Pediatriyada hamshiralik ishi


Download 1.48 Mb.
Pdf просмотр
bet18/34
Sana15.12.2019
Hajmi1.48 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
mida ba’zan bir necha turdagi gelmintlar bir yo‘la parazitlik qilib yashashi
mumkin.
Gelmintlarning  bolalar  organizmida  parazitlik  qilib  yashashi
natijasida bolalar o‘sishdan ortda qoladi, ulardagi moddalar almashi-
nuvida hosil bo‘ladigan mahsulotlar hamda ular halok bo‘lganida
yuzaga  keladigan  parchalanish  mahsulotlarining  toksik-allergik
ta’sir  ko‘rsatishi,  shuningdek,  gijjalarning  mexanik  ta’siriga  ja-
voban bolaning ichki a’zolari, ayniqsa, hazm a’zolari, markaziy
asab tizimida zaharlanish yuzaga keladi.
Gelmintozlar boladagi immun tizim ishini susaytiradi, orga-
nizmning  reaktivligini  pasaytirib,  kasalliklarga  moyillik  ortadi,
kasalliklarning kechishi og‘irlashadi va turli asoratlar berish xavfi
paydo bo‘ladi.
Bolalarning ko‘pincha askaridalar, ostritsalar, qilbosh gijjalar,
pakana gijjalar, ba’zi hollarda ho‘kiz va cho‘chqa solityori, serbar
gijja,  exinokokklar  bilan  zararlanishi  kuzatiladi.
Askaridoz
Kasallik  odam  organizmida  ingichka  ichakda  yashaydigan
askarida — dumaloq chuvalchanglarning parazitlik qilib yashashi
tufayli yuzaga keladi. Askaridalar ayrim jinsli, urg‘ochisining bo‘yi
25—40  sm,  erkagining  bo‘yi  15—25  sm,  tanasi  duksimon,  qiz-
g‘ish rangli gijjalar hisoblanadi. Askarida tuxumlari odam ichagidan
axlati bilan birga tashqi muhitga chiqariladi va ular tashqi muhitda
optimal sharoitlar bo‘lganida (harorat 24—26 °C, muhitda yetarlicha
namlik,  kislorod  bo‘lib  turganida)  25  kun  davomida  invaziya-
lovchi harakatchan lichinka davriga qadar rivojlanib oladi.

161
Invaziyalovchi lichinkasi bor gijja tuxumlari ifloslangan sab-
zavotlar,  ba’zi  mevalar  (qulupnay),  ba’zan  chang,  suv  va  xom-
ligicha yeyilaveradigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga
yutib yuborilganda odamga gijja yuqadi, bu hol odatda yoz va kuz
davrlarida ko‘proq sodir bo‘ladi.
Askaridalarning rivojlanish sikli ikki fazadan iborat:
1. Migratsion faza.
2. Ichak fazasi.
Birinchi  —  migratsion fazada yutib yuborilgan tuxum ichakka
o‘tib, invaziyalovchi lichinka tuxum pardalaridan shu joyda bo‘shanib
chiqib, ichak shilliq pardasi, mayda-mayda vena tomirlarini teshib
o‘tadi va qon oqimi bilan birga qopqa venasiga, jigar tomirlariga,
so‘ngra pastki kovak vena bilan yurakning o‘ng yarmiga yetib boradi.
Lichinka o‘pka kapillarlaridan o‘tib borar ekan, ularni teshadi va
quyulib qoladigan qon tarkibida o‘pka alveolalari bilan bronxiolalarga
tushadi. Nafas yo‘llarining hilpillovchi epiteliysi lichinkaning bronx,
traxeya va halqumga qarab surilib borishiga yordam beradi. So‘ngra
lichinka og‘izga o‘tib, so‘lak bilan birga yana yutib yuboriladi va shu
yerda ikkinchi faza — ichak fazasi boshlanadi. Askaridalarning tuxu-
midan  chiqqan  lichinkalik  paytdan  tortib  to  birlamchi  bor  tuxum
qo‘yadigan bo‘lib olgunicha oradan 9 haftadan 15 haftagacha vaqt o‘tadi.
Klinikasi. Askaridozning birinchi fazasi klinik jihatdan olganda
simptomsiz o‘tadi yoki subfebril harorat, yo‘talish, tez o‘tib ketadigan
bronxitlar, pnevmoniyalar, plevritlar bo‘lib turishi bilan birga davom
etadi, ana shunday bronxitlar, pnevmoniyalar, plevritlarda balg‘amda
ba’zan lichinkalar topiladi. Aksariyat bolalar yanglishib nafas yo‘llari
kasalliklari bilan og‘riganlar qatorida samarasiz davolanadi. Ba’zida
bola badaniga polimorf toshma toshadi, terisi qichishib turadi, tana
harorati ko‘tariladi va qonda eozinofiliya aniqlanadi.
Askaridozning ichak fazasi xilma-xil klinik manzara bilan kechadi.
Ko‘pincha bolaning ishtahasi pasayib, ko‘ngli ayniydi, ba’zan qayt
qiladi, so‘lagi oqadi, qornida tutib-tutib turadigan og‘riqlar paydo
bo‘ladi, ichi buziladi, tana vazni kamayib qoladi, uyqusi behalovat,
tez charchaydigan, injiq bo‘lib qoladi, maktabdagi o‘zlashtirishi pasa-
yib ketadi va h.k. Ayrim hollarda zo‘rayib boradigan enterit, enterokolit,
meningeal hodisalar kuzatilishi mumkin. Bolaning terisida (ayniqsa,
yuzida),  badan  terisida  oq  dog‘lar  paydo  bo‘ladi,  bola  kechalari
uxlaganda bezovta bo‘lib tishlarini g‘ijirlatadi, jizzaki bo‘lib qoladi.
Asoratlari. Kasallikning ikkinchi —  ichak fazasida ba’zida bo‘lsa-
da,  lekin  og‘ir  asoratlar:  obturatsion  va  spastik  ichak  tutilishi,

162
askaridoz peritonit kelib chiqishi mumkin. Askaridalarning ichakdan
o‘rmalab chiqib, me’da orqali hiqildoq, traxeya va bronxlarga o‘tib
qolishi nihoyatda kamdan kam uchraydigan asoratlar hisoblanadi.
Oqibati.  Askaridoz,  odatda,  vaqtida  aniqlanib,  tegishli  davo
choralari olib borilsa, oqibati xayrli bo‘ladi.
Hamshiralik tashxislari. Tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal,
toshma  toshishi,  terining  qichishishi,  ko‘ngil  aynishi,  qusish,
qorindagi og‘riqlar, uyqusizlik va boshqalar.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Balg‘amning bakteriologik va para-
zitologik  tekshiruvi,  o‘pkaning  rentgenologik  tekshiruvi,  axlatni
gijja tuxumlariga tekshirish, qonning umumiy tahlili va boshqalar.
Davolash va parvarish qilish. Askaridozni migratsion fazasida spe-
tsifik davolash hali ishlab chiqilmagan. Ikkinchi, ichak fazasi esa bir
necha xil dori-darmonlar va kislorodoterapiya bilan davolab kelinmoqda.
Dori  vositalaridan  piðerazin,  naftamon,  pirantel,  levamizol,
dekaris va boshqalar keng qo‘llaniladi.
Piðerazin  quyidagi  bir  martali  dozalarda  ovqatdan  bir  soat
keyin, ketma-ket 2 kun 2 mahaldan ichirish uchun buyuriladi:
— yoshiga to‘lmagan bolalarga —  0,2 g;
— 2—3 yoshli bolalarga —  0,3 g;
— 4—6 yoshli bolalarga —  0,5 g;
— 7—9 yoshli bolalarga —  0,75 g;
— 10—14 yoshli bolalarga — 1 g.
Davo vaqtida o‘tkir va sho‘r taomlar istisno qilinadi. Markaziy
asab tizimidagi organik kasalliklarda piðerazin buyurilmaydi.
Kombantrin 5—10 mg/kg hisobidan faqat bir marta beriladi
(1 tabletkasida 250 mg, 1 ml suspenziyasida 50 mg bo‘ladi). Davo
qilib bo‘lgandan keyin surgi dorilar buyurilmaydi.
Dekaris 2,5 mg/kg hisobidan bir marta (1 tabletkasida 150 mg
bo‘ladi)  qo‘llaniladi.
Vermoks 2,5—5 mg/kg hisobidan bir marta ishlatiladi (1 tab-
letkasida — 100 mg).
Askaridozga davo qilish uchun kisloroddan ham foydalanilishi
mumkin. Kislorodni 2—3 marta (har kuni yoki kunora) yuboriladi,
kislorod  yuborilganidan  bir  sutka  o‘tgach,  bolaning  ichi  kelaver-
masa, surgi dori beriladi. Kislorodterapiyasidan so‘ng o‘lik askari-
dalar 1-kun bilan 3-kun orasida, ba’zida 4—6-kunlari tushib ketadi.
Yara kasalligining qo‘zib turgan davri, qorin bo‘shlig‘ida o‘tkir
va  yarim  o‘tkir  yallig‘lanish  jarayonlari  borligi  kislorod  bilan
davolash uchun monelik hollari hisoblanadi.

163
Enterobioz
Enterobioz bolalarda eng ko‘p tarqalgan gijja kasalligi bo‘lib,
uni  ostritsalar  keltirib  chiqaradi.  Ostritsalar  dumaloq,  mayda
(erkagining bo‘yi 2,5 mm, urg‘ochisining bo‘yi 9—12 mm) gijjalar
bo‘lib, yo‘g‘on ichakning pastki bo‘limida, ko‘r ichakda va yuqoriga
ko‘tariluvchi chambar ichakning boshlang‘ich qismida yashaydi.
12 mingtagacha tuxumlari bo‘ladigan urg‘ochi ostritsa to‘g‘ri ichakka
tushib kelib, bola uxlayotgan mahalda orqa chiqaruv teshigidan
tashqariga chiqadi va shu teshik atrofiga tuxum qo‘yadi, o‘zi esa
o‘ladi. Ostritsalar uzog‘i bilan 3—4 hafta yashaydi.
Enterobiozda kasallik manbayi faqat kasal odam hisoblanadi.
Perianal burmalarga qo‘yib ketilgan tuxumlar 4—6 soatdan keyin
yetiladi va invaziyalovchi tuxumlarga aylanadi. Bular ifloslan-
gan ichki kiyimdan o‘rin-joyga, ro‘zg‘or buyumlariga yuqadi. Gijja
tuxumlarini  pashshalar  ham  tashqi  muhitga  tarqatishi  mumkin.
Odam yetilgan ostritsa tuxumlarini turli yo‘llar bilan yutib yubor-
ganida unga gijja yuqadi. Ba’zi hollarda gijja tuxumlari odamning
og‘zi bilan burniga chang bilan birga kirib qolishi mumkin.
Enterobiozning yana bir muhim xarakterli tomoni shundaki,
urg‘ochi  ostritsalar  orqa  chiqaruv  teshigidan  o‘rmalab  chiqib,
tuxumlarini maxsus modda bilan anal teshik atrofiga yopishtiradi,
uning  o‘rmalashi  va  ana  shu  moddaning  qichishtiruvchi  ta’siri
natijasida bola perianal sohasini qashlab, qo‘l barmoqlarini gijja
tuxumlari bilan ifloslantiradi va gijjani o‘z-o‘ziga yuqtirib turadi.
Klinikasi. Enterobioz, odatda, simptomsiz o‘tishi ham mumkin,
lekin  sinchiklab  tekshiruv  o‘tkazilsa,  kasallik  alomatlarini  tezda
aniqlashga erishiladi. Kasallikning yengil shaklida kechqurunlari
yoki kechasi orqa chiqaruv teshigi sohasi bir-ikki kun davomida
salgina qichishib turadi, bunday qichishish o‘z-o‘zidan yo‘qolib
ketadi va 2—3 haftadan keyin yana paydo bo‘ladi. Gijja ko‘plab
takror-takror yuqib turgan paytda (reinvaziyada) qichishish doimiy
bo‘lib qoladi va bolani juda bezovta qiladi, bola aksari tizza-tirsak
vaziyatida yotishga harakat qiladi. Onalar kechalari bolaning pe-
rianal sohalaridan o‘rmalab yurgan ostritsalarni topishadi.
Orqa chiqaruv yo‘li sohasi qashlanishi tufayli uning ko‘p joylari
tirnalib, dermatit, piodermiya paydo bo‘ladi. Ba’zi kasallarda tez-
tez ich kelib, axlat shilimshiq aralash bo‘tqasimon bo‘lib tushadi,
goho  hojat  vaqtida  og‘riqli  kuchaniqlar  tutadi,  bosh  aylanadi,
bola tez charchaydigan, injiq bo‘lib qoladi, uyqusi buziladi. Qiz
bolalarda ostritsalar jinsiy a’zolarga o‘rmalib kirib qolishi va bu

164
aksari og‘ir o‘tadigan va hadeganda qaytavermaydigan vulvovagi-
nitlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Asoratlari. Enterobiozga vaqtida davo choralari olib borilmasa,
bolada kamqonlik, tana vaznining keskin kamayib ketishi, perianal
sohada  dermatit,  piodermiyalar,  qizlarda  vulvovaginitlar  kelib
chiqishi  mumkin.
Oqibati. Tegishli choralar ko‘rilganda enterobioz hech qanday
yomon oqibatlarga olib kelmaydi.
Hamshiralik tashxislari. Perianal sohaning qichishi, perianal
soha  dermatiti,  piodermiyasi,  qorin  og‘riqlari,  bosh  aylanishi,
vulvovaginit va boshqalar.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Perianal sohadan qirma olish, qonning
umumiy tahlili va boshqalar.
Kasallikka tashxis qo‘yish ostritsalarning tuxumlari yoki gijjalar-
ning o‘zini topishga asoslangan. Buning uchun 1 % li o‘yuvchi
natriy eritmasi yoki 50 % li glitserin eritmasiga ho‘llangan kichikroq
yog‘och  shpatel  bilan,  yo  bir  bo‘lak  sellofan,  yoxud  yopishqoq
selluloza tasma bilan perianal sohadan qirma olinadi (selluloza tasma
yopishqoq tomoni bilan buyum oynasiga qo‘yilib, mikroskopning
kichik obyektivi ostida tekshirib ko‘riladi).
Kechasi orqa chiqaruv teshigi sohasiga bir bo‘lak paxta qo‘yib
yotish, keyin esa shu paxtani chayib, olingan yuvindi suvni tek-
shirishni tavsiya qilish mumkin (sentrifugadan o‘tkazib).
Davolash  va  parvarish  qilish.  Kasallikning  yengil  shakllarida
gigiyena chora-tadbirlariga rioya qilish bilan gijjadan xalos bo‘lish
mumkin. Buning uchun natriy gidrokarbonat qo‘shilgan 1—3 sta-
kan suvdan kechqurun klizma qilinadi (har stakan suvga 1/2 choy
qoshiq natriy gidrokarbonat). Bolaning trusi va oqliklari har kuni
ertalab almashtiriladi, eskisi albatta qaynatib yuviladi va dazmol-
lanadi. Tirnoqlar kalta qilib olib turiladi, xona har kuni ho‘l latta
bilan artib tozalanadi. Bolaning o‘yinchoqlari ham har kuni yuvib
tozalab turiladi. Kasallangan bolaning kiyimlarini boshqa bolalarga
kiydirish, uning o‘rnida boshqa bolalarning yotishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Enterobiozning og‘ir shakllarida gigiyena qoidalariga rioya qilish
bilan birga dori-darmonlar ham qo‘llaniladi.
Piðerazin xuddi askaridozdagi dozalarda 3—5 kunlik davo kursi
tarzida tavsiya etiladi. Zaruratga qarab har safar 7 kun oralab davo
sikli 3 martagacha takrorlanishi mumkin. Bolada qabziyat bo‘l-
gandagina surgi beriladi, maxsus parhez talab etilmaydi.

165
Kombantrin,  dekaris,  vermoks  askaridozdagi  kabi  dozalarda
qo‘llaniladi.
Naftamon ketma-ket 3 kun davomida 5 yoshdan katta bolalarga
kuniga 5 g dan, 5 yosh va bundan kichik bolalarga kuniga 2,5 g dan
buyuriladi.  Mana  shu  dozadagi  preparat  50  ml  iliqroq  qand
sharbatida eritilib, nonushtadan 30 daqiqa ilgari nahorga ichiriladi.
Surgi buyurilmaydi, odatdagicha ovqat berilaveradi. Zarur bo‘lsa
davo 7—10 kundan keyin takrorlanadi.
Qichishishni  kamaytirish  maqsadida  dimedrol,  suprastin,
perianal sohaga 5 % li anestezin mazi surtib turish tavsiya etiladi.
Enterobioz  kasalligi  qaysi  oilada  paydo  bo‘lsa,  ushbu  oila
a’zolarining hammasi dispanser nazoratiga olinishi va butun oilaning
barcha a’zolarini bir yo‘la davolash kerak.
Profilaktikasi.  Gelmintozlarning  profilaktikasi  organizmdagi
va  tashqi  muhitdagi  gijjalarni  barcha  usullarni  qo‘llagan  holda
yo‘qotishga qaratilgan choralarni kompleks tarzda olib borishga
asoslangan. Vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshiruvlar o‘tkazilib, gijja
kasalliklari  bor  bolalar  va  katta  yoshdagi  odamlar  hamda  gijja
tashuvchilar  aniqlanib,  tegishli  choralar  ko‘rib  boriladi.
Tushgan  gijjalar  yoqib  tashlanadi  yoki  30  daqiqa  davomida
qaynatiladi,  axlatlarning  ustiga  30—60  daqiqaga  qaynab  turgan
suv quyib qo‘yiladi. Hojatxonalar, tuvaklar qaynatilgan suv bilan,
so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohak bilan dezinfeksiya qilinadi.
Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishda sanitariya-gigiyena qoida-
lariga amal qilish, bolalarni yoshligidan shaxsiy gigiyena qoida-
lariga rioya qilishga o‘rgatib borish gelmintozlarning oldini olishda
katta ahamiyat kasb etadi.
12.  BUYRAK  VA  SIYDIK  CHIQARISH  A’ZOLARI
KASALLIKLARI
Bolalarda  uchraydigan  noinfeksion  kasalliklarning  4—5  %
buyrak  va  siydik  ajratish  tizimi  kasalliklariga  to‘g‘ri  keladi.  Bu
kasalliklar surunkali kechishi va qaytalanib turishga moyilligi bilan
xarakterli bo‘lib, aksariyat kattalarda uchraydigan siydik ajratish
tizimi kasalliklari bolalikdagi kasallikning davomi yoki asoratlari
bo‘lishi mumkin. Buyrak kasalliklarining yana bir xarakterli tomoni
shundaki,  kasallik  belgilari  bilinmasdan  boshlanadi,  siydikdagi
o‘zgarishlar shikoyatlardan ancha oldin paydo bo‘lib qolgan bo‘-
ladi. Siydik ajratish tizimi kasalliklari orasida birinchi o‘rinni piyelo-
nefrit  (43—44  %),  ikkinchi  o‘rinni  faqat  siydikdagi  o‘zgarishlar

166
bilan  namoyon  bo‘ladigan  kasalliklar  (28—29  %)  va  nihoyat,
uchinchi o‘rinni glomerulonefrit (19—20 %) egallaydi. Siydik ajra-
tish tizimi kasalliklari har xil jins va yoshdagi bolalarda o‘ziga xos
tarzda kechadi. Shuningdek, siydik tizimi kasalliklari kelib chiqishiga
qarab irsiy yoki tug‘ma hamda hayotda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Bu tizim kasalliklari uchun umumiy bo‘lgan belgilar: siydik-
dagi  o‘zgarishlar,  arterial  bosimning  o‘zgarishlari,  dizuriya,
abdominal  (og‘riq)  belgilar,  surunkali  buyrak  yetishmovchiligi.
12.1. Diffuz glomerulonefrit
Glomerulonefrit infeksion allergik kasallik bo‘lib, buyrakning
asosiy  birligi  —  koptokchalar  (glomerulalar)ning  diffuz  (barcha
koptokchalarning  qamrab  olinishi)  immunologik  yallig‘lanishi
bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Bu kasallik paydo bo‘lishidan avval, ko‘pincha,
angina, o‘tkir respirator kasalliklar, griðp, goho skarlatina bo‘lib
o‘tadi.
Kasallikning  etiologiyasida  streptokokk,  stafilokokk,  boshqa
turdagi kokklar, shuningdek, virus infeksiyasi hammadan muhim
rol o‘ynaydi. Bolaning sovqotishi va zaxda qolishi ham nefritning
paydo  bo‘lishini  osonlashtiradi,  organizmning  sensibillashuviga
zamin  yaratadi.  Boladagi  ekssudativ-kataral  diatez,  shuningdek,
organizmning allergik reaktivlikka irsiy moyilligi ham uni nefritlar
kelib chiqishiga moyil qilib qo‘yadi.
Klinikasi. Kasallik hamma yoshdagi bolalarda uchraydi, biroq
maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi bolalar ko‘proq
og‘rishadi, bundan tashqari, kasallik o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga
nisbatan ko‘proq uchraydi.
Glomerulonefritning  klinik  belgilarini  aniqlash  uchun  uning
tasnifini ko‘rib chiqamiz (7-jadval).
7-jadval
Glomerulonefrit klinik belgilarining tasnifi
ti
r
f
e
n
o
l
u
r
e
m
o
l
g
r
i
k

O
.
I
n
a
li
b
m
o
r
d
n
i
s
k
it
i
r
f
e
n
)
1
n
a
li
b
m
o
r
d
n
i
s
k
it
o
r
f
e
n
)
2
n
a
li
b
i
m
o
r
d
n
i
s
k
i
d
y
i
s
t
a
q
a
f
)
3
a
y
i
r
u
t
a
m
e
g
m
o
r
d
n
i
s
k
it
o
r
f
e
n
)
4
n
a
li
b
a
y
i
n
o
t
r
e
ð
i
g
a
v
g
n
i
n
k
il
l
a
s
a
k
)
a
i
r
v
a
d
h
c

g
n
a
l
h
s
o
b
-
e
m
o
l
g
il
a
k
n
u
r
u
s
)
b
h
s
it
‘
o
a
g
ti
r
f
e
n
o
l
u
r
i
r
v
a
d
it
a
y
il
o
a
f
h
s
i
k
a
r
y
u
b
)
a
n
a
g
li
z
u
b
it
a
y
il
o
a
f
h
s
i
k
a
r
y
u
b
)
b
n
a
g
n
a
l
q
a
s
g
n
i
n
it
a
y
il
o
a
f
k
a
r
y
u
b
)
d
i
g
il
i
h
c
v
o
m
h
s
it
e
y
r
i
k

o
Kasallik turi
Buyrakning
ish  faoliyati
Buyrakdagi  yallig‘la-
nish  jarayonining
o‘tkirligiga qarab

167
Diffuz glomerulonefrit, odatda, birdaniga
yoki asta-sekin, belgilarsiz boshlanishi mum-
kin.  Kasallik  birdaniga  boshlanganida,  ko‘-
pincha,  bolada  holsizlanish,  bosh  og‘rig‘i,
ko‘ngil  aynishi  kuzatiladi,  qusib,  ishtahasi
pasayadi,  tana  harorati  ko‘tariladi.  Bolaning
rangi  o‘chadi,  yuzi,  ayniqsa,  ko‘z  qovoqlari
ostida  ko‘pincha  kerkish  va  shishlar  paydo
bo‘lib, shishlar tezda gavda va qo‘l-oyoqlarga
tarqalib  boradi  (32-rasm).  Birinchi  kunlarda
diurez  keskin  kamayib,  siydik  rangi  go‘sht
seliga  o‘xshab  qoladi.  Bolalar  bel  va  qorin
og‘rig‘i, siydik vaqtida og‘riq sezishdan shikoyatlar qiladi.
Qaysi sindrom ustunlik qilishiga qarab, o‘tkir glomerulonefrit-
ning 3 xil turi farqlanadi: 1. Nefritik. 2. Nefrotik. 3. Aralash.
Diffuz  glomerulonefritning  ko‘p  uchraydigan  nefritik  turi,
ko‘pincha,  streptokokkli  kasalliklarni  boshidan  kechirganidan
2—3 hafta o‘tgach bola rangining oqarishi, qovoqlari va yuzining
yengil shishuvi bilan boshlanadi. Bolaning arterial bosimi me’yorda
yoki biroz ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Glomerulonefritning bu
turida siydikdagi o‘zgarishlar asosiy o‘rinda turadi. Diurez ka-
mayadi,  siydik  rangi  qizaradi,  eritrotsitlarning  parchalanishidan
siydik  cho‘kmasi  go‘sht  seliga  o‘xshab  qoladi  (gematuriya),
mikroskopik tekshiruvda siydikda oqsil (proteinuriya), ko‘p miq-
dorda  leykotsitlar  (leykotsituriya)  aniqlanadi.
Ikkinchi, nefrotik turi esa, ko‘proq maktabgacha tarbiya yoshi-
dagi bolalarda uchraydi. Kasallikning bu turidagi asosiy belgi bu-
tun badan bo‘ylab shishlarning tarqalishi bo‘lib, suyuqliklar ba’zi
ti
r
f
e
n
o
l
u
r
e
m
o
l
g
il
a
k
n
u
r
u
S
.
I
I
k
it
o
r
f
e
n
)
1
k
i
r
u
t
a
m
e
g
)
2
i
r
u
t
h
s
a
l
a
r
a
)
3
g
n
i
n
k
il
l
a
s
a
k
)
a
h
s
i
n
a
l
a
t
y
a
q
i
r
v
a
d
a
y
i
s
s
i
m
e
r
a
l
a
h
c
)
b
i
r
v
a
d
-
o
b
a
l
-
k
i
n
il
k
q
il
‘
o
t
)
d
i
r
v
a
d
a
y
i
s
s
i
m
e
r
r
o
t
a
r
it
a
y
il
o
a
f
h
s
i
k
a
r
y
u
b
)
a
n
a
g
li
z
u
b
it
a
y
il
o
a
f
h
s
i
k
a
r
y
u
b
)
b
n
a
g
n
a
l
q
a
s
k
a
r
y
u
b
il
a
k
n
u
r
u
s
)
d
i
g
il
i
h
c
v
o
m
h
s
it
e
y
.
I
I
I
z
e
t
a
v
r
i
k

o
a

O
ti
r
f
e
n
o
l
u
r
e
m
o
l
g
i
h
c
v
u
h
c
e
k
k
a
r
y
u
b
)
a
it
a
y
il
o
a
f
h
s
i
n
a
g
li
z
u
b
-
a
y
il
o
a
f
h
s
i
k
a
r
y
u
b
)
b
il
a
k
n
u
r
u
s
g
n
i
n
it
i
g
il
i
h
c
v
o
m
h
s
it
e
y
32-rasm. Buyrak
shishlarining
yuzdagi  ifodasi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling