Pediatriyada hamshiralik ishi


Download 1.48 Mb.
Pdf просмотр
bet24/34
Sana15.12.2019
Hajmi1.48 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
boqish,  unga  kislorod,  dori-darmonlar  berish  ishlarini)  karkas
tagida bajarsa ham bo‘laveradi.

216
2.4. Kuvezlar va ulardan foydalanish
Kuvezlardan instruksiyaga muvofiq foy-
dalaniladi,  yopiq  tiðdagi  kuvezlar  oynali
tuynugi  va  shamollatish,  havoni  namlash
hamda kislorod bilan boyitib turish uchun
moslamasi bo‘lgan, har tomoni zich yopiq
metall g‘iloflardan iborat (45-rasm). Bolani
kuvezga yalang‘och qilib yotqizib qo‘yiladi.
Yopiq  kuvezlardagi  haroratni  rostlab  turish
qiyin  emas,  ular  zarur  narsalarning  ham-
masini: tegishli harorat, namlik, shamollatib
turishni ta’minlab beradi va havoni kislorod
bilan boyitib turadigan asbobi (kislorod do-
natori) bo‘ladi. Ularni sterillash oson.
Bolalar hamshirasi bolalar bo‘limida qanday tiðdagi kuvezlar
bo‘lsa, hammasining tuzilishini yaxshi bilishi va xavfsizlik texnikasi
bilan tanish bo‘lishi, asboblarning ko‘rsatishlarini, ayniqsa, bola-
ning ko‘zlari shikastlanmasligi uchun kislorod konsentratsiyasini
(30—40  %  dan  ortmaydigan  qilib)  kuzatib  borishi  kerak.  Bola
o‘zini qanday tutayotganini ham sinchiklab kuzatib borish talab
etiladi. Bola kuvezda yotadigan muddat 7—10 kun bilan cheklanadi.
Kuvezlardan  juda  chala  tug‘ilgan  bolalarni  parvarish  qilish
uchun  foydalaniladi;  tanasining  harorati  birmuncha  doimiy
bo‘ladigan bolalarni, ya’ni kamroq chala bo‘lib tug‘ilgan va kamroq
yetilmagan bolalarni kuvezlarda saqlash maqsadga muvofiq emas.
Bolaning  kuvezda  boshini  ko‘kragiga  bukmasdan,  bo‘ynini
to‘g‘ri  tutib,  chalqancha  yotishi  hammadan  qulay  holat  hisob-
lanadi, mana shunday holatda yotish normal diafragma ekskur-
siyalariga va birmuncha erkin nafas olishga yordam beradi.
2.5. Kalla ichi jarohatlanishida bolalarni parvarish qilish
Kalla  ichi  jarohatlari  bor  chaqaloqlarni  parvarish  qilish  va
davolash ishlarini quyidagi tartibda amalga oshirish tavsiya etiladi:
1. Bolani tamoman tinch qo‘yish. Har kungi tozalov va zaruriy
muolajalar u yotgan joyda — karavotcha yonida bajarilishi kerak.
2. Bolaning  bosh  tomonini  doimo  ko‘tarib  qo‘yish.  Buning
uchun  turli  xil  moslamalar  —  to‘shagining  bosh  tomoni  ostiga
yostiqcha yoki ikki buklangan yumshoq choyshab qo‘yiladi, yoki
kuvezga joylashtiriladi.
45-rasm. Kuvez.

217
3. Boshiga  sovuq  muzli  xaltacha  qo‘yish.  Dumaloq  rezina
idishning keng og‘zi ochilib muz bo‘lakchalari solinadi va tiqinini
yaxshilab burab berkitib, oqlikka o‘raladi va bolaning boshi tepasiga
unga tegmaydigan qilib osib qo‘yiladi.
4. Kislorodni imkon qadar ertaroq va uzoq vaqt berib borish.
Kalla ichi shikastlangan chaqaloqlarda ikkilamchi asfiksiyaning ol-
dini olish maqsadida birinchi kunlardanoq kuvezga yotqizish lo-
zim.  Kuvezda  optimal  sharoit  bo‘lishi  bilan  birga  bolani  doim
kuzatish  imkoni  bo‘ladi  va  ahvoli  og‘irlashib  qolgudek  bo‘lsa
(tirishish, sianoz), buni ham o‘z vaqtida payqash mumkin.
5. Chaqaloq ahvolining og‘ir, yengilligiga qarab ovqatlantirib
borish.  Bunday  bolalarni  birinchi  kunlari,  odatda,  zond  orqali,
keyin  shishachadan  ovqatlantiriladi  va  faqat  umumiy  ahvoli
yaxshilangach, ko‘krak bera boshlash mumkin, buni albatta tibbiyot
hamshirasi nazoratida amalga oshirish lozim.
6. Uyqusini uzaytirish va chuqurroq uxlatishga erishish. Kalla
ichi jarohatlangan bolaga iloji boricha og‘riqli muolajalarni cheklash
kerak. Shu maqsadda dori pereparatlarni ovqatlantirish payti zond
orqali  yuborgan  yoki  qoshiqcha  bilan  ichirgan  ma’qul.  Dori
vositalaridan fenobarbital, dimedrol yoki bromidlar buyuriladi.
7. Bolada talvasa va tirishish paydo bo‘lib qolgan paytlarda mu-
shak orasiga: magniy sulfatning 25 % li eritmasi, aminazinning
2,5  %  li  eritmasi,  dimedrolning  1  %  li  eritmasi,  droperidol  va
natriy oksibutirat eritmalaridan bolaning yoshiga qarab yuboriladi.
Mazkur  preparatlarni  yuborishda  ularning  dozasiga  (miqdoriga)
qat’iy  rioya  qilinadi,  chunki  ularning  dozasini  oshirib  yuborish
juda xavfli. Chunonchi, magniy sulfat katta dozada nafas markazini
tormozlaydi, aminazin esa kollaps holatiga tushirib qo‘yadi.
3.  ANTROPOMETRIK  O‘LCHOVLARNI  O‘TKAZISHGA
DOIR  AMALIY  KO‘NIKMALAR
Antropometriya — bolaning jismoniy rivojlanganligini tanasini
o‘lchash yo‘li bilan aniqlashdir. Hamshira bo‘y va ko‘krak aylanasini
o‘lchaydi. Eng oddiy antropometrik tekshirishlarni ham tibbiyot
hamshiralari  (statsionar,  poliklinika,  sanatoriy,  dam  olish  uyla-
rida)  o‘tkazadilar.
3.1. Bolaning bo‘yini o‘lchash
1. Qo‘llar  yuvib,  quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: bo‘y o‘lchagich, xlorli ohakning 1 % li
eritmasi, 96 % li spirt.

218
3. Bolaga oyoq kiyimini yechish taklif qilinadi.
4. Bo‘y o‘lchagichning plankasi shkala bo‘yicha yuqoriga ko‘tariladi.
5. Bolani  4  nuqtasi  (tovonlari,  dumbalari,  kuraklari,  ensasi)
bilan tegadigan qilib qo‘yiladi.
6. Plankani ohista bemor boshigacha tushiriladi va shkalada
belgi qoldiriladi.
7. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.
8. Bo‘y o‘lchagichga ishlov beriladi.
Yoshiga  yetmagan  bolalar
uchun  gorizontal  rostometr
(bo‘y  o‘lchagich)  qo‘llaniladi.
Bola  boshi  rostometrning  bosh
tomoniga zich taqalib turadigan
qilib yotqiziladi, bolaning boshini
onasi  yoki  xodimlardan  biror
kishi  shu  holda  ushlab  turadi.
Tibbiyot  hamshirasi  bolaning
tizzalariga ohista bosib, oyoqlarini
rostlaydi  va  shu  vaqtda  surma
taglikni  oyoq  panjasiga  surib
keladi.  Rostometrning  shu  tagligi  bilan  bosh  tomoni  orasidagi
masofa  bolaning  bo‘yini  ko‘rsatib  beradi  (biriktirib  qo‘yilgan
santimetr lentasiga qarab aniqlanadi, 46-rasm).
3.2. Tana og‘irligini o‘lchash
1. Qo‘llar  yuvib,  quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: tarozi, xlorli ohakning 1% li eritmasi,
96 % li spirt.
3. Tarozidagi ilgak ochib qo‘yiladi.
4. Tarozi sozlanadi.
5. Bolaga tarozi maydonchasi o‘r-
tasiga turish taklif qilinadi.
6. Tarozi sozlanadi.
7. Olingan natija kasallik tarixiga
yozib qo‘yiladi.
8.  Tarozi  maydonchasiga  ishlov
beriladi.
Go‘dak  bolalarni  maxsus  bolalar
tarozisida, yaxshisi, emizishdan avvalgi
ertalabki soatlarda tortiladi (47-rasm).
46-rasm. Bolaning bo‘yini o‘lchash:
a — gorizontal, b — vertikal
bo‘y o‘lchagichda.
47-rasm. Bolaning vaznini aniqlash:
a — gorizontal (pallali),
b — tibbiy tarozida.
=
>
a
b

219
Bolani tortilayotgan mahalda tagiga iliq yo‘rgak solish, tarozining
pallasini har kuni sovunlab yuvib qo‘yish va tarozining holati hamda
ko‘rsatishlarining to‘g‘riligini sinchiklab kuzatib borish kerak.
3.3. Ko‘krak aylanasini o‘lchash
1. Qo‘llar  yuvib,  quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: santimetrli lenta, xlorli ohakning 1 % li
eritmasi, 96 % li spirt.
3. Bolaga ust kiyimini yechish taklif qilinadi.
4. Santimetrli  lentani  olib  orqadan  kurak  suyaklari  ostidan,
oldindan ko‘krak bezining so‘rg‘ichlari orqali aylantiriladi.
5. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.
6. Santimetrli lentaga ishlov beriladi (48-rasm).
3.4. Bosh aylanasini o‘lchash
1. Qo‘llar  yuvib,  quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: santimetrli
lenta, xlorli ohakning 1 % li eritmasi,
96 % li spirt.
3. Bolaning bosh kiyimi yechiladi.
4. Santimetrli lenta bilan bola bosh
aylanasi  o‘lchanadi:  orqadan  ensa
do‘ngliklari, oldindan qosh usti do‘ng-
liklari qamrab olinadi (49-rasm).
5. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi.
6. Santimetrli lentaga ishlov beriladi.
3.5. O‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash
1. Qo‘llar  yuvib,  quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: spirometr, 96 % li spirt.
49-rasm. Bosh aylanasini
o‘lchash.
48-rasm. Ko‘krak aylanasini o‘lchash:
a — katta yoshli, b — emizikli bolalarda.
=
>

220
3. Spirometr mundshtugiga 96 %
li spirt eritmasi bilan ishlov beriladi.
4. Bolaga chuqur nafas olishdan
keyin nafasni spirometrga chiqarish
taklif qilinadi.
5.  Spirometr  ko‘rsatkichi  qayd
qilinadi  va  kasallik  tarixiga  yozib
qo‘yiladi.
6. Spirometr mundshtugiga 96 %
li spirt eritmasi bilan ishlov beriladi
(50-rasm).
3.6. Mushak kuchini o‘lchash
Mushak kuchi dinamometr asbobida, ko‘pincha, katta yoshdagi
bolalarda qo‘l va oyoqlarda alohida o‘lchanadi (51-rasm).
4.  BOLALARNI  OVQATLANTIRISHGA  OID
AMALIY  KO‘NIKMALAR
Qaysi  usul  bilan  ovqatlantirish  bolani  yutish  va  so‘rish  ref-
leksining qanchalik yuzaga chiqqanligiga, shuningdek, uning ah-
voliga bog‘liq. Yutish refleksi yo‘q bo‘lgan yoki shishachadan ov-
qatlantirilayotganda nafasi to‘xtab qoladigan chala tug‘ilgan bola-
larni faqat zond orqali ovqatlantiriladi.
4.1. Zond orqali ovqatlantirish qoidasi va texnikasi
Chaqaloqlarni zond bilan ovqatlantirishda quyidagi qoidalarga
amal qilish lozim:
1. Me’daga kiritiladigan zondning uzunligi bolaning qansha-
ridan  to  to‘sh  suyagi  xanjarsimon  o‘simtasining  uchigacha  o‘l-
chanib belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak (taxminan 10—12 sm).
50-rasm. O‘pkaning tiriklik
sig‘imini  aniqlash.
a
51-rasm. Dinamometrlar:
a — oyoqlar, b — qo‘llar uchun.
b

221
2. Zond  kiritishdan  oldin  zondning  o‘zini,  rezina  naychani,
quygich  (voronka)ni  qaynatib,  sterillanadi.
3. Zond  sistemasi  me’daga  havo  tushishining  oldini  olish
maqsadida oldindan sut bilan to‘ldirib olinadi.
4. Zondning  dastlabki  uchdan  bir  qismiga  steril  glitserin  yoki
vazelin moyi surtilib, bola tilining o‘rta chizig‘i bo‘ylab aniqlab qo‘yilgan
belgigacha kiritiladi. Zondni kiritayotganda sut oqib ketmasligi uchun
barmoqlar yoki metall qisqich bilan qisib turish kerak bo‘ladi.
5. Zondni belgilangan joygacha kiritib bo‘lgach, uning to‘g‘ri
kiritilganligiga ishonch hosil qilish uchun biroz kutiladi. Bordi-
yu,  zond  qizilo‘ngachda  yoki  me’dada  turgan  bo‘lsa,  bolaning
ahvoli qoniqarlicha turaveradi, u bezovta bo‘lmaydi. Zond kekirdakka
tushib  qolgan  taqdirda,  bola  ko‘karib  ketadi,  yo‘tala  boshlaydi,
zo‘riqadi. Bunday hollarda zond zudlik bilan tortib olinadi va bolaga
kislorod beriladi.
6. Faqat zondning me’dada turganligiga ishonch hosil qilingan-
dagina qisqichni ochib, me’daga sut quyila boshlanadi. Bola qusib
yuborishining oldini olish maqsadida sutni oqim bilan emas, tom-
chilab kiritgan ma’qul, shuning uchun quygich o‘rniga shprisdan
foydalanish tavsiya etilmaydi.
Bolani zond orqali ovqatlantirishda ikki usuldan foydalanish
mumkin:
1. Bir martalik, bunda zond bolani faqat bir marta ovqatlan-
tirish uchungina kiritiladi.
2. Ko‘p martalik yoki doimiy, bunda zond me’daga kiritilgach,
2—3 kun davomida qaytib olinmaydi va bolani bir necha marta
ovqatlantirish  imkoniyati  tug‘iladi.
Doimiy  zond  orqali  ovqatlantirishning  afzalliklari  shundan
iboratki, bunda sut me’daga tomchilab kiritiladi, bu bolaning qayt
qilib yuborishi va qusishining oldini oladi, shuningdek, u orqali
dori moddalar va glukozani ham kiritish mumkin bo‘ladi.
Doimiy zond diametrining kichikligidan uni burun yo‘llari orqali
kiritilsa ham bo‘ladi. Shunday qilinganda vaqti-vaqti bilan bolada so‘rish
reflekslari paydo bo‘lyaptimi-yo‘qmi tekshirib turish imkoni tug‘iladi.
Doimiy  zondning  tashqi  teshigi  havo  kirmaydigan  qilib  mahkam
berkitiladi va bolaning yuziga leykoplastir bilan yopishtirib qo‘yiladi.
4.2. Qoshiqcha bilan ovqatlantirish
Qoshiqchadan ovqatlantirish ko‘p sabr-toqat va chidamni talab
qiladi. Bu usul bolada yutish refleksi mavjud, lekin so‘rish refleksi

222
sust bo‘lganda qo‘llaniladi. Biroq bolaga ko‘krak berilsa-yu, ammo
u nimjonligidan o‘ziga kerakli me’yordagi sutni emib ololmasa,
qoshiqchadan ovqatlantiriladi. Bunda bolani sog‘ib olingan sut bilan
qoshiqchadan (so‘rg‘ichga o‘rganib qolmasligi uchun) qo‘shimcha
ovqatlantiriladi.
Chala tug‘ilgan bolani qoshiqchada ovqatlantirilganda uni qo‘lda
tutib turish va sutni ehtiyotkorlik bilan oz-ozdan og‘izga quyish
lozim.  Bunda  shoshmashosharlik  qilish  yaramaydi,  navbatdagi
qoshiqchadagi  sutni  bola  oldingisini  yutib  bo‘lgach  quyiladi.
Ovqatlantirib bo‘lgandan keyin hamshira bola sutning hammasini
yutib bo‘ldimi-yo‘qmi og‘ziga qarab nazorat qilib qo‘yishi lozim.
Bolaning og‘zida sut qolib ketishi xavfli, chunki u bolaning nafas
yo‘liga  ketib  qolishi  va  ikkilamchi  asfiksiya  xuruj  qilishiga  va
aspiratsion zotiljamga sabab bo‘lishi mumkin.
4.3. Chaqaloqni shishachadan ovqatlantirish
Sun’iy ovqatlantirishga o‘tkazilgan va chala tug‘ilgan bolalarni
shishachadan  ovqatlantirish  ancha  oddiy  usul  bo‘lsa  ham,  bir
qator qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi:
1. Har  qaysi  bola  har  gal  ovqatlantirilganda  alohida,  steril
shishacha va so‘rg‘ichdan foydalaniladi.
2. Sut shishachadan bir me’yorda (tez ham emas, sekin ham
emas)  oqib  chiqishi  kerak,  buning  uchun  so‘rg‘ich  uchi  qizdi-
rilgan igna bilan teshiladi. Shuni yodda saqlash lozimki, so‘rg‘ich
ko‘p qaynatilavergandan so‘ng cho‘zilib bo‘shashib ketadi va teshigi
kattalashib  qoladi,  shuning  uchun  so‘rg‘ichni  vaqti-vaqti  bilan
yangisiga almashtirib turish kerak.
3. So‘rg‘ichni  bolaga  tutganda  shishachani  shunday  ushlash
kerakki,  uning  bo‘g‘zi  sut  bilan  butunlay  to‘lib  tursin,  bu  bola
me’dasiga havo tushib qolishining oldini oladi (52-rasm).
4.  Ovqatlantirayotganda  shoshqa-
loqlik  qilish  va  so‘rg‘ichni  tezroq  bo‘-
shay qolsin, deb qisish yaramaydi.
5. So‘rg‘ichni berib qo‘yib bolani yol-
g‘iz qoldirish mumkin emas.
6. Bolani ovqatlantirib bo‘lgach, shi-
shacha va so‘rg‘ichni suv oqimida yuvib,
so‘ng  qaynatib  sterillanadi  va  belgilab
qo‘yilgan alohida idishda saqlanadi.
52-rasm. Chaqaloqni
shishachadan  ovqatlantirish.

223
4.4. Shisha idishlarni tozalash
Sut, kefir, to‘yimli aralashmalar uchun mo‘ljallangan shisha
idishlar maxsus ishlovdan o‘tkazilishi kerak. Oldin idishlar 1 % li
soda solingan iliq suvga kamida 2 soat solib qo‘yiladi. Keyin cho‘tka
bilan yuviladi, yana bir marta oqib turgan suvda chayib, maxsus
idish (bak, kastrulka)ga solinadi, issiq suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi.
Keyin  ularni  olib,  suvi  oqib  ketishi  (qurishi)  uchun  maxsus  joyga
qo‘yiladi. Shisha idishlarni duxovkali shkafda 120—150 °C  haroratda
40—50 daqiqa davomida sterillash ham mumkin.
4.5. Chaqaloqlarni tomizg‘ich (piðetka) bilan ovqatlantirish
Tomizg‘ich  yordamida  chaqaloqlarni  ovqatlantirish  keyingi
paytlarda  deyarli  qo‘llanmaydi.  Juda  zarur  bo‘lgan  hollardagina
(zondni kiritishga moneliklar bo‘lganda) qisqa muddatga qo‘lla-
nilishi mumkin. Sutni burunga tomizishga hozir umuman ruxsat
etilmaydi, chunki bunday qilinganda ancha chala tug‘ilgan bola-
larda u burundan nafas olishni izdan chiqaradi.
4.6. Emizikli bolalarga bir martalik va sutkalik
sut miqdorini hisoblash
Chaqaloqlik  davrida  bir  martalik  va  sutkalik  sut  miqdorini
hisoblash haqida darslikning nazariy qismida ma’lumot berilgan
edi.  Chaqaloqlik  davri  tugagach,  shuningdek,  aralash  va  sun’iy
boqiladigan bolalarga sut miqdori quyidagicha hisoblanadi:
1. Shkarin  bo‘yicha:
Ss = 800 ml — (50 × n), n — haftalar soni (8 haftagacha).
Ss = 800 ml + (50 × n), n — oylar soni (2 oylikdan so‘ng).
2. Sig‘imli usul bo‘yicha:
6 haftagacha vaznning — 1/5
6 haftadan 4 oylikgacha vaznning — 1/6
4 oydan 6 oygacha vaznning — 1/7
6 oydan 9 oygacha vaznning — 1/8
9 oydan keyin vaznning 1/9 hissasi miqdorida sut beriladi.
3. Kaloriyali  usul:
Bola hayotining 1-kvartalida — 125—130 kkal/kg
Bola hayotining 2-kvartalida — 120—125 kkal/kg
Bola hayotining 3-kvartalida — 115—120 kkal/kg
Bola hayotining 4-kvartalida — 110—115 kkal/kg

224
Yuqoridagi usullar bilan hisoblab chiqilganda bola uchun kerakli
sutkalik miqdor aniqlanadi. Bolaga kerakli bir martalik sut miq-
dorini topish uchun sutkalik miqdor bolaning o‘sha vaqtdagi emi-
zishlar soniga bo‘linadi.
4.7. Ovqatni isitish
Aralash va sun’iy ovqatlantirishni to‘g‘ri olib borishda quyidagi
shartlarga juda puxta amal qilish kerak: bola uxlab yotganda yoki
yig‘lab turganida ovqatlantirilmaydi, shuningdek, ovqat 36—37 °C
gacha isitilgan bo‘lishi lozim.
Ovqatni isitish uchun u shisha idishi bilan ovqatlantirishdan
oldin qaynoq suv quyilgan idishga solinadi. Ovqatning sovuq yoki
issiq ekani albatta tekshirib ko‘rilishi kerak.
4.8. Nazorat o‘lchash texnikasi
Bu  bolaning  ona  ko‘kragidan  qancha  miqdorda  sut  emib
olayotganligini  aniqlash  maqsadida,  emizishdan  oldin  va  emizib
bo‘lgandan keyin uni tarozida tortib ko‘rish amali hisoblanadi. Tortib
ko‘rishdan oldin tibbiy tarozini ko‘zdan kechirib to‘g‘rilab qo‘yish
va bolani taglik bilan yo‘rgaklash lozim, shunday qilinganda bola
siyib qo‘yganida uning oldingi massasi (vazni) o‘zgarmay qoladi.
Yo‘rgaklab olingan bolani emizishdan oldin va emizib bo‘lgandan
keyin shu zahotiyoq tortish kerak. Vazndagi farq uning qancha sut
emganligini ko‘rsatadi. Shundan keyin emgan sut miqdori yoshiga
loyiq me’yoriga qiyoslab ko‘riladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
4.9. Bola ovqatlarini tayyorlash usullari
Sutli aralashmalar. 2, 3-sonli, B va V aralashmalar eng ko‘p
ishlatiladi. Tegishli aralashmaga kiradigan mahsulotlar nisbati
9-jadvalda keltirilgan.
9-jadval
 Sutli aralashmalardagi oziq mahsulotlar miqdori (gramm)
q
i
z
O
i
r
a
lt
o
l
u
s
h
a
m
2
¹
a
m
h
s
a
l
a
r
a
3
¹
a
m
h
s
a
l
a
r
a
a
m
h
s
a
l
a
r
a
Â
a
m
h
s
a
l
a
r
a
V
t
u
S
0
5
5
6
0
5
v
u
S
5
4
0
3
—
—
i
s
a
m
t
a
n
y
a
q
a
m
r
o
Y
—
—
5
4
0
3
r
a
k
a
h
s
il
%
0
0
1
i
m
o
y
i
q
5
5
5
5

225
Aralashma shunday tayyorlanadi: toza shisha idishga sut, ustiga
qaynatma (yoki suv) va shakar qiyomi quyiladi. Idish og‘zi yopiladi
va sovitiladi.
Nordon aralashmalarda sut o‘rniga kefir ishlatiladi.
Kefir. U kefir zamburug‘laridan olingan tomizg‘i yordamida ivitiladi.
Kefir quyidagicha tayyorlanadi. Sterillangan shisha idishga 24 °C
gacha  sovitilgan  pasterizatsiya  qilingan  yoki  qaynatilgan  sut
quyiladi, ustiga 5 % li shakar qiyomi va tomizg‘i qo‘shiladi (bitta
shishaga 10 ml tomizg‘i). Shisha idishning og‘zini yopib, chayqatiladi
va 18—20 °C haroratli xonaga 10—12 soatga qo‘yiladi. Ivigandan
keyin  kefir  sovitgichga  yoki  ancha  salqinroq  joyga  (3—12 °C
gacha) qo‘yiladi. Kefir tayyorlanganda idish iloji boricha kunduzgi
yorug‘ tegmaydigan joyga qo‘yiladi, chunki yorug‘lik vitaminlarni
yo‘q qilib yuboradi. Bir kunlik kefir tomizg‘i solingandan keyin
bir sutkada tayyor bo‘ladi. Chaqaloqlarga ikki kunlik kefir berish
tavsiya etiladi, iloji bo‘lsa, kefirni 3—10 °C gacha haroratda saqlash
kerak. Agar kefir xona haroratida saqlansa yoki bolaning ichi qotib
turadigan bo‘lsa, u holda bir kunlik kefir berish kerak. Kefirning
nordonligi  65—90°  (Terner  bo‘yicha)  bo‘lgani  ma’qul.  Bir
haftadan keyin tomizg‘ini yangilash kerak.
Kefirdan tomizg‘i qilib kefir ivitsa ham bo‘ladi: har shisha idishga
qaynatib, 20—24 °C gacha sovitilgan sut va 2 osh qoshiq sutkalik
kefir solinadi. Shisha idishlar og‘zini yaxshilab yopib, xona haro-
ratida (qishda — 24 soat, yozda — 10—14 soat) qo‘yib qo‘yiladi,
keyin sovuq joyga qo‘yiladi, shundan so‘ng kefir tayyor bo‘ladi.
B  yoki  V  kefir  tayyorlash  uchun  yorma  qaynatmasini  shakar
qiyomi bilan aralashtirib, kefir solingan shisha idishga (tegishli nis-
batlarda) quyiladi. Uyda uni bolaga bevosita berish oldidan tayyorlanadi.
Tvorog. Tvorog sutdan tayyorlanadi, sutni qaynatgandan yoki
pasterizatsiya qilgandan keyin 24 °C gacha sovitiladi va 1 litr sutga
50 ml hisobida (5 %) kefir yoki qatiqdan tomizg‘i solib ivitiladi.
Sut yaxshilab aralashtiriladi, ustini yopib, harorati 16—18 °C bo‘l-
gan xonaga 10—12 soatga qo‘yiladi. Sut ivigandan keyin past olovga
qo‘yiladi. Sal-sal aralashtirib turib, 70 °C gacha isitiladi va shu
haroratda vaqti-vaqti bilan past olovga 30 daqiqa davomida qo‘yib
turiladi, keyin sovitiladi va zardobini oqizib yuborish uchun elakka
solinadi. 6 litr sutdan 1 kg tvorog chiqadi.
Kartoshka pyuresi. Kartoshka yaxshilab yuviladi va vitaminlari
hamda tuzlari yaxshi saqlanib qolishi uchun archmasdan qayna-
tiladi.  Keyin  po‘stini  archib,  qaynoqligicha  elakdan  o‘tkaziladi.

226
Kastrulkaga solingan kartoshkaga tuz qo‘shib, ezib turgan holda
ustiga qaynoq sut quyiladi. Kartoshkani ezishda davom etib, qay-
nab chiqqach sariyog‘ qo‘shiladi.
10  %  li  manniy  bo‘tqasi  yog‘i  olinmagan  sutda  pishiriladi.
Yorma — 20 g, sut — 200 g, shakar qiyomi — 10 g, sariyog‘ — 5 g.
Qaynab turgan sutga manniy yormasi solinadi va 15—20 da-
qiqa davomida eziltirib pishiriladi. Tayyor bo‘tqaga sariyog‘ soli-
nadi,  shakar  qiyomi,  tuz  qo‘shiladi.
5.  BOLALARNI  CHINIQTIRISHGA  DOIR  AMALIY
KO‘NIKMALAR
5.1. Chiniqtirish va uning asosiy qoidalari
Bolalar salomatligini mustahkamlashning eng muhim usullari-
dan biri chiniqtirish bo‘lib, uni atrof-muhitning zararli ta’sirlariga
organizm chidamini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Chi-
niqtirish  mashg‘ulotga  asoslanadi.  Bordi-yu,  bolaning  organiz-
miga  qandaydir  jismoniy  omil  bilan  oldiniga  qisqa-qisqa,  keyin
ko‘proq  va  uzoq  vaqt  muntazam  ta’sir  qilib  borilsa,  u  holda
organizm o‘zining himoya reaksiyalarini takomillashtirib mazkur
omilga nisbatan chidamli bo‘lib qoladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling