Pediatriyada hamshiralik ishi


Download 1.48 Mb.
Pdf просмотр
bet15/34
Sana15.12.2019
Hajmi1.48 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
deksametazon ham yuborilishi lozim.
Boshqa davo choralari simptomlarga qaratilgan bo‘lishi lozim.
 Kasallik bilan og‘rigan bolalar so‘nggi xurujdan keyin kamida
5 yil davomida dispanser hisobida turishadi, 15 yoshga to‘lgach,
kattalar poliklinikasining o‘smirlar xonasi nazoratiga o‘tkaziladi.

135
Profilaktikasi. Nafas yo‘llari kasalliklarining oldini olish, o‘z
vaqtida va to‘g‘ri davolash, surunkali ko‘rinishga o‘tkazib yubormaslik
choralarini ko‘rish, bolaning to‘g‘ri o‘sishi, ovqatlanishi, jismoniy
tarbiyasi, organizmini chiniqtirishi bo‘yicha uzluksiz ishlarni olib
borish kasallikning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Allergik  kasalliklar  va  ekssudativ  diatezlari  bo‘lgan  oilalarda
tug‘ilgan bolalarga alohida e’tibor berish talab etiladi.
10.  YURAK-TOMIR  TIZIMI  KASALLIKLARI
10.1. Yurakning tug‘ma nuqsonlari
Yuraknung tug‘ma nuqsonlari ichki a’zolarning tug‘ma nuq-
sonlari orasida ancha keng tarqalgan patologiya bo‘lib, har 100 ta
chaqaloqning 7—8 tasida kuzatiladi.
Etiologiyasi.  Quyidagi  sabablar  homiladorlikning  dastlabki
3 oyida (ayniqsa, 6—7-haftalarida) homilaga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi
va yurak tug‘ma nuqsonlarini keltirib chiqarishi mumkin:
1. Irsiy omillar — yaqin qon-qarindoshlarning oila qurish hollari.
2. Onaning turli xil virusli kasalliklar — qizilcha, griðp, parotit
bilan og‘rishi.
3. Onaning turli radioaktiv nurlar ta’siriga uchrashi.
4. Turli  xil  kimyoviy  moddalar  —  benzol,  benzin,  alkogol  va
boshqalardan  zaharlanish.
5. Homilaga ta’sir etuvchi dori vositalarini nazoratsiz iste’mol
qilish.
6. Turli xil jismoniy va ruhiy zarbalar.
7. Shuningdek,  homilador  ayolning  noto‘g‘ri  ovqatlanishi,
vitaminlarning (A, E va boshqalarning) yetishmovchiligi, endokrin
kasalliklar  (qalqonsimon  bez  va  oshqozonosti  bezi  kasalliklari)
bilan og‘rib qolishi.
Klinikasi. Yurak tug‘ma nuqsonlari bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda
tug‘ilgan zahotiyoq aksariyat hollarda sianoz, hansirash kuzatilishi,
sezilarli yurak shovqinlari eshitilishi mumkin. Sianozsiz yoki oq
nuqsonlarni aniqlash ancha qiyinroq bo‘lsa-da, bunday nuqsonlari
bor bolalarda ham hansirash salga paydo bo‘lishi yoki jismoniy
zo‘riqish natijasida yengil sianozning kelib chiqishi kuzatiladi.
Aksariyat  hollarda  emizilayotganda,  yo‘rgaklanayotganda,
cho‘miltirilayotganda  bolada  sianozlar  paydo  bo‘layotganligini
parvarishni amalga oshirayotgan hamshiralar yoki onalar aniqlab
qolishadi va tibbiyot xodimlariga ma’lum qilishadi.

136
Ba’zi tug‘ma yurak nuqsonlarida badan terisi va
shilliq pardalarning ko‘karib turishidan tashqari,
ko‘krak qafasining oldingi yuzasi, qorin, yelkaning
ichki  yuzasi,  oyoq  panjalari  terisidagi  venalar
to‘rining kengayib ketganligi ham ko‘rinib turadi.
Bolalarning  yurish-turishi  xarakterli  bo‘lib,
bunday bola ko‘proq yotish yoki o‘tirishni ma’qul
ko‘radi,  kamharakat  bo‘ladi.  Ba’zi  bolalar  esa
qo‘llari bilan tizzalarini quchoqlagan holda cho‘kka
tushib majburiy vaziyatda o‘tiradi yoki orqasi yo
bo‘lmasa yonboshiga suyanib, yarim yotgan holatni
ma’qul  ko‘radi  (29-rasm).  Ba’zi  bolalarda  turli
jismoniy  zo‘riqishlardan  so‘ng,  o‘tkir  kislorod
yetishmovchiligiga xos xurujlar (nafas olishning
tezlashuvi,  burun  qanotlarining  uchishi,  oyoq-
qo‘llar va lablar atrofidagi terida sianozning kucha-
yishi,  qusish,  ayrim  hollarda  talvasaga  tushish,
qisqa  muddat  o‘zidan  ketib  qolish)  kuzatilishi
mumkin. Aksari bunday bolalar jismoniy rivoj-
lanishdan orqada qoladi. Bolaning qo‘l va oyoq
tirnoqlari sianoz natijasida tez orada «soat oynalari»
shakliga  kiradi,  keyin  esa  «nog‘ora  cho‘plari»
ko‘rinishini oladi (30-rasm).
Murakkab va aralash yurak nuqsonlarida ko‘krak qafasida yurak
bukurini ko‘rish mumkin. Palpatsiya qilib ko‘rilganda chap tomon-
dan yurak titrashi aniqlanadi.
Perkussiyada esa yurak chegaralarining kengayganligi ko‘riladi.
Tug‘ma yurak nuqsonlarida auskultatsiyada o‘ziga xos yurak
shovqinlari eshitiladi.
Yurak tug‘ma nuqsonlarini klinik maqsadda ikkiga — sianoz
bilan birga davom etmaydigan nuqsonlar (oq nuqsonlar) va ha-
misha sianoz bilan birga davom etib boradigan nuqsonlar (ko‘k
nuqsonlar)ga bo‘lish ma’qul hisoblanadi.
1. Eng  ko‘p  uchraydigan  ko‘k  nuqsonlarga  aorta  atreziyasi,
Fallo triadasi (o‘pka arteriyasining torayishi, qorinchalararo to‘siq
nuqsoni, o‘ng yurak giðertrofiyasi), Fallo tetradasi (o‘pka arteriyasi
stenozi, aortaning o‘ng tomonga yo‘nalganligi — dekstropozitsiyasi,
qorinchalar o‘rtasidagi to‘siq nuqsoni, o‘ng yurak giðertrofiyasi),
uch kamerali yurak — Eyzenmenger kompleksi (qorinchalar orasi-
dagi  to‘siqda  yuqori  joylashgan  nuqson  bo‘lishi,  aortaning  o‘ng
29-rasm. Yurak
tug‘ma nuqsoni
(Fallo tetradasi)da
majburiy  vaziyat.
30-rasm. «Nog‘ora
cho‘plari» va «soat
oynalari»  ko‘ri-
nishidagi  barmoqlar.

137
tomonda joylashganligi, o‘ng qorincha giðetrofiyasi), tomirlarning
boshqacha joylashgani (transpozitsiyasi) va boshqalar kiradi.
2. Sianoz bo‘lmaydigan yoki bo‘lsa ham notayin va anchadan
keyin boshlanadigan oq nuqsonlarga aorta koarktatsiyasi, bo‘lmalar
orasidagi  to‘siq  nuqsoni,  qorinchalar  orasidagi  to‘siq  nuqsoni,
arterial yo‘l (Botallo yo‘li)ning ochiq qolgani va boshqalar kiradi.
Asoratlari. Tug‘ma yurak nuqsonlari o‘pka giðertenziyasi, qon
aylanishi  yetishmovchiligi,  bakterial  endokardit,  tez-tez  qayta-
lanadigan  respirator  kasalliklar,  giðotrofiya,  anemiya,  yurak  ish
maromining har xil buzilishlari, miya tomirlari trombozlari natija-
sida boshlanadigan gemiðlegiyalar kabi asoratlarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Oqibati. Oval teshik ochiq qolgan, bo‘lmalararo yoki qorincha-
lararo  to‘siqda  arzimas  nuqson  bo‘lganda,  arterial  yo‘l  ochiq
qolganda oqibat yaxshi. Bunday kamchiliklar bolalarda hech qanday
yoqimsiz sezgilarni keltirib chiqarmaydi, yurakning ish qobiliyatini
cheklab qo‘ymaydi. Biroq nuqsonlar katta bo‘lib, yurakning chap
yarmidan o‘ng yarmiga anchagina qon o‘tib turishiga olib keladigan
va o‘pka giðertenziyasi boshlanishiga sabab bo‘ladigan holda oqibat
anchagina yomonlashib qolishi mumkin.
Yurakning murakkab, kombinatsiyalangan tug‘ma nuqsonlarida
oqibat xavotirli bo‘ladi.
Hamshiralik  tashxislari.  Sianoz,  hansirash,  kislorod  yetish-
movchiligi, holsizlik, darmonsizlik, tez charchash va boshqalar.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Umumiy qon, siydik, axlat tahlillari,
ko‘krak  qafasi  rentgenografiyasi,  elektrokardiografiya,  fonokar-
diografiya, angiokardiografiya, angiografiya, kompyuter tomogra-
fiyasi va boshqalar.
Davolash va parvarish qilish. Yurak tug‘ma nuqsonlarini davo-
lashning  hozirgi  vaqtdagi  asosiy  yo‘li  jarrohlik  operatsiyasi  hi-
soblanadi. 90 % ga yaqin hollarda yurak nuqsonlari operatsiya qi-
linadi. Operatsiyalar ikkiga: radikal va palliativ xillarga bo‘linadi.
Bo‘lmalar va qorinchalar orasidagi to‘siq nuqsonlari, ochiq arterial
yo‘l, aorta va o‘pka arteriyasi stenozlari hamda boshqa nuqsonlar
munosabati bilan qilinadigan radikal operatsiyalardan keyin qon
aylanishi  asliga  kelib,  bolalar  amalda  sog‘ayib  ketadi.  Palliativ
operatsiyalar  esa  ko‘pchilik  bolalarning  hayotini  saqlab  qoladi,
ularning  yashab  ketish  imkoniyatlarini  bir  qadar  oshiradi.
Hamshiraning asosiy vazifasi bolalarni muntazam kuzatib borish,
emizikli  bolalarda  og‘ir  yurak  nuqsonlari  bo‘lganda  emizishdan
oldin  va  keyin  profilaktik  maqsadda  namlangan  kislorod  berib

138
qo‘yish,  ikkilamchi  kasallik  (ayniqsa,  nafas  va  yuqumli)lardan
asrash bo‘yicha ishlarni olib borishdan iborat.
Yurak tug‘ma nuqsonlari bor bolalar doimiy dispanser kuzatuvida
bo‘lishadi va 3 yoshgacha bo‘lgan davrda 6 oyda bir marta, 3 yoshdan
oshganidan keyin yiliga bir marta tekshiruvdan o‘tkazib turiladi.
Kompensatsiya  buzilganini  ko‘rsatadigan  alomatlar,  keskin
ifodalangan sianoz, hansirash — sianotik xurujlar bo‘lmagan hollarda
bolalarning yasli va bolalar bog‘chalariga qatnashlariga ruxsat beriladi.
Bolalarning  davolovchi  fizkultura  bilan  shug‘ullanib  turishlari
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sianoz, kompensatsiya buzilganini
ko‘rsatadigan belgilar bo‘lmasa, subyektiv shikoyatlari yo‘q paytlarda
maktabdagi tayyorlov guruhlarida fizkultura bilan shug‘ullanishga ham
ruxsat beriladi, lekin ularni jismoniy jihatdan zo‘riqtiradigan sport
musobaqalari va o‘yinlarida qatnashishdan ozod qilish tavsiya etiladi.
Profilaktikasi. Yurak tug‘ma nuqsonlarining oldini olish asosiy
choralari qarindosh-urug‘lar orasidagi nikohlarga yo‘l qo‘ymaslik,
homilador ayollarni imkoni boricha homiladorlikning dastlabki
6 oyi davomida turli xil kasalliklar (ayniqsa, virusli infeksiyalar),
jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan asrash kabilarni o‘z ichiga oladi.
10.2.  Revmatizm
Revmatizm  (revmatik  isitma)  infeksion-allergik  kasallik  bo‘lib,
qo‘zg‘atuvchisi A guruhga kiruvchi β-gemolitik streptokokk hisoblanadi.
Halqum bodomcha bezlari, tishlar alveolalarining shilliq pardasi,
yuqori jag‘ bo‘shliqlari infeksiya kiradigan darvoza vazifasini o‘taydi.
Bolaning tez-tez shamollashi, organizmdagi surunkali infeksiya
o‘choqlari (surunkali tonzillit, gaymorit, surunkali otit, karioz tish-
lar va boshq.)ning borligi ham kasallik kelib chiqishida asosiy o‘rin
egallaydi. Bolaning surunkali sovqotishi, nam sharoitlarda ko‘proq
bo‘lishi kasallik kelib chiqishiga zamin yaratuvchi omil hisoblanadi.
Revmatizm bilan aksari 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar
kasallanadi va kasallik biriktiruvchi to‘qimaning tizimli zararlanishi ham-
da asosan yurak va bo‘g‘imlarning shikastlanishi bilan xarakterlanadi.
Klinikasi. Kasallikning A.I.Nesterov klassifikatsiyasi (1964-yil)
bo‘yicha faol (I, II, III darajali) va nofaol bosqichlari farqlanadi.
A’zo va tizimlarning zararlanishi bo‘yicha esa yurak va boshqa
tizim hamda a’zolarning zararlanishi kabi klinikoanatomik turlari
ajratiladi. Revmatizm o‘tkir (2 oygacha), yarim o‘tkir (2 oydan
4  oygacha),  cho‘ziluvchan  (4  oydan  ortiq),  tinmay  qaytalanib
turadigan va yashirin (latent) tarzda kechishi mumkin.

139
Kasallikning klinik belgilari uning kechishiga bog‘liq bo‘lib, juda
xilma-xil namoyon bo‘ladi. O‘tkir boshlangan revmatizmda tana haro-
rati ko‘tariladi, bola lanj, holsiz va kamharakat bo‘lib qoladi. Aksariyat
bolalar biron xil streptokokkli kasallikni (angina, surunkali tonzillit,
otit va boshq.) boshlaridan kechirgandan 2—3 hafta o‘tgach, yurak
sohalari va bo‘g‘imlarida og‘riq paydo bo‘lganidan shikoyat qiladilar.
Bolaning og‘rigan bo‘g‘imlari qizaradi, shishib chiqadi, harakat
cheklana boshlaydi. Bo‘g‘imlarning zararlanishi simmetrik, og‘riqlar
esa bo‘g‘imdan bo‘g‘imga ko‘chib yuruvchan xarakterda bo‘ladi.
Lekin  revmatizmda  bo‘g‘imlar  zararlanishi  ko‘rinmagan  holda
yurak devorlarining zararlanishi, ayniqsa, mushak qavatining zarar-
lanish belgilari kuzatilishi mumkin. Bunda bola yurak sohasidagi no-
xush sezgilardan, og‘riq, ortiqcha charchash, bosh og‘rig‘i, ishtaha
pasayishi, uyquning behalovatligidan shikoyat qiladi. Bolada badan
terisining  rangparligi,  hansirab  turish,  taxikardiya,  yurak  chega-
ralarining kengayishi, yurak tonlarining bo‘g‘iqligi, yurakda sistolik
shovqin borligi, yurak ritmining buzilishi, arterial bosimning pasayishi
va tana haroratining subfebril darajalargacha ko‘tarilishi kabi obyektiv
belgilar paydo bo‘ladi. Revmatik sinamalar musbat natija beradi.
Revmatizmda  yurak  devorining  ichki  endoyeard  qavatining
zararlanishi aksariyat hollarda og‘ir kechadi va ikki xil natija bilan
yakunlanishi  kuzatiladi:  yo  yurakning  orttirilgan  nuqsoni  paydo
bo‘ladi, yoki bola tuzalib hech qanday asorat qolmaydi.
Bolalik davridagi revmatizmda asab tizimining xoreya ko‘rini-
shida zararlanishi xarakterli bo‘lib, xoreya 5—9 yoshli bolalarda va
aksari qizlarda hammadan ko‘proq kuzatiladi.
Tiðik hollarda kasallik asta-sekin avj oladi, uyg‘unlashmagan,
poyma-poy harakatlar (giðerkinezlar), aftni burishtirish harakat-
lari paydo bo‘ladi, yurish, nutq o‘zgarib qoladi, psixika ayniydi
(tajanglik, yig‘loqilik, negativizm), mushaklar tonusi keskin susa-
yib ketadi. Bu o‘zgarishlarni aksariyat hollarda bog‘cha tarbiya-
chilari va maktab o‘qituvchilari payqab qolishadi. Bu kabi asosiy
simptomlar  asta-sekin  kuchayib  boradi,  bu  alomatlar  yurak-
tomir  tizimidagi  miokardit,  goho  endomiokardit  ko‘rinishidagi
o‘zgarishlar bilan birga kuzatiladi.
Kichik xoreya odatda 2—3 oy, ba’zan 6—12 oygacha cho‘zilib,
to‘lqinsimon  kechadi,  giðerkinezlar  susayib  qoladigan  va  tag‘in
kuchayib ketadigan davrlar almashinib turadi.
Revmatizmning yurakdan tashqarida bo‘lib, birmuncha kam
uchraydigan ko‘rinishlariga plevrit, pnevmoniya, peritonit, buyrak
va jigarning zararlanishlarini misol qilish mumkin.

140
Gemorragik  sindrom  ko‘rinishi  sifatidagi  burundan  ba’zan
takror-takror qon kelib turishi hozirda revmatizm bilan og‘rigan
bolalarda birmuncha ko‘p kuzatilmoqda.
Revmatizmning  nofaol  fazasi  bir  necha  oydan  to  bir  necha
yilgacha cho‘zilishi mumkin.
Asoratlari. Revmatizm kasalligi vaqtida aniqlanmasa va to‘g‘ri
davolanmasa  yurakda  turli  orttirilgan  nuqsonlar  kelib  chiqishi,
bo‘g‘imlarda deformatsiyalar qolishi mumkin.
Oqibati.  Bolalikdagi  revmatizm  vaqtida  aniqlanib,  kompleks
davo choralari o‘tkazilganda deyarli sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Faqatgina yurak endokard qavatining zararlanishi birmuncha xatarli
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Hamshiralik tashxislari. Haroratning ko‘tarilishi, holsizlik, yurak
va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, rangparlik, taxikardiya, giðerkinez va
boshqalar.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Umumiy qon, siydik, axlat tahlillari,
qonning  revmatik  sinamalari  (C-reaktiv  oqsil,  zardob  oqsillari
elektroforegrammasi, glikoproteidlar va mukoproteidlarni aniqlash,
difenilamin sinamasi va boshq.), elektrokardiografiya va boshqalar.
Davolash  va  parvarish  qilish.  Revmatizmda  davo  davriylik
prinsiðida  —  statsionar,  bolalar  kardiorevmatologik  sanatoriysi,
bolalar poliklinikasining kardiorevmatologik kabineti singari rev-
matizmga qarshi barcha muassasalarning kelishib, izchil ish olib
borishi bilan amalga oshiriladi, zarurat tug‘ilganda maxsus kurort
davosi qo‘llaniladi.
Revmatizmning o‘tkir davrida bola albatta kasalxona sharoitida
davolanishi, jismoniy va ruhiy jihatdan imkoni boricha ko‘proq
tinch bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Ana shu maqsadda bolaga
qat’iy  yotish rejimi buyuriladi  va uning  muddati  yurakning  ne-
chog‘li zararlanganligiga bog‘liq bo‘lib, 1—2 oyni, o‘rtacha taxmi-
nan 45 kunni tashkil etadi. Boladagi ijobiy o‘zgarishlar va labo-
rator natijalarga qarab, rejim asta-sekin kengaytirilishi mumkin.
Unutmang! Bolaning vaqtida va to‘liq tuzalib ketishi shifokor tomonidan
tayinlangan rejimning qanchalik qat’iylik bilan nazorat va amal qilinishiga
bog‘liq.
Revmatizm faol bosqichining o‘tkir davrida bolalar ko‘p terlay-
vergani  uchun  vaqti-vaqtida  gigiyenik  vannalardan  foydalanish,
ahvol og‘irlashganda esa bolaning badanini issiq suvga ho‘llangan
sochiq bilan artib tozalab turish zarur.
Revmatizm bilan og‘rigan bolaga oson hazm bo‘ladigan ovqatni
bo‘lib-bo‘lib  kuniga  4—5  mahal  berib  turilishi  kerak.  Suyuqlik

141
taxminan 1 l gacha cheklanadi. Tarkibida kaliy tuzlari bo‘ladigan
masalliqlar  (tvorog,  kartoshka,  olma,  karam,  qora  olxo‘ri  va
boshq.)dan foydalanish kerak. Faqat yog‘siz go‘sht beriladi, qo-
vurdoq, qaynatma sho‘rvalar, ziravorlardan parhez qilinadi.
Ovqat  ratsionida  meva  va  sabzavotlarning  yetarli  miqdorda
bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi (tabiiy holda olib turiladigan
vitaminlarga qo‘shimcha qilib vitamin preparatlari berib boriladi).
Kasallikning o‘tkir davrida desensibillovchi vositalar, salitsilat-
lar,  pirazolon  qatori  preparatlari,  steroid  gormonlardan  keng
foydalaniladi.
Mahalliy  infeksiya  o‘choqlari  bo‘lsa,  revmatizmning  o‘tkir
davrida kompleks davoga bolaning yoshiga to‘g‘ri keladigan dozalarda
10—14 kun davomida penitsillin qo‘shiladi, keyin esa 3—4 hafta
davomida kuniga 1 marta 1 000 000—1 200 000 TB miqdorida
bitsillin-1  yoki  bitsillin-5  dan  inyeksiya  qilib  turishga  o‘tiladi.
Fizioterapevtik  muolajalar  ham  buyuriladi  (bodomcha  bezlariga
UVCH  toklari,  ultrabinafsha  nur  berish).
Sezilarli poliartritik sindrom bo‘lganida yoki poliartralgiyalar,
ya’ni bo‘g‘im og‘riqlari uzoq davom etganida bo‘g‘imlarga issiq
qilish (Minin lampasi, sollyuks, infraqizil nurlar 15—20 daqiqa-
dan  kuniga  1—2  mahal),  UVCH  toklari  berish  (10  daqiqadan
5—6  muolaja),  parafindan  applikatsiyalar  qo‘yish  (45—50  °C,
20—30  daqiqa)  yaxshi  ta’sir  ko‘rsatadi.
Xoreyada  qo‘shimcha  ravishda  bromidlar  yoki  fenobarbital
buyuriladi, bu preparatlar maktab yoshidagi bolalarga 0,01—0,02 g
dan  kuniga  2  mahal,  uyqu  notinch  bo‘lganda  esa  0,05  g  dan
yotishdan oldin berib turiladi.
Bolalarni  kasalxonadan  chiqarilgandan  keyin  qo‘shimcha
davolanish uchun mahalliy revmatologiya sanatoriylariga yuboriladi.
Profilaktikasi.  Revmatizmning  birlamchi  profilaktikasi  bo-
lani chiniqtirib borish, fizkultura va sport bilan me’yorida shu-
g‘ullanib turish, mehnat qilish va dam olishni to‘g‘ri navbatlash-
tirib borish, vitaminlarga boy ovqatlar bilan bekam-ko‘st ovqat-
lanib  borish,  toza  havodan  mumkin  qadar  ko‘proq  bahramand
bo‘lishni o‘z ichiga oladi.
Revmatizmning  ikkilamchi  profilaktikasi  yoki  retsidivla-
rining profilaktikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) to‘g‘ri uyush-
tirilgan  dispanserizatsiyani;  2)  interkurrent  kasalliklarga,  shu-
ningdek,  surunkali  infeksiyalar  va  bularning  retsidivlariga  o‘z
vaqtida sabot bilan davo qilishni; 3) revmatizmning qo‘zishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun bitsillin bilan profilaktika qilib borishni.

142
So‘nggi yillarda yil davomida bitsillin-5 tayinlash yaxshi nati-
jalarga olib kelmoqda (maktabgacha yoshdagi bolalarga 750 000 TB
dan 2 haftada bir marta, 7 yoshdan katta bolalarga 1 200 000—
1 500 000 TB dan 4 haftada bir marta). Shuningdek, bahor va
kuzda 1—1,5 oy davomida (mart—aprel va oktabr—noyabr oy-
larida) asetilsalitsilat kislotasi buyuriladi. Bitsillin-5 bolaga 2—3 yil
davomida uzluksiz qo‘llanib boriladi.
11.  HAZM  A’ZOLARI  KASALLIKLARI
Bolalik davrining patologiyalari orasida og‘iz bo‘shlig‘i kasal-
liklari  ko‘p  uchraydi.  Chunki  bolalar  og‘iz  shilliq  pardasining
juda ham nozikligi, parvarishda tez shikastlanishga olib keladigan
nuqsonlar va boshqa omillar kasalliklarning kelib chiqishiga zamin
yaratib  beradi.  Shuningdek,  og‘iz  bo‘shlig‘i  kasalliklari  alohida
olingan kasallik sifatidagina emas, balki ichki a’zolar patologiyasi
hamda  turli  xil  yuqumli  kasalliklarning  belgilari  sifatida  ham
namoyon bo‘lishi mumkin. Emadigan va go‘dak bolalarda og‘iz va
burun-halqum shilliq pardalari turli xil kasalliklarning qo‘zg‘atuv-
chilari uchun kirish darvozalari bo‘lib qolishi ham xarakterlidir.
11.1. Stomatit
Stomatit og‘iz shilliq pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, emi-
zikli va go‘daklar hazm tizimi kasalliklari orasida yetakchi o‘rinni
egallaydi.
Etiologiyasi. Og‘iz shilliq pardasining yallig‘lanishiga turli xil
mikroblar va viruslar sabab bo‘lishi aniqlangan.
Bundan tashqari, parvarishdagi turli nuqsonlar (og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq  pardasini  bo‘lar-bo‘lmasga  tozalash,  bolani  so‘rg‘ichga
o‘rgatib  qo‘yish  va  so‘rg‘ichning  tozaligiga  e’tibor  bermaslik,
noto‘g‘ri saqlash, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari bor kishilarning bolaga
turli  xil  ovqat  mahsulotlarini  chaynab  berish  hollari  va  h.k.),
bolaning  yomon  odatlari  (barmoqlarini  so‘rish,  kiyimlari  yoqa-
larini og‘zida ushlab turish va h.k.) kasallik kelib chiqishi uchun
sharoit yaratib berishi ham mumkin.
Klinikasi. Og‘iz shilliq pardasi yallig‘lanishining klinik jihatdan
kataral, aftoz va yarali turlari ajratiladi.
Stomatitning  bolalarda  eng  ko‘p  uchraydigan  turi  kataral  sto-
matit bo‘lib, kasallikning bu turida shilliq parda bir tekisda qizaradi va
shishib turadi. Bolada tishlar chiqqan bo‘lsa, lunjlar shilliq pardasiga
hamda til chetlariga tushib qolgan tishlarning izlarini ko‘rish mumkin.

143
Bolaning umumiy ahvoli unchalik o‘zgarmagan yoki biroz injiqlik
qilib  turishi,  ko‘krakni  yaxshi  so‘ra  olmasligi  yoki  ovqatga  hushi
bo‘lmay  qolishi  kabi  belgilar  kuzatilishi  mumkin.  Lekin  aksariyat
hollarda asosiy kasallikka qarshi yaxshi davo qilinsa, to‘g‘ri parvarish
olib borilsa, kataral yallig‘lanish belgilari tezda barham topadi.
Yarali stomatit ko‘proq kattaroq yoshdagi bolalar va o‘smirlarda
uchraydi va asosan, ularning tishlarida kariyes boshlanganligi, og‘iz
bo‘shlig‘iga yaxshi e’tibor bermay qo‘yganliklari bilan xarakterlanadi.
Asoratlari.  Yarali  stomatitlar  yiringli  limfadenit,  tonzilar
abssess, ba’zi hollarda sespis kabi asoratlar berishi kuzatilgan.
Oqibati. Vaqtida davo choralari olib borilganda xayrli.
Hamshiralik  tashxislari.  Og‘izdagi  og‘riqlar,  giðersalivatsiya,
bosh og‘rig‘i, intoksikatsiya belgilari va hokazolar.
Davolash va parvarish qilish. Stomatitlarga qilinadigan davo
umumiy  (asosiy  kasallikka  qaratilgan)  va  mahalliy  (og‘iz  shilliq
pardasidagi o‘zgarishlarga qaratilgan) bo‘ladi.
Mahalliy davoning maqsadi ikkilamchi infeksiyaning oldini olish
yoki uni bartaraf etishga qaratilgan. Og‘iz bo‘shlig‘ini 1: 6000 nisbatdagi
kaliy  permanganat  eritmasi,  2  %  li  borat  kislota  eritmasi,  3  %  li
vodorod peroksid (1/2 stakan suvga 2 choy qoshiq) bilan kuniga bir
necha marta chayib, tozalab turish kerak. Yaralar bo‘lsa, moychechak
damlamasi,  furatsillin  ishlatiladi,  mikroblarning  antibiotiklarga
sezgirligi aniqlangan taqdirda antibiotikli applikatsiyalardan qo‘llaniladi.
Aftoz  stomatit  bolalarda  eng  ko‘p  uchraydigan  stomatit  turi
bo‘lib, u bola organizmining gerpes virusi bilan birlamchi infek-
siyalanishi alomati hisoblanadi. Kasallik havo-tomchi yo‘li hamda
o‘yinchoqlar orqali yuqadi. Yashirin (inkubatsion) davri 2 kundan
6 kungacha davom etishi mumkin.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling