Pediatriyada hamshiralik ishi


Download 1.48 Mb.
Pdf просмотр
bet19/34
Sana15.12.2019
Hajmi1.48 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34

168
hollarda  tana  bo‘shliqlarida  ham  (qorin
bo‘shlig‘ida  —  assit,  plevra  bo‘shlig‘ida  —
gidrotoraks)  yig‘ilgan  bo‘ladi  (33-rasm).
Bolaning rangi pasayadi, boshi og‘riydi, ko‘ngli
aynib, ishtahasi yo‘qoladi. Arterial bosim un-
chalik ko‘tarilmaydi. Diurez juda ham kamayib
ketadi. Kasallikning shu turi uchun biokimyo-
viy tahlillarda siydikda proteinuriya, qon zardo-
bida giðoproteinemiya va giðerxolesterinemiya
bo‘lishi  xarakterlidir.  Siydik  cho‘kmasining
mikroskopik  tekshiruvida  gialin  va  qizil  qon
tanachalaridan iborat silindrlar aniqlanadi.
Kasallikning  uchinchi,  aralash  turida  nefrotik  sindromga
siydikdagi  o‘zgarishlar  (gematuriya)  va  arterial  qon  bosimining
ko‘tarilishi (giðertenziya) ham qo‘shilib birga namoyon bo‘ladi.
Glomerulonefritning  bu  turi  katta  yoshdagi  bolalarda  ko‘proq
uchraydi va kasallikning eng og‘ir turi hisoblanadi. Bolada keng
tarqalgan shishlar, siydikning kamaygan va go‘sht seliga o‘xshash
bo‘lishi, arterial bosimning yuqoriga ko‘tarilganligi natijasida bosh
og‘rig‘i,  ko‘ngil  aynishi  va  qusish  hollari  kuzatiladi.  Aksariyat
hollarda kasallikning bu turi o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga o‘tib
ketishi  mumkin.
Glomerulonefritda kasallik bir necha variantlarda: o‘tkir holda,
uzoq cho‘zilib, surunkali tarzda, to‘lqinsimon, latent tarzda o‘tishi
mumkin.
Kasallik latent tarzda o‘tganida ekstrarenal belgilar bo‘lmaydi
va siydik cho‘kmasidagi o‘zgarishlar, odatda, dispanser tekshiruvida
ma’lum bo‘lib qoladi.
Glomerulonefritning aktiv fazasi giðertenzion sindrom, shish
va siydik sindromlarining kuchli bo‘lishi, moddalar almashinuvining
buzilishi va buyraklar funksional holatining o‘zgarib qolishi bilan
xarakterlanadi. Bu faza har xil o‘tishi mumkin.
Inaktiv fazasi siydikdagi patologik o‘zgarishlar yo‘qolib ketadi-
gan va qon asosiy biokimyoviy ko‘rsatkichlari (qoldiq azot, umu-
miy  oqsil  va  uning  fraksiyalari,  xolesterin,  umumiy  liðidlar  va
fraksiyalari va h.k.) asliga kelib qoladigan klinik-laboratoriya remis-
siya deb hisoblanadi.
Asoratlari. Noto‘g‘ri davolash va zarur ehtiyotkorlik choralariga
rioya qilinmaganda, diyetoterapiya noto‘g‘ri tashkil etilgan hollarda,
bola belgilangan rejimni buzganida kasallik surunkali turga o‘tib
33-rasm. Nefrotik
sindromda umumiy
shishlar.

169
ketishi, ba’zi hollarda o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi
kabi og‘ir asoratlar ham kelib chiqishi mumkin.
Oqibati. To‘g‘ri va o‘z vaqtida davolangan hollarda 80—95 %
bolalarda kasallik butunlay sog‘ayish bilan yakun topadi.
Hamshiralik tashxislari. Ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i,
bel  sohasidagi  og‘riqlar,  siydik  miqdorining  kamayishi,  tana
haroratining ko‘tarilishi, talvasalar, gidrotoraks va boshqalar.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Siydikni Zimnitskiy, Addis-Kakovskiy,
Nechiðoreko, Ambyurje bo‘yicha tekshiruv, qondagi qoldiq azot,
mochevina  miqdorini  aniqlash,  sutkalik  diurezni  aniqlash,  suv
balansini aniqlash, bolani nazorat o‘lchab turish va boshqalar.
Davolash  va  parvarish  qilish.  Diffuz  glomerulonefrit  bilan
og‘rigan bolalarni davolash rejimini tayinlash, diyetoterapiya, mik-
roblarga qarshi kurashish, immun tizimni kuchaytirish va simpto-
matik dori-darmonlarni samarali qo‘llashdan iborat.
Glomerulonefritning  o‘tkir  kechishi  yoki  qo‘zigan  davrida
bemorlar statsionar sharoitda davolanadi. O‘tkir klinik ko‘rinishlar —
giðertoniya,  shishlar,  makrogematuriya  paydo  bo‘lgan  vaqtdan
boshlab hisoblaganda kamida 3—4 hafta davomida bolaga o‘rinda yotish
rejimi buyuriladi, ekstrarenal belgilar yo‘qolib ketgach, yarim yotish
rejimi, keyinchalik esa, erkin yoki faol rejim tayinlanadi.
Davolash  ishlarini  tashkil  etishda  diyetoterapiyaning  o‘rni
beqiyosdir. Kasallik o‘tkir o‘tayotganda yoki to‘lqinsimon o‘tib turib,
qo‘zib qolgan davrda yengillashtiruvchi qand-meva kunlari buyuriladi.
Yengillashtiruvchi kun o‘tkazilganidan keyin tuzsiz va hayvon
oqsillari cheklangan parhez buyuriladi. Bunday ovqat masalliqlari
sabzavot, kartoshka, mevalar, o‘simlik moyi, yormalar, un, qand,
konfet  (shokoladlimasidan),  cheklangan  miqdorda  sut,  tuxum,
qaymoq, meva suvlari va ba’zi qandolat mahsulotlari (murabbo,
marmelad, zefir), tuzsiz bug‘doy nondan iborat.
Bemor kasalxonaga kelgan birinchi kunlardan boshlab vitamin-
lar:  sutkasiga  200—500  mg  dan  askorbinat  kislota,  15—30  mg
dan tiamin bilan riboflavin, 50—60 mg dan rutin, zarur bo‘lsa,
A, B
6
, K, B
12
 vitaminlari ham tayinlanadi.
Kasallik  aktiv  fazaga  kirganida  va  qo‘zib  qolganda  hamma
bemorlarga antibiotiklar buyurish zarur. Bunda ta’siri uzoq cho‘-
ziladigan  (prolonglangan)  penitsillin  (bitsillin-5)  ishlatish  maq-
sadga muvofiq.
Giðotenziv  dori-darmonlar  tariqasida  bolalarga  rezerpin
(sutkasiga 0,1—0,25 mg), dibazol (bolaning har bir yoshiga sutka-

170
siga 0,001 g hisobidan), metildofa (kuniga 0,15—0,2—0,25 g dan)
ishlatiladi.
Shish sindromi paydo bo‘lganida ishlatiladigan diuretik mod-
dalar har xil, ko‘p ishlatiladiganlari 8-jadvalda keltirilgan.
Nefritning nefrotik shakli bilan og‘rigan, buyrak yetishmov-
chiligining alomatlari yo‘q bolalarga glukokortikoidlar berib tu-
rish o‘rinlidir (sutkasiga 1,5—2 mg hisobida prednizolon).
8-jadval
Eng ko‘p ishlatiladigan diuretik moddalarning dozalari
va ta’sir muddatlari
Diffuz glomerulonefrit bilan og‘rigan bolalar dispanser kuza-
tuvi ostida bo‘lishi kerak. Klinik-laboratoriya jihatidan olganda to‘la
remissiya holida kasalxonadan chiqarilgan bolalar 1 yil davomida
3  oyda  bir  martadan  tekshirib  turiladi,  keyinchalik  kasallik
qo‘zimaydigan bo‘lsa, 6 oyda bir marta tekshirib boriladi. Oyiga
1 marta siydik, 2 oyda bir marta qon tahlillari o‘tkazib turiladi.
Klinik-biokimyoviy jihatdan remissiya holiga o‘tgan va qoldiq
siydik  sindromi  bo‘lgan  bolalar  oyiga  bir  marta  tekshirishdan
o‘tkazib  turilishi  kerak,  2  haftada  bir  marta  siydigi,  2  oyda  bir
marta qoni tahlil qilib turiladi.
Klinik  remissiya  to‘la-to‘kis  bo‘lmasa,  bolalarni  har  oyda,
glukokortikoidlar  buyurilganida  esa  har  haftada  tekshirishdan
o‘tkazib turish kerak. 2 haftada bir marta siydigi, 2 oyda bir marta
qoni tahlil qilib ko‘riladi.
Bola kasalxonadan chiqarilganidan keyin davo buyraklardagi
patologik jarayonning aktivligiga bog‘liq bo‘ladi.
d
i
z
a
it
o
l
x
i
D
g
k
/
g
m
0
1
—
5
g
k
/
g
m
0
5
—
5
2
6
—
3
2
1
—
0
1
d
i
z
a
it
e
m
o
l
k
i
S
.l
b
a
t
1
—
2
/
1
.l
b
a
t
1
—
2
/
1
4
—
2
6
—
4
d
i
m
e
s
o
r
u
F
)
s
k
i
z
a
l
(
g
k
/
g
m
2
—
5
,
1
g
k
/
g
m
0
6
—
0
2
5
,
0
6
—
4
n
o
t
k
a
l
o
n
o
r
i
p
S
,
n
o
t
k
a
d
l
a
(
)
n
o
r
i
p
h
s
o
r
e
v
g
k
/
g
m
0
2
—
5
1
g
m
0
0
3
—
0
5
g
k
/
2
7
—
8
1
4
4
1
—
0
2
1
a
t
o
l
s
i
k
t
a
n
i
r
k
a
t
E
)
ti
g
e
r
u
(
g
1
,
0
—
5
0
,
0
g
5
0
,
0
—
5
2
0
,
0
2
—
1
2
1
—
9
)
ti
r
u
n
o
f
(
b
r
a
k
a
i
D
g
5
2
,
0
—
5
2
1
,
0
g
5
7
,
0
—
5
,
0
6
—
4
2
1
—
0
1
Preparat
Dozasi
Maksimal ta’-
siri qanchaga
boradi,  soat
Ta’sir
muddati,
soat
Bir  martalik
Sutkalik

171
Klinik remissiya davrida va qoldiq siydik sindromi bo‘lganida
bolalarni ixtisoslashtirilgan sanatoriylarga yuborish mumkin.
Ehtiyotdan emlash ishlari (profilaktik vaksinatsiyalar) klinik-
laboratoriya jihatidan to‘la-to‘kis remissiya boshlanganidan bir yil
keyin o‘tkaziladi.
Glomerulonefritning  gematurik  shakli  bilan  og‘rib  o‘tgan
bolalar  klinik-laboratoriya  jihatidan  to‘la  remissiya  boshlangan
vaqtdan hisoblaganda 2 yil davomida dispanser kuzatuvi ostida turadi.
Kasallikning nefrotik va aralash shakli bilan og‘rigan bolalar
doimo dispanser kuzatuvi ostida bo‘ladi, lekin 15 yoshga to‘lganidan
keyin ularni terapevt kuzatuvi ostiga o‘tkaziladi.
Profilaktikasi. Diffuz glomerulonefritning oldini olishda bo-
lalarni yuqumli kasalliklar va anginadan asrash, karioz tishlar va
surunkali tonzillitni vaqtida davolash muhim ahamiyatga ega. Bo-
laga gigiyenik talablarga rioya qilishni o‘rgatish, uni chiniqtirish
kasallikning oldini olishda muhim o‘rin egallaydi.
12.2. Piyelonefrit
Piyelonefrit buyrak jomlari va interstitsial to‘qimasining mikroblar
tufayli yallig‘lanishi bilan xarakterlanadigan kasallik bo‘lib, buyrak
kasalliklari orasida eng ko‘p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Oraliq
to‘qimaning jarayonga qo‘shilib ketishi bu kasallikni qo‘zib turishga
moyil  qilib  qo‘yadigan  sabablarning  biridir.  Piyelonefrit  hamma
yoshdagi bolalarda ham uchrayveradi, ammo 3 yoshgacha bo‘lgan
bolalarda bu kasallik ko‘proq bo‘ladi, buni shu yoshdagi bolalarning
anatomofiziologik xususiyatlariga bog‘liq deb hisoblash kerak.
Yallig‘lanish  jarayonining  tarqaluvchanligiga,  xususan,  stafi-
lokokk infeksiyasining tarqaluvchanligiga go‘dak bolalarning moyil
bo‘lishi ham bir qadar ahamiyatga ega.
Hayotining  1-yilini  yashab  kelayotgan  o‘g‘il  bolalar  bilan  qiz
bolalarda piyelonefrit taxminan birdek uchraydi. Bolalar yoshi ulg‘ayib
borgan sayin bu kasallik qizlarda ko‘proq uchraydigan bo‘lib qoladi.
Etiologiyasi.  Piyelonefritning  asosiy  qo‘zg‘atuvchisi  ajratil-
magan. Lekin aksariyat hollarda ichak tayoqchasi, keyingi o‘rinlarda
stafilokokklar,  streptokokklar,  protey  va  boshqalar  ham  kasallik
qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib qolishlari mumkin.
Diqqat! Infeksiya buyrakga limfogen, gematogen va urunogen yo‘llar
bilan kiradi.
Klinikasi. Piyelonefritning klinik ko‘rinishlari bolalarning yoshiga
va bolaning kasallikdan oldingi umumiy ahvoliga bog‘liq. Kasallikning

172
asosiy  belgilari  leykotsituriya  va  bakteriuriya  bo‘lib,  ular  siydik
muntazam tekshirib borilganda aniqlanadi. Shuningdek, qorinda va
belda og‘riq bo‘lishi, siydikning tez-tez kelib turishi (2 yoshgacha
bo‘lgan bolalarda bo‘ladigan «ho‘l ishton» simptomi) yoki, aksin-
cha, hadeganda kelavermaydigan bo‘lib qolishi, kechalari siydik
tutolmaslik,  achishish  holatlari  bo‘lishi,  siyish  vaqtida  og‘riq
sezilishi, bolaning majburiy vaziyat olib turishi va har xil intoksi-
katsiya ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda umumiy intoksikatsiya
simptomlari, og‘riq sindromi, dizurik o‘zgarishlar aksari yaqqolroq
namoyon bo‘ladi, siydikda ko‘p miqdorda leykotsitlar va bakteriyalar
topiladi. Maktab yoshidagi bolalarda intoksikatsiya, ko‘pincha, aste-
niya (bo‘shashish, bosh og‘rishi, salga charchab qolish, ishtaha pasa-
yishi va boshq.) xarakterida namoyon bo‘ladi, siydikdagi o‘zgarishlar
arzimas darajada va notayin bo‘ladi, shuning uchun bularni topish
uchun maxsus tekshirish usullarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Asoratlari. Kasallikning o‘tkir shakli vaqtida va tegishlicha da-
volanmaganda surunkali kechishga o‘tib qolishi, uning oqibatida
buyraklarning bujmayishi, ikkilamchi va surunkali buyrak yetish-
movchiligi kabi asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Oqibati. Vaqtida davo choralari olib borilsa xayrli.
Hamshiralik  tashxislari.  Ishtahasizlik,  qorin  va  bel  sohasida
og‘riqlar, siydik tutolmaslik, tez-tez siyishlar, qovuq va siydik yo‘lida
achishishlar va boshqalar.
Qo‘shimcha  tekshiruvlar.  Buyraklarning  rentgenologik  tek-
shiruvi,  siydikning  umumiy  va  Addis-Kakovskiy,  Nechiðorenko
bo‘yicha tekshiruvi, qon umumiy tahlili va boshqalar.
Davolash va parvarish qilish. Piyelonefritning davosi kompleks
tarzda olib borilishi lozim. Bunda harakat faolligi va parhezning
ahamiyati nihoyatda katta.
Kasallikning o‘tkir davrida yengillashtiradigan qand-meva kun-
lari qo‘llanadi, keyin asta-sekinlik bilan sut-o‘simlik mahsulotla-
ridan  tayyorlangan  ovqatlarga  o‘tiladi.  Yallig‘lanish  jarayonlari
faolligi susayib, kasallikning ekstrarenal alomatlari yo‘qolib borgan
sari o‘rtacha avaylaydigan, tarkibida suyuqlik (1,5—2 litrgacha),
natriy va oqsil yetarli miqdorda bo‘lgan ovqat buyuriladi.
Qo‘shimcha miqdorda suyuqliklar (olma, nok, uzum sharbati,
bargak, na’matak qaynatmasi, klukva va brusnika morsi, ishqorli
mineral suvlar) kun davomida berib turilgani holda oqsilli oziq-
ovqat  mahsulotlarini  kunning  birinchi  yarmida  iste’mol  qilish

173
maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Sut,  kefir,  ryajenka,  asidofilin,
tvorog, qaymoq, chuchuk yumshoq pishloq, tuxum, yog‘siz mol
go‘shti, tovuq go‘shti, quyon go‘shti, sariyog‘ va o‘simlik yog‘i,
yormalar,  makaron,  sabzavot,  mevalar,  meva  sharbatlari,  mors,
ichimliklar, kompotlar, qand, tuz, choy, ko‘kat, kofe kabi masal-
liqlar bola ratsioniga kiritiladi.
Tuzlangan, qovurilgan o‘tkir taomlar, dudlangan masalliqlar,
go‘sht,  baliq,  qo‘ziqorindan  pishirilgan  quyuq  sho‘rvalar,  har  xil
ziravorlar,  shuningdek,  dukkaklilar,  gulkaram,  sholg‘om,  isma-
loq, shovul, ko‘k salat, piyoz, sarimsoq, selderey, tabiiy qahva,
kakao, javdar noni ovqat ratsionidan cheklanadi.
Parhez  davolashning  muhim  sharti,  siydikning  ravon  (3—4
soatda bir marta) oqib turishi va ichakning yaxshi ishlab turadigan
bo‘lishini  ta’minlashdir.
Antibiotiklarni buyurishda piyelonefritning klinikasi, jarayon-
ning faollik darajasi va mikrob florasining xarakterini hisobga olish
tavsiya etiladi.
Yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan dorivor o‘simliklar-
dan: qora qorag‘at, brusnika, oq qayin, qora archa mevalari, oddiy
qulmoq  g‘o‘ralari,  dala  qirqbo‘g‘ini  novdalarining  damlama  va
qaynatmalaridan  keng  foydalaniladi.  Ushbu  giyoh  va  mevalarni
qaynoq  suvga  30  daqiqa  davomida  damlab  qo‘yiladi  (qaynatib
yubormasdan) va 2—3 oy davomida ovqatdan yarim soat ilgari 2—3
osh qoshiqdan kuniga 3 mahaldan ichib turiladi.
Davolash statsionarda 1,5—2 oy uzluksiz davom etadigan bo‘lsa,
mikroblarga qarshi vositalarni har 10 kunda alishtirib turiladi.
Piyelonefrit  bilan  og‘rigan  bolalar  dispanser  kuzatuvi  ostida
bo‘lishlari kerak. Remissiya davrida ular 3 oyda 1 marta tekshirib
turiladi.  Siydikning  umumiy  tahlili  2  haftada  bir  marta,  Addis-
Kakovskiy bo‘yicha tahlil 3 oyda bir marta o‘tkazib turiladi.
Bunday bolalarni otorinolaringolog va stomatolog yiliga 2 marta
ko‘zdan kechirib turishlari kerak.
Kasallikning remissiya davrida bemorlarning sanatoriy-kurort-
larda davolanishi maqsadga muvofiqdir. Profilaktika maqsadidagi
emlash  ishlarini  remissiya  boshidan  hisoblaganda  2  yil  oralatib
turib o‘tkaziladi.
Piyelonefrit yashirin (latent) tarzda o‘tayotgan va qaytalanib
turadigan  bo‘lsa,  bolalar  dispanser  hisobidan  chiqarilmaydi.
Tug‘ma  nuqsonlar  bo‘lganda  operatsiya  yo‘li  bilan  davolash
masalasini hal qilish uchun urolog maslahatiga tayanish kerak.

174
Profilaktikasi.  Kasallikning  profilaktikasida  sanitar-gigiyenik
qoidalarga rioya qilish, bolalarni yuqori nafas yo‘llari infeksiya-
laridan asrash, ayniqsa, qiz bolalarni yuqori ko‘tariluvchi infek-
siyalardan ehtiyot qilish katta ahamiyatga ega.
12.3. Sistit
Sistit  siydik  pufagi  (qovuq)  shilliq  pardasining  yallig‘lanishi
bo‘lib, emizikli va yasli yoshidagi bolalarda ko‘proq uchraydigan
kasalliklar qatoriga kiradi. Chunki, aynan mana shu davrda bola
parvarishida nuqsonlar yuzaga keladi, bolalarning ho‘l o‘rinda ko‘p
vaqt qolib ketishlari, zax joylarda ko‘p o‘ynash hollari ortadi.
Etiologiyasi.  Bolalardagi  sistitlarning  kelib  chiqishida  turli
guruhlarga kiruvchi mikroblar — ichak tayoqchalari, stafilokokklar,
streptokokklar, protey yoki aralash mikroflora katta rol o‘ynaydi.
Mikroblar qovuqqa quyidagi yo‘llar bilan tushishi mumkin:
1. Buyraklardan — pastga yo‘naluvchi yo‘l bilan (ko‘proq buy-
raklarning sil bilan zararlanishida).
2.  Siydik  chiqarish  yo‘li  orqali  —  yuqoriga  ko‘tariluvchi  yo‘l
bilan (vulvit va vulvovaginit, balanopostit, fimoz, uretritlarda).
3.  Gematogen  (qon  orqali)  yo‘l  bilan  (tonzillit,  furunkuloz,
kariyeslarda).
4. Muloqot yo‘li bilan (kamdan kam hollarda).
Yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l aksariyat hollarda qizlarda kuza-
tiladi, chunki ularda siydik chiqarish yo‘llari keng va qisqa bo‘ladi.
Siydik pufagiga mikroblarning tushishiga qovuqni kateterlash va
sistoskopik tekshiruvlar o‘tkazish ham sabab bo‘lishi mumkin.
Sistitning rivojlanishiga imkon yaratuvchi omillar: sovqotish,
ko‘p  charchash,  siydik  chiqarish  yoki  ajralishining  buzilishlari.
Ostritsalar ham sistitlarning kelib chiqishida ahamiyatlidir.
Klinikasi.  Sistitlarning  o‘tkir  va  surunkali  turlari  farqlanadi.
O‘tkir  sistit  birdaniga,  aksariyat  hollarda  sovqotishdan  keyin
boshlanadi. Siydik ajralishida va qorinning pastki qovuq sohasida
og‘riqlar paydo bo‘lishi, bolaning kam-kam, lekin tez-tez siyishi,
ba’zida esa siydik tutolmaslik hollari kuzatiladi.
Bola bezovta bo‘lib uyqusi buziladi, tana harorati ko‘tarilishi
ham mumkin. Siydik loyqasimon, o‘tkir hidli, cho‘kmali bo‘ladi.
Ba’zida siydik bilan qon ajralishi mumkin.
Bunday  holatlar  2—3  kun  davom  etadi  va  davo  choralari
natijasida o‘tib ketadi.

175
Surunkali sistit hozirgi kunda deyarli uchramaydi.
Asoratlari. Sistit vaqtida davolanmasa yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l
bilan mikroblar buyraklargacha chiqishi va nefritga sabab bo‘lishi
mumkin.  Bundan  tashqari,  siydik  chiqarish  kanalining  torayib
qolishi, siydik tutolmaslik, siydik chiqarish kanalida toshlarning
paydo bo‘lishi kabi asoratlar rivojlanishi ham mumkin.
Oqibati. O‘tkir sistit vaqtida aniqlanib, tegishli davo choralari
olib  borilganda  asoratlarsiz  batamom  tuzalib  ketadi.  Surunkali
sistitning oqibati esa hamisha jiddiy.
Hamshiralik tashxislari. Kam-kam va tez-tez siydik ajralishi,
qovuq  sohasidagi  og‘riqlar,  og‘riqli  siyish,  tana  haroratining
ko‘tarilishi, uyqusizlik va hokazolar.
Qo‘shimcha  tekshiruvlar.  Siydikning  umumiy  tahlili,  sistos-
kopiya, siydik kanali va qizlarda qin surtmalarini tekshirish va boshq.
Davolash va parvarish qilish. O‘tkir sistit bilan og‘rigan bola-
larni davolashda yotish rejimi buyuriladi, og‘ir hollarda bola gospi-
talizatsiya qilinadi. Ko‘p miqdorda suyuqliklar (shakarli choy, glukoza
eritmasi, turli sharbatlar, siydik haydovchi damlamalar va boshq.)
tayinlanadi.  Ovqati  doimgidek,  lekin  o‘tkir  va  sho‘r  ziravorlar,
konservalar cheklanadi. Og‘riqlarni kamaytirish maqsadida bolani
iliq  vannalar  (isiriqli,  margansovkali,  moychechakli  va  boshq.)ga
o‘tirg‘izib qo‘yish yoki vannachalar qilish yaxshi naf beradi.
Og‘riqlar kuchli bo‘lganda og‘riq qoldiruvchilar (analgin, baral-
gin), spazmolitiklar (papaverin, no-shpa)dan foydalanish mumkin.
Mikroblarga  qarshi  kurashish  uchun  antibiotiklar  (ampitsillin,
ampioks va boshq.), sulfanilamid vositalar (biseptol, siðrolet va boshq.),
nitrofuran unumlari (furagin, furadonin, furazolidon va boshq.)dan
foydalaniladi. Ba’zi hollarda qovuqni turli dezinfeksion eritmalar
bilan yuvish, qovuqqa dori vositalarini kiritish ham yaxshi naf beradi.
Ba’zi  hollarda  qovuq  sohasiga  fizioterapevtik  muolajalar
o‘tkazish ham tavsiya etiladi.
Profilaktikasi. Sistitlarning oldini olishda bolalarni to‘g‘ri tarbiya-
lash, gigiyenik qoidalarga muntazam rioya qilish, ho‘l o‘rinlarda qolib
ketishiga va zax joylarda ko‘p o‘ynab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
13.  QON  VA  QON  YARATISH  A’ZOLARI  KASALLIKLARI
13.1. Anemiya
Anemiya — qondagi eritrotsitlar sonining kamayib, qonning hajm
birligida gemoglobin miqdori va bitta eritrotsitdagi o‘rtacha gemoglobin
miqdorining kamayib qolishi bilan xarakterlanadigan holatdir.

176
Etiologiyasi. Katta yoshdagi bolalarda anemiyaning kelib chiqi-
shiga  turli  sohalardan  qon  ketishi,  gelmintozlar  sabab  bo‘lishi
mumkin. Bundan tashqari, anemiya boshqa tizim hamda a’zolar
kasalliklari  —  leykoz,  nefrit,  jigarning  diffuz  zararlanishi,  infek-
siyalar, intoksikatsiyalar, irsiy kasalliklar va boshqalarning alomati
sifatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Go‘dak bolalarda (aksari 6—18
oylik) uchraydigan barcha anemiyalarning 90 % infeksion-alimentar
tabiatga ega. Buning sababi, emadigan bola qon yaratish apparati-
ning funksional jihatdan labil hamda juda nozik bo‘lishidir.
Go‘daklarda bo‘ladigan infeksion-alimentar anemiyalar, ko‘-
pincha, temir yetishmasligi sababli kelib chiqadi va shuning uchun
bunday  anemiyalar  temirdefitsitli  anemiyalar  deyiladi.
Bundan tashqari, keltirib chiqargan sabablarga asoslangan holda
kamqonlikning vitamin yoki oqsil yetishmasligidan kelib chiqqan
turi,  postgemorragik  (ko‘p  qon  yo‘qotish),  gemolitik  (qonning
parchalanishi), postinfeksion (yuqumli kasalliklardan so‘ng), gi-
ðoplastik  va  aplastik  (qon  ishlab  chiqarishning  pasayishi  yoki
batamom  yo‘qolishi)  turlari  ham  farqlanadi.  Anemiyalarning
postgemorragik,  gemolitik,  postinfeksion  va  giðoplastik  turlari,



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling