uy  haroratidagi  suv  bilan  yuvish  buyuriladi.
Balg‘am  ko‘chiruvchi  dori-darmonlardan  kasallikning  o‘tkir
davrida achishtiradigan quruq yo‘tal bo‘lsa, bir choy qoshiqdan
kuniga 6—8 mahal altey damlamasi (100 ml suvga 3—4 g), kuniga

131
5—6 mahal evkaliðt, ko‘krak eliksiri (bir martalik dozasi bolaning
har  bir  yoshiga  2  tomchidan),  libeksin  (1/4—1/2  tabletkadan
kuniga 3—4 mahal), bromgeksin, gohida kodein fosfat (bolaning
har bir yoshiga 1 mg dan) buyuriladi. Keyinchalik kuniga 6—8
mahal  termopsis  damlamasi  (100  ml  ga  0,1—0,2  g),  solutan
(bolaning har bir yoshiga har safar 0,5—1 tomchidan), pertussin
(1/2  choy  qoshiqdan  kuniga  4—5  mahal),  bronxolitin  (0,5—1
choy qoshiqdan kuniga 3 mahal) qo‘llaniladi.
Kasallikning tuzalish jarayonida fizioterapevtik vositalar ham
yaxshigina naf beradi.
Sog‘ayish davrida shifobaxsh gimnastika buyurish va gimnastika
mashqlarini asta-sekin murakkablashtirib borib, uqalab turish o‘rinlidir.
O‘tkir pnevmoniyani boshidan kechirgan bolalar 1 yil davomida
dispanser kuzatuvi ostida bo‘ladi va kasallik yana qaytalanadigan
bo‘lsa, bolalar poliklinikasi sharoitlarida kuzatib boriladi.
Profilaktikasi.  Bolalarda  pnevmoniyalarning  profilaktikasi
quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi:
1. Antenatal  davrdan  boshlaboq  bo‘lg‘usi  onaning  vaqtida
uxlab, vaqtida turishi, vaqtida mehnat qilib, vaqtida dam olishini
ko‘zda tutadigan to‘g‘ri rejim belgilash kerak. Qish kezlari sutka-
siga 3—4 soatdan, yoz mahallari 8 soatgacha ochiq havoda yurishni
nazarda tutadigan havo rejimiga rioya qilish ham ancha muhim.
Homilador ayolning ovqatlanish rejimi ham katta rol o‘ynaydi.
2. Bola tug‘ilganidan boshlaboq ona suti bilan boqilishini ta’minlash.
3. Giðotrofiya,  anemiya  va  raxit  kasalliklarining  oldini  olish
chora-tadbirlarini muntazam olib borish.
4. Bolani toza havodan bahramand qilish, jismoniy tarbiya, uqalash,
suv muolajalari, havo vannalari va boshqa omillar bilan chiniqtirish.
5. Bolaning kun tartibiga rioya qilishini ta’minlash.
6. Adenoidlari  va  surunkali  tonzilliti  bor,  burun  qo‘shimcha
bo‘shliqlari  yallig‘langan,  bronxit,  o‘tkir  respirator  kasalliklar
bilan tez-tez og‘rib turadigan bolalarni alohida nazorat ostiga olish.
7. Aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini keng miqyosda olib
borish.
9.5. Bronxial astma
Bronxial astma surunkali, mustaqil, infeksion-allergik kasal-
lik bo‘lib, bronx mushaklari tortishib qisqarishi natijasida bolaning
nafasi qisib, bo‘g‘ilib qolishi, xurujsimon yo‘tal tutishi va yopishqoq
balg‘am ajralishi bilan xarakterlanadi.

132
Bu  kasallik  bilan  barcha  yoshdagi  bolalar  og‘riydi,  lekin
aksariyat bolalarda kasallik hayotining dastlabki 3 yilida boshlanadi.
Etiologiyasi. Bolalarda bronxial astma rivojlanishida irsiy moyillik
muhim  o‘rin  tutadi.  Aksariyat  bolalarning  oilaviy  anamnezida
bronxial  astma,  ekzema,  migren,  podagra,  yog‘  bosishi  va  shu
singari  kasalliklar  borligi  aniqlanadi.  Atrof-muhit  omillarining
yomon ta’sir qilishi, eng avvalo, bola boqishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy
kamchiliklar, har xil infeksion kasalliklar, noqulay turmush sharoit-
lari,  yomon  asorat  qoldiradigan  psixogen  ta’sirlar  ham  kasal-
likning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega.
Organizmga turli allergenlar ta’sir qilishi natijasida uning sen-
sibillashib qolishi bronxial astma kelib chiqishining asosiy patoge-
netik sababi hisoblanadi.
Allergenlar tashqi (ekzogen) va ichki (endogen), noinfeksion
(atopik) va infeksion bo‘lishi mumkin.
Noinfeksion allergenlarga quyidagilar misol bo‘ladi:
1. Ijtimoiy allergenlar: uy changi, yostiq pati, kitob, kutubxona
changlari va boshqalar.
2. Hayvon va o‘simlik allergenlari: daraxt va o‘simlik changlari,
pichan,  hayvon  junlari,  mayda  hasharotlar  qismlari,  har  xil
quritilgan ovqatlar va boshqalar.
3. Ayrim  ovqat  mahsulotlari:  tuxum,  qulupnay,  shokolad,
baliq, go‘sht va boshqalar.
4. Dori  moddalari:  ko‘pchilik  antibiotiklar,  pirozalon  qatori
vositalari, vitamin va boshqalar.
5. Kimyoviy moddalar: sun’iy tolalar, penoplast, har xil sin-
tetik yelimlar, kukun va boshqalar.
Bular, odatda, atopik bronxial astmani keltirib chiqaradigan
sabablar  bo‘ladi.
Infeksion allergenlarga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
1. Turli bakteriyalar, viruslar, qo‘ziqorinlar va boshqa patogen
mikroorganizmlar.
2. Turli xil gelmintlar, sodda jonivorlar va nopatogen mikro-
organizmlar.
Bular esa infeksion-allergik bronxial astma kasalligini keltirib
chiqaradi.
Bulardan tashqari, bronxial astmaning noimmunologik, zo‘ri-
qish, nevrogen turlari ham ajratiladiki, ular ko‘proq katta yoshdagi
bolalarda kuzatiladi va kattalarga xos belgilar bilan namoyon bo‘ladi.
Klinikasi. Kasallikning asosiy belgisi nafas qisishi va bo‘g‘ilish
xuruji  hisoblanadi.

133
Atopik bronxial astmada bunday xurujlar to‘satdan boshlanib,
ko‘pincha bolani burun bitishi, ko‘krak sohasida noxush sezgilar,
majburiy yo‘tal bezovta qiladi.
Infeksion-allergik  bronxial  astmada  esa,  nafas  qisishi  xuruji
asta-sekinlik  bilan  rinit,  bronxit  yoki  pnevmoniya  belgilarining
zo‘riqishi ko‘rinishida boshlanadi.
Kasallik xuruji tutgan vaqtda bola o‘zini bo‘g‘ilib qolayotgandek
his qila boshlaydi, nafasi qisadi, aksariyat hollarda, nafas chiqarish
jarayoni qiyinlashgan bo‘ladi va og‘ir hollardagina nafas olish ham
qiyinlashishi mumkin. Nafas olib chiqarish shovqinli bo‘lib, hattoki
uzoqdan  ham  yaqqol  eshitilib  turadi,  hushtaksimon  xarakterda
bo‘ladi, bolaning lablari ko‘karib ketadi, xuruj mahalida bolalar
o‘zlariga yengillik yaratish maqsadida majburiy holatni egallashadi.
Xuruj  vaqtida  qiyin  ko‘chuvchan,  yelimsimon,  yopishqoq
balg‘am ajralib, nafas qisilishini yana ham qiyinlashtiradi.
Kasallikning  yengil  turi  xurujlarning  kamligi,  yengilroq  kechishi
bilan ifodalanadi, xuruj haftasiga bir marta bo‘lishi va dori yoki ingala-
tsiyadan so‘ng tezda o‘tib ketishi mumkin. Xuruj oraliqlarida esa bola-
lar o‘zlarini yaxshi his qiladilar, shuningdek, xirillashlar bo‘lmaydi.
Infeksion-allergik  bronxial  astmada  xurujlar  uzoqroq  davom
etadi, xurujdan chiqish qiyinroq bo‘ladi va xurujlar oralig‘ida ham
bolaning ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmaydi — nafas olishi qiyinla-
shib, o‘pkasida quruq xirillashlar eshitilib turadi.
Ba’zi hollarda xuruj 20—30 daqiqa yoki bir necha soatlarda o‘tib
ketmasa, 6 soat va undan ham ko‘proq cho‘zilsa, bolada astmatik
holat (status astmaticus) rivojlanganligining nishonasi hisoblanadi.
Asoratlari. Kasallik uzoq davom etib borganida, ayniqsa, bronx
o‘pka  infeksiyasi  bilan,  burun-halqumdagi  yallig‘lanish  o‘zga-
rishlari bilan birga qo‘shilganida turg‘un emfizema, cor pulmonum,
o‘pka atelektazi, pnevmotoraks, mediastinal emfizema, nevrologik
o‘zgarishlar,  jismoniy  rivojlanishdan  ortda  qolish  ko‘rinishidagi
asoratlar  qoldirishi  mumkin.
Oqibati. Juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, kasallikning atopik
turida ancha yaxshi, allergen to‘g‘ri aniqlansa bemor sog‘ayib ketadi.
Infeksion-allergik turida esa oqibat kasallikning kechishiga bog‘liq
bo‘lib qoladi.
Hamshiralik tashxislari. Nafas qisishi, bo‘g‘ilish, hayajonlanish,
bezovtalik, yo‘tal, qiyinlik bilan ko‘chadigan balg‘am va boshq.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Umumiy qon, siydik, axlat tahlillari,
balg‘amning umumiy tahlili, allergik sinamalar, o‘pkaning rentge-
nologik tekshiruvlari va boshqalar.

134
Davolash  va  parvarish  qilish.  Bronxial  astmaning  davosi  va
parvarishi kasallik xurujlari va xuruj bo‘lmay turgan davrlarida ham
tabaqalashtirilgan holda olib boriladi.
Kasallikning yengil xirujlarida bolani toza havoga olib chiqish,
oyoq  va  qo‘llariga  issiq  vannalar  qilish,  issiq  sodali  suyuqliklar
ichirish  yaxshi  naf  berishi  mumkin.
Unutmang! Astma xurujlari vaqtida gorchitsali muolajalarni qo‘llash
mumkin emas, chunki ular allergik holatni kuchaytirishi va xurujlarning
uzoq cho‘zilishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Bolaning  e’tiborini  rasmlar  ko‘rsatish,  kitob  o‘qib  berish,
qiziq hikoyalar so‘zlab berish va boshqa yo‘llar bilan chalg‘itish
ham ahvolning yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.
Bolaga og‘iz orqali biror bronx kengaytiruvchi vositalarni inga-
latsiya  qildirish  (astmopent,  salbutamol,  berotek,  atrovent,  bero-
dual), ayrim hollarda tabletka holidagi eufillin, efedrin va boshqa
dorilarni ichirish kerak. O‘zgarish kuzatilmaganda teri ostiga efedrin,
papaverin, no-shpa eritmalari biron xil antigistamin vosita (suprastin,
dimedrol, tavegil va boshq.) bilan birgalikda yuboriladi.
Hamshiraning asosiy vazifasi bola holatini diqqat bilan kuzatish,
uni  tinchlantirish,  kasallikning  yaxshi  oqibatlariga  ishontirish,
bolaga  qulay  sharoit  yaratish,  orqasiga  yostiqlar  qo‘yish  yoki
funksional karavotning bosh tomonini ko‘tarib qo‘yish, derazalarni
ochib qo‘yish, qisib turgan kiyimlarini yengillatish va xonaga toza
havo kirishini ta’minlashdan iborat.
Balg‘amni suyultirish va ko‘chishini osonlashtirish maqsadida
solutan (har safar 7—10 tomchidan), bronxolitin (1—2 choy qoshiq-
dan),  kaliy  yodid  (2—4  %  li  eritmasi  bir  choy  qoshiqda  sutga
qo‘shib) kuniga 2—3 mahal ichish uchun hamda fizioterapevtik
muolajalar  qo‘llaniladi.
Bolada astmatik holat cho‘zilganligi aniqlansa, 2,4 % li eufillin
eritmasi  1—3—5—7,5  ml  dan  (bolaning  yoshiga  qarab)  5  %  li
glukoza eritmasi bilan birgalikda venalarga tomchilab yuboriladi.
Tomchilab yuborishning iloji bo‘lmaganda eritma 20 % li glukoza
eritmasi bilan oqim holida venaga 3—5 daqiqa davomida yuboriladi.
Albatta astmatik holatda venalarga eufillin bilan birga gormonal
preparatlardan biri — prednizalon, gidrokortizon, triamsinolon,



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling