Pediatriyada hamshiralik ishi


Download 1.48 Mb.
Pdf просмотр
bet9/34
Sana15.12.2019
Hajmi1.48 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
joylashuv va boshq.).
4. Ona  qornida  homilaning  turli  kasalliklarga  yo‘liqishi
(yurak tug‘ma nuqsonlari, sepsis, toksoplazmoz, listerioz va
boshq.).
5. Chaqaloq yuqori nafas yo‘llarining turli sabablarga ko‘ra qis-
man yoki batamom bekilib qolishi (qog‘onoq suvlari va shilim-
shiqlar  bilan  aspiratsiyalanish,  yuqori  nafas  yo‘llarining  nuq-
sonlari).
6. Chaqaloqning  tug‘uruq  yo‘llarida  uzoq  vaqt  qolib  ketish
hollari (tug‘uruq kuchlarining susayib qolishi, chaqaloq o‘lchov-
larining tug‘uruq yo‘llariga to‘g‘ri kelmay qolishi va boshq.).
Klinikasi. Chaqaloqlar asfiksiyasi ikkiga — birlamchi (ona qor-
nida boshlangan) va ikkilamchi (ona qornidan tashqarida bosh-
langan yoki orttirilgan) asfiksiyalarga bo‘linadi.
Chaqaloq birlamchi asfiksiyasining esa ikki shakli tafovut eti-
ladi — ko‘k asfiksiya bilan oq (yoki oqish) asfiksiya.
Ko‘k asfiksiyada bola badani terisi ko‘m-ko‘k ko‘kargan, ref-
lekslar saqlangan, lekin susayib qolgan, mushaklar tonusi deyarli
qoniqarli,  yurak  urishlari  tezlashgan,  lekin  yurak  tonlari  aniq-
ravshan eshitiladigan bo‘ladi. Nafas siyrak, yuza, ba’zida esa ahyon-
ahyonda nafas olish harakatlari kuzatilishi mumkin. Kindik tur-
gori va pulsatsiyasi ko‘pchilik hollarda saqlangan bo‘ladi. Apgar
shkalasi bo‘yicha chaqaloq holati 5—6 ball bilan baholanadi.

84
Ko‘k asfiksiyaning ikki xil darajasi farq qilinadi: yengil va og‘ir
asfiksiya. Yengil asfiksiyada chaqaloq badani terisining ko‘ka-
rishi,  yurak  urishlarining  sekinlashuvi  va  nafas  yuzaligi  keskin
ifodalangan bo‘lmaydi. Yengil darajadagi ko‘k asfiksiya hech qan-
day davo choralarisiz tez o‘tib ketadi.
Ko‘k asfiksiyaning og‘ir darajasida bolaning terisi juda ko‘kar-
gan,  yurak  urishlari  anchagina  yoki  keskin  sekinlashgan,  yurak
tonlari  bo‘g‘iqlashgan,  ammo  ritmik  bo‘ladi.  Nafas  markazi
faoliyatining susayib qolishi yoki bola tug‘ilishi jarayonida, yoki
birinchi  bor  nafas  olganida  nafas  yo‘llariga  qog‘onoq  suvlari,
shilimshiq  tiqilib  qolgani  tufayli  chaqaloq  nafas  olmay  yotadi.
Asfiksiyaning bu darajasida chaqaloqni jonlantirishning u yoki bu
usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Oq yoki oqish asfiksiyada chaqaloq nafas olmay yotadi, badan
terisi oppoq oqargan, shilliq pardalari ko‘karib ketgan, yurak urishi
keskin sekinlashgan, ba’zida aritmik, yurak tonlari esa bo‘g‘iq bo‘-
ladi. Mushak tonusi o‘ta pasaygan yoki yo‘q darajada va reflekslar
keskin  susayib  ketgan  yoki  umuman  chaqirilmaydi.  Kindik
puchayib,  pulsatsiyasi  aniqlanmaydi.  Apgar  shkalasi  bo‘yicha
chaqaloq  holati  1—4  ball  bilan  baholanadi.  Demak,  chaqaloq
birlamchi asfiksiyasining asosiy belgisi uning nafas olmay turishi
yoki nafasining keskin izdan chiqishi hisoblanadi.
Diagnostikasi. Chaqaloqning ahvoliga baho berish uchun ho-
zirgi vaqtda Apgar shkalasidan foydalaniladi, chunki u ancha aniq
va qulay.
Asfiksiyaga diagnoz qo‘yishda nafaqat asfiksiya turi (ko‘k, oq)
bilan og‘irlik darajasini, balki kalla ichiga qon quyilgan bo‘lishi
ehtimol deb, uning belgilarini aniqlab olishga ham ahamiyat berish
zarur. Kalla ichiga qon quyilishi asfiksiya oqibati yoki ko‘pincha
asfiksiya bilan birga davom etadigan tug‘uruq jarohatining oqibati
bo‘lishi  mumkin.  Ko‘k  asfiksiya  holatida  tug‘ilgan  chaqaloqni
jonlantirishda asfiksiya hadeganda barham topavermaydigan bo‘lsa,
bu aksari kalla ichiga qon quyilganidan darak beradi.
Davolash va hamshiraning vazifalari. Chaqaloqlar asfiksiya-
sida birinchi yordam ko‘rsatish va davolash ishlari aksariyat hol-
larda o‘rta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatiladi. Shularni hi-
sobga olgan holda hamshira chaqaloqni jonlantirish, davolash va
parvarish  qilish  bo‘yicha  barcha  amallarni  aniq  va  to‘la-to‘kis
egallagan bo‘lishi lozim. Chaqaloqqa tug‘ilish jarayonidayoq yor-
dam berish tadbirlari boshlanishi kerak.

85
1. Yuqori  nafas  yo‘llaridan  qog‘onoq  suvlari  va  shilimshiq-
larni rezina noksimon balloncha yoki elektr so‘rg‘ichlar yordamida
so‘rib tashlanadi va mustaqil nafasni tiklashga harakat qilinadi.
2. Asfiksiyaning yengil darajalarida chaqaloqqa namlangan kis-
lorod beriladi.
3. Og‘ir asfiksiya holatlarida chaqaloqqa og‘izdan og‘izga
yoki og‘izdan burunga hamda apparatlar yordamida sun’iy na-
fas berishga harakat qilinadi (DP-5, RDA-1, «Vita-1» appa-
ratlari).
4. Hozirgi  zamon  usullaridan  giðerbarik  (bosim  ostidagi)
oksigenatsiya va kranioserebral giðotermiya (bosh miyani sovitish)
qo‘llaniladi.
5. Kindik venasidan glukozaning 20 % li eritmasi (5 ml/kg),
50—100  mg  askorbin  kislota,  25—50  mg  kokarboksilaza,  1—2
mg/kg miqdorda prednizolon, kalsiy glukonatning 10 % li erit-
masidan 0, 5—1,0 ml/kg, natriy gidrokarbonatning 4 % li eritma-
sidan 4—5 ml/kg miqdorida yuboriladi.
Diqqat!  Kindik tizimchasida ish bajarilayotganda aseptika va antisep-
tika qoidalariga qat’iy rioya qilishni unutmang.
6. Bosh  miya  shishishining  oldini  olish  maqsadida  albumin-
ning 10 % li eritmasi, 1 % li mannit yoki quruq plazma eritilgan
holda quyiladi.
7. Talvasaga moyillik aniqlanganda 20 % li GOMK, seduksen,
droperidol eritmalari shifokor ko‘rsatmalariga binoan kindik vena-
sidan yoki mushak orasiga yuboriladi.
Chaqaloqda klinik o‘lim holati aniqlanganda quyidagi jonlan-
tirish  usullaridan  foydalaniladi:
I. Legenchenko usuli.
1. Chaqaloq onasining oyoqlari orasiga qo‘yilgan tog‘oradagi
qaynatilgan 38—40 °C haroratli suvga (kindik kesilmagan holda)
boshigacha tushiriladi.
2. Yuqori nafas yo‘llaridan qog‘onoq suvlari va shilimshiqlar
tozalanadi.
3. Onasiga toza kislorod berib turiladi.
4. Reflekslar  saqlangan  bo‘lsa  chaqaloqni  vannadan  biroz
ko‘tarib uning ko‘krak qafasiga ozroq miqdorda sovuq suv sepi-
ladi,  bu  nafas  markazining  reflektor  ravishda  ta’sirlanishiga  va
chaqaloqning asfiksiya holatidan chiqishiga olib keladi.
II. Persianinov usuli.

86
1. Yuqori nafas yo‘llari yot massalardan tozalanadi.
2. Chaqaloqning  kindik  arteriyasidan  (kindik  halqasidan
6—8 sm qochirib) 3 ml miqdorda 10 % li kalsiy xlorid eritmasi
bo‘lib-bo‘lib  yoki  zarbsimon  usulda  yuboriladi.  Ta’sir  kuzatil-
ganda bola nafas oladi va yig‘lay boshlaydi.
3. Natija kuzatilmagan holda o‘sha ignadan, boshqa shprisga
oldindan tayyorlab qo‘yilgan 100—150 mg askorbin kislota qo‘-
shilgan 40 % li glukoza eritmasidan 5—7 ml miqdorda yuboriladi.
4. Bola  onasidan  ajratilgach,  kindik  venasidan  natriy  gidro-
karbonat  va  kokarboksilaza,  glukoza,  prednizolon  va  askorbin
kislota, kalsiy glukonat eritmalari alohida shprislarda yuboriladi.
5. Yurak urmayotgan yoki faoliyati 2 daqiqa davomida tiklan-
masa (bilvosita massaj qilish natijasida) yurak bo‘shlig‘iga 0,1 % li
adrenalin eritmasidan yuboriladi.
Qanday usulda bo‘lmasin, chaqaloqni jonlantirish 3—5 daqiqa
davomida davom ettiriladi.
Chaqaloq  jonlantirilgach,  birinchi  navbatda  tozalash  o‘tka-
ziladi, issiq, quruq oqlikka o‘raladi, oldindan isitib qo‘yilgan o‘ringa
yotqiziladi va nafas olish doimiy nazorat ostiga olinadi.
Og‘ir asfiksiyadan chiqarib olingan chaqaloqlarga keyinchalik
ham  ma’lum  vaqtgacha  burunga  kiritilgan  kateter  yordamida
namlangan kislorod berib turiladi.
Yodda tuting! Asfiksiyani boshidan kechirgan chaqaloqning ahvoli
istalgan vaqtda og‘irlashib qolishi mumkin.
Profilaktikasi. Chaqaloqlar asfiksiyasining oldini olish ishlari
onaning homilador bo‘lganligi aniqlangan kundanoq boshlanishi
lozim. Bu ishda ayollar konsultatsiyasi xodimlari va bolalar hamda
oilaviy poliklinikalar hamshiralarining hamkorligi yaxshi samara
beradi.  Ayoldagi  ekstragenital  kasalliklarni  erta  aniqlash,  to‘g‘ri
ovqatlanishi va rejimga rioya qilishini nazorat qilish, erta va kechki
toksikozlarning oldini olish choralarini ko‘rish, tug‘uruqqacha patro-
najlarni vaqtida amalga oshirish kabi vazifalar shular jumlasidandir.
Unutmang! Homilador ayolning salomatligi qanchalik yaxshi bo‘lsa,
chaqaloqning sog‘lom tug‘ilish ehtimoli shuncha ko‘p bo‘ladi.
6.4. Tug‘uruq jarohatlari
Chaqaloqlardagi tug‘uruq jarohatlari chaqaloqlar patologiyasi
orasida ikkinchi o‘rinda turadi va jami chaqaloqlik davri patologik
holatlarining  50  %  ni  tashkil  qiladi.  Shuningdek,  qaytarilmas

87
asoratlar  berishi  va  kalla  ichi  jaro-
hatlaridan  so‘ng  bolalarning  bir
qismida  ruhiy  nuqsonlar,  turli  fa-
lajlar,  epilepsiya  (tutqanoq)  kabi
kasalliklar rivojlanishiga olib kelishi
bilan xarakterli hisoblanadi.
Chaqaloqlarning  tug‘uruq  ja-
rohatlaridan eng ko‘p uchraydigan-
lari — tug‘uruq shishi, «qonli shish»
yoki kefalogematoma, turli asab tolalarining zararlanishidan ke-
lib chiqadigan falajlar va og‘ir holat hisoblangan kalla ichi jaro-
hatlari hisoblanadi.
Tug‘uruq shishi homila tug‘ilishi vaqtida tug‘uruq yo‘llaridan
birinchi bo‘lib o‘tib kelgan sohalarning tug‘uruq yo‘llariga mos-
lashishi va surilishi natijasida kelib chiqqan to‘qimalarning shishi
hisoblanadi. Tug‘uruq shishi aksariyat hollarda chaqaloqning bo-
shida  (boshi  bilan  kelganda),  yuzida  (yuzi  bilan  kelganda),
dumbasida (dumbasi bilan kelganda) kuzatiladi (18-rasm). Ushlab
ko‘rilganda yumshoq to‘qima qo‘lga unnaydi, kefalogematoma-
dan suyaklararo choklardan ham o‘tib ketganligi bilan farq qiladi,
bolaning umumiy ahvoliga deyarli salbiy ta’sir qilmaydi. Ko‘pchilik
hollarda  2—3  kundan  so‘ng  hech  qanday  asoratlarsiz  yo‘qolib
ketadi.
Kefalogematoma boshdagi qonli g‘urra bo‘lib, aksari chaqaloq
uzoq  vaqt  tug‘uruq  yo‘llarida  qolib  ketganida,  vakuum  eks-
traktorlardan (manfiy bosimli so‘ruvchi asbob) foydalanilganda,
tez tug‘ilish natijasida, yo‘lda va uy sharoitlarida tug‘ilish hollarida
kelib chiqadi (19-rasm). Kefalogematoma suyak ustki pardasi-
ning  ostiga  qon  quyilishi  bo‘lganligi  uchun,  quyilgan  qonning
miqdoriga  qarab  bolaning  ahvoliga
ta’sir  qilishi  mumkin.
Tug‘uruq  shishidan  farqli  o‘la-
roq,  kefalogematomada  qon  quyi-
lishi  bitta  suyak  chegarasidan  o‘t-
maydi, fluktuatsiya simptomi aniq-
lanadi. Agar qonning miqdori ko‘p
bo‘lsa,  bolaning  ahvoli  o‘zgaradi,
chunki quyilgan qon suyak pardasini
suyakdan ko‘chirishi va ma’lum da-
rajada qisilish paydo bo‘lishi natija-
18-rasm. Tug‘uruq shishi (a) va
kefalogematoma (b).
19-rasm. O‘ng tepa suyagi usti
kefalogematomasi.
a
b

88
sida bola og‘riq sezadi. Shuning uchun bolada sababsiz yig‘lash,
uyquning  yuza  bo‘lishi  kuzatiladi,  g‘urra  sohasiga  teginish  esa
bolaning bezovtalanishiga olib keladi.
Diqqat! Chaqaloqda kefalogematomaning paydo bo‘lishi kalla ichi
jarohatining ham borligi haqida xavotirlik tug‘ilishiga olib keluvchi patologik
holat hisoblanadi.
Kefalogematomasi  bor  chaqaloqlar  maxsus  nazorat  ostida
saqlanishi  va  tug‘ilishi  bilanoq  ularning  boshiga  muz  xaltalar
qo‘yilishi,  iloji  boricha  ko‘p  urintirishdan  saqlanishi,  g‘urrani
yuqoriga qaratib va boshini balandroq qo‘yilgan holatda yotqizilishi
talab  etiladi.  Bolaga  tinchlantiruvchi,  qon  oqishini  to‘xtatuvchi
vositalar (vikasol, askorbin kislota, aminokapron kislota va boshq.)
shifokor ko‘rsatmasiga binoan yuboriladi.
Kefalogematomada to‘g‘ri davolash va parvarish olib borilsa,
quyilgan qon taxminan 3—4 kunda, kechi bilan ikkinchi haftaning
oxirlariga kelib batamom so‘rilib ketadi.
Yodda tuting! Quyilgan qonning miqdori kam va so‘rilib ketish eh-
timoli bo‘lsa, shpris yordamida so‘rib tashlashga urinmang.
Kalla ichi jarohatlari chaqaloqlar patologiyasida muhim o‘rin
egallaydi. Chunki kalla ichi jarohati kallaning ichki yuzasi va bosh
miyaning  turli  sohalariga  qon  quyilishi  bilan  xarakterlanadi  va
bolaning ahvolini juda ham xatarli holatga tushirib qo‘yishi va aksari
hollarda bolaning barvaqt o‘limiga ham sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Agar qon bosh miya qattiq pardasi va kalla suyaklari orasiga
quyilgan  bo‘lsa,  bolada  bosh  miyaning  qisilishiga  xos  alomatlar
kuzatiladi.  Bordi-yu,  qon  miya  moddasiga  yoki  qorinchalarga
quyilgan bo‘lsa, qon quyilgan sohadagi miya faoliyatining buzilish
belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Aksariyat hollarda esa qattiq parda
va kalla suyagi ichki pardasi oralig‘iga qon quyiladi.
Sabablari.  Chaqaloqlarning  kalla  ichi  jarohatlariga  asosan
quyidagi  holatlar  sabab  bo‘ladi:
1. Asfiksiya va giðoksiya.
2. Homiladorlik toksikozlari.
3. Tug‘uruqning vaqtidan ilgari boshlanishi, kechikib qolishi,
tez o‘tishi.
4. Tug‘uruq  faoliyatining  susayib  qolishi,  uzoq  vaqt  suv
kelmay turishi, suvning erta ketib qolishi.
5. Kindikning o‘ralib qolishi.
6. Bolaning patologik tarzda kelib qolishi.

89
7. Tug‘uruq yo‘llarida qisilib qolishi.
8. Operativ-jarrohlik amaliyotlarining qo‘llanishi.
Klinikasi. Kalla ichi jarohati olgan bolalarning asosiy belgila-
riga  nafas  faoliyatining  buzilishi  (tezlashgan,  aritmik,  yuza,
ingraganga o‘xshash, shovqinli, xirillagan), yurak-tomir tizimining
o‘zgarishlari  (keyinchalik  taxikardiya  bilan  almashinadigan  bra-
dikardiya,  puls  maromining  buzilishi),  bola  rangining  oqarib
ketishi, tarqoq sianozlar, mushak tonusining avvaliga pasayganligi
va keyinchalik patologik ravishda ortib ketishi, tug‘ma reflekslar-
ning  pasayganligi  yoki  umuman  chaqirilmasligi,  chaqaloq  ovo-
zining past, monoton chinqiriq («miya chinqirig‘i») sifatida bo‘-
lishi, qo‘l va oyoqlar, lablar va pastki jag‘ning titrab turishi (tre-
mor), talvasalar tutib turishi, katta liqildoqning bo‘rtib turishi va
pulsatsiyaning yaqqol sezilib turishi, «botayotgan quyosh» (Grefe)
simptomining  borligini  keltirish  mumkin.
Klinik simptomlar qanchalik ifodalanganligiga va og‘irligiga
qarab kalla ichi jarohatlarining uch darajasi farq qilinadi:
I — yengil darajasi — miyadagi o‘zgarishlar o‘tib ketadigan,
arzimas  ko‘rinishlar  bilan  xarakterlanadi.
II — o‘rtacha og‘ir darajasi — birmuncha og‘irroq o‘zgarishlar
bilan  xarakterlanadi.
III — og‘ir darajasi — belgilarning juda ham yaqqol va og‘ir-
roq  ifodalanishi  bilan  xarakterlanadi  va  turli  asoratlar  bilan  tu-
gashi kuzatiladi.
Kalla  iclii  jarohatlarining  og‘ir  darajalaridan  keyin  xilma-
xil asoratlar: serebral falajlar yoki parezlar, gidrosefaliya (20-
rasm), epilepsiya, jismoniy va ruhiy rivojlanishning turli dara-
jadagi buzilish hollari (oligofreniyagacha) va boshqalar qolishi
mumkin.
Davosi va hamshiraning vazifalari. Chaqa-
loqlarning kalla ichi jarohatlarida davolash va
parvarish qilish qanchalik barvaqt va kompleks
tarzda olib borilsa, asoratlarning kelib chiqish
ehtimoli shunchaga kamayadi. Shularni hi-
sobga olgan holda bunday chaqaloqlarni da-
volashda  parvarishning  ahamiyati  beqiyos
ekanligini  unutmaslik  kerak.  Chunki  parva-
rishdagi  har  qanday  salbiy  holatlar  bola  ah-
volining  og‘irlashuviga  sabab  bo‘ladi  va  da-
volash jarayoniga putur yetkazadi.
20-rasm.
Gidrosefaliyaga
chalingan
chaqaloqning boshi.

90
Parvarishning asosiy talablariga quyidagilar kiradi:
1. Chaqaloq boshi balandroq va yonboshlatib yotqizib qo‘yiladi.
2. Chaqaloqning  bosh  tomoniga  bir  qarich  masofada  muz
xalta qo‘yiladi.
3. Chaqaloqni har qanday urintirishdan saqlanadi, ya’ni barcha
muolajalar yotgan joyida bajariladi.
4. So‘rish va yutish reflekslarining qanchalik ifodalanganligiga
qarab sog‘ilgan sut bilan yo so‘rg‘ichdan, yo qoshiqchadan, yoki
zond orqali ovqatlantiriladi.
5. Tana harorati va fiziologik bo‘shalishlariga e’tibor bilan qarab
turiladi.
6. Teri va tabiiy burmalarining holatini doimiy nazorat qilib,
zaruratga qarab ehtiyotlik bilan tozalab turiladi.
Davolash  choralari  esa  qon  quyilishini  to‘xtatishga  (vikasol,
askorbin kislota, aminokapron kislota, kalsiy xloridning 10 % li
eritmasi),  miya  shishini  qaytarishga  (magniy  sulfatning  25  %  li
eritmasi,  glukozaning  konsentrlangan  eritmalari,  plazma,  albu-
min  va  siydik  haydovchi  vositalar  —  furosemid,  mochevina  va
boshq.), talvasaga qarshi kurashishga (GOMK, droperidol, seduk-
sen va boshq.), asidozga qarshi choralar ko‘rishga (natriy gidro-
karbonatning 4 % li eritmasi), organizm reaktivligini oshirishga
qaratilgan bo‘lishi kerak.
Unutmang!  Kalla ichi jarohati bilan tug‘ilgan chaqaloq qanchalik
to‘g‘ri parvarish va davo qilinsa, patologik holatdan chiqarish shuncha
osonlashadi va asoratlarning oldi olingan bo‘ladi.
Profilaktikasi. Chaqaloqlarda tug‘uruq jarohatlarining oldini olish,
eng avvalo, homilador ayollarni vaqtida hisobga olish, tug‘uruqgacha
o‘tkaziladigan patronajlarga katta e’tibor qaratish, patologik tug‘uruq
xavfi mavjud bo‘lganda homilador ayollarni tug‘uruqqa tayyorlash
bo‘limlariga erta jalb etish, chaqaloqlar asfiksiyasining profilaktikasini
o‘tkazish, chaqaloqni chala tug‘ilishdan saqlash va tug‘uruq jarayonini
to‘g‘ri va nuqsonlarsiz boshqarish kabi choralarni nazarda tutadi.
6.5. Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi
Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi ona bilan homila qonining
rezus-omili va AB0 tizim qon guruhlari bo‘yicha bir-biriga to‘g‘ri
kelmasligi, ba’zi hollarda esa boshqa sabablarga ko‘ra paydo bo‘-
ladigan patologik holatdir.
1940-yilda K. Landshteyner va A. Vinerlar tomonidan qondagi
eritrotsitlar  tarkibida  maxsus  rezus-omilning  mavjudligi  va  85  %

91
odamlarning eritrotsitlarida doimiy bo‘-
lishini (aglutinogen) aniqlashdi va bun-
day odamlar rezus-musbat qonli odam-
lar deb e’tirof etildi. 15 % odamlar erit-
rotsitlarida bu omil bo‘lmaydi va ular
rezus-manfiy  gonli  odamlar  hisobla-
nishadi.  Ushbu  omil  dominant  tiðda
nasldan naslga o‘tadi va aksariyat hollarda
bolaga rezus-musbatlilik otadan meros
bo‘ladi  (21-rasm).
Chaqaloqlar  gemolitik  kasalligiga
kamroq hollarda ona bilan homila qoni-
ning AB0 tizim guruhlari bo‘yicha bir-
biriga to‘g‘ri kelmasligi sabab bo‘ladi, ona
qoni 0 (I), bola qoni esa A (II) guruh
bo‘lganida shunday kasallik kelib chiqadi.
Homiladagi rezus-musbat qon yoki
A(II) guruh qoni ona qoni uchun anti-
genlik vazifasini bajaradi va ular ona organizmiga o‘tgach, ularga
nisbatan maxsus antitelolar ishlab chiqariladi. Ana shu antirezus
va antiguruh antitelolar turli patologik holatlar natijasida yo‘ldosh-
ning  o‘tkazuvchanlik  xususiyati  susayishidan  foydalanib  bola
organizmiga o‘tishi va uning eritrotsitlarining yemirilishi (gemoliz)ga
va kasallik belgilarining yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Klinikasi. Kasallikning klinikasi antirezus yoki antiguruh antite-
lolarning bolaga qancha erta ta’sir etganligiga, bolaning nechanchi
farzandligiga,  rezus-manfiy  qonli  qiz  yoki  ayolga  necha  marta
tartibsiz qon quyilganligiga bog‘liq.
Aytib  o‘tilgan  antitelolar  homilaga  qanchalik  erta  ta’sir  qila
boshlasa, kasallik shuncha og‘ir ifodalanadi yoki aksariyat hollarda
chaqaloq o‘lik tug‘iladi yoki dastlabki soatlarda o‘lib qoladi.
Chaqaloqlar gemolitik kasalligining uchta shakli farq qilinadi:
1. Shishli. 2. Sariqlik. 3. Anemik.
Shishli  shakli  kasallikning  hammadan  og‘ir  shakli  bo‘lib,
bola tug‘ilganida badanining shishib, bo‘shliqlarida suyuqlik to‘p-
lanib qolgan bo‘lishi, teri qoplamining oqarib (ba’zan sarg‘ayib)
turishi,  jigar  bilan  taloqning  anchagina  kattalashib  ketganligi,
keskin anemiya borligi (eritrotsitlar soni 1,5–2×10 g/l gacha tushib
qolgan va bundan kam, gemoglobin 30–60 g/l va bundan kam)
bilan  xarakterlanadi.
21-rasm.  Chaqaloqlar
gemolitik kasalligining
kelib  chiqish  sxemasi.

92
Qon tahlillarida o‘ta og‘ir o‘zgarishlar aniqlanadi. Kasallikning
bu  shakli  bilan  tug‘ilgan  chaqaloqlarni  saqlab  qolish  nihoyatda
qiyin bo‘lib, tug‘ilganidan keyin, odatda, dastlabki soatlarda o‘lib
qoladi.
Sariqlik shakli kasallikning hammadan ko‘p uchraydigan shakli
hisoblanadi. Kasallikning dastlabki simptomi bola badanining sariq
tusga kirishi bo‘lib, sariqlik bola tug‘ilishi bilanoq yoki 1–2-kunlari
paydo bo‘ladi va tez kuchayib boradi va sariq-gungurt yoki ba’zi
hollarda, sariq-jigarrangnamo tusgacha boradi.
Ko‘z sklerasi shilliq pardalari ham sarg‘aygan, jigar va taloq
kattalashgan, bolalar bo‘shashgan, quvvatsiz bo‘lib qoladi, onasini
yaxshi  emmaydi.  Chaqaloqlarga  xos  reflekslar  susaygan  bo‘ladi.
Teri ostiga qon quyilishi va qon ketishga moyillik seziladi. Bolaning
siydigi to‘q rangli, axlati esa normal rangda bo‘ladi. Qon tahlilida
har xil darajada ifodalangan anemiya, eritroblastoz, retikulotsitoz,
leykotsitoz aniqlanadi.
Qondagi bilvosita bilirubin miqdori ko‘payib ketishi hammadan
xarakterli bo‘lib, kindik qoni zardobida uning soat sayin 0,85 dan
3,4 mkmol/l gacha oshib borishi bolada sariqlik va intoksikatsiyaning
kuchayishiga olib keladi.
Sariqlik shakli vaqtida davolanmasa og‘ir asorat — bilirubin
ensefalopatiyasi yoki yadro sariqligiga olib kelishi mumkin. Bu
asorat bolaning bo‘shashib qolishi, adinamiya, so‘rish refleksining
susayishi,  uyquchanlik,  mushaklar  tonusining  pasayishi,  qo‘l-
oyoqlar tremori, nistagm, opistotonus, «botayotgan quyosh» simp-
tomlari bilan namoyon bo‘ladi.
Sariqlik shakli aksariyat hollarda tegishli davo choralari ko‘ril-
ganda yaxshilik bilan tugaydi.
Anemik  shaklida  bolalar  rangining  pastligi,  birmuncha  bo‘-
shashganligi  va  ko‘krakni  yaxshi  emmasligi,  jigar  va  taloqning
kattalashganligi, periferik qonda esa anemiya, normablastoz, re-
tikulotsitoz borligi aniqlanadi. Bilirubin miqdori normada yoki
biroz ko‘paygan bo‘lishi mumkin. Kasallikning bu shakli ko‘pincha
asoratlarsiz  tugaydi.
Davosi  va  hamshiraning  vazifalari.  Kasallikning  davosi  va
parvarishi uning og‘ir-yengilligiga bog‘liq.
Anemik shakli bilan tug‘ilgan bolalar donor suti bilan boqi-
ladi, bolaning siydigi kuzatib turiladi, anemiyaga qarshi vositalar
qo‘llaniladi, zaruratga qarab bo‘lib-bo‘lib gemotransfuziya — qon
quyish  o‘tkazib  turiladi.

93
Sariqlik shakllarining yengil hollarida konservativ davo o‘tkazi-
ladi: bolani 5—7—14 kun davomida donor suti bilan boqib boriladi,



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling