Pekan yong’og’i serdaromad meva


Download 153.54 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi153.54 Kb.
#1113963
Bog'liq
Pekan yong’og’i – serdaromad meva


Pekan yong’og’i – serdaromad meva


Belorussiyada ham pekanning “Busseron” navi ekiladi. U sovuqqa o’ta chidamli, tez hosilga kiradi, mag’zi sariq tusda, shirin, mazali va yog’li. Rossiyada yaratilgan pekan
navlari bizning iqlim sharoitimizga to’liq moslashgan. O’zbekistonda birinchi marta 1926 yildan boshlab pekan yong’og’i ekilgan.
U ekilib yoki payvandlanib ko’paytiriladi. Pekan yong’og’ining eng muhim xususiyati – u inson organizmning immun tizimini oshirib, qon tomirlar devorlarini mustahkamlashda katta yordam beradi. Shuningdek, bu yong’oqni iste’mol qilish ko’z kasalliklarini davolaydi va ko’rish qobiliyatini oshiradi, organizmda qonni har xil zararli moddalardan tozalaydi va turli kasalliklarining oldini olishda profilaktika vazifasini o’taydi. Organizmda xolesterin miqdorini kamaytiradi va to’q tutadi. Yurak-qon tomir kasalliklari bilan og’rish xavfini kamaytiradi. Bu yong’oqlar o’zida saraton kasali paydo bo’lishining oldini oluvchi antioksidantlarni saqlaydi.
Pekan yong’og’i tarkibida Vitamin B1, Vitamin B5, Vitamin B6, Vitamin B4, Vitamin E va Vitamin B9 foliy kislotalari mavjud. Pekan yong’og’i tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’lgan barcha mineral moddalar mavjud bo’lib, unda marganets miqdori 4,5 mg, mis 1,2, rux 4,5 mg, fosfor 277 mg, magniy 121 mg, temir 2,5 mg, kaltsiy 70
mg va, hatto, koronavirus uchun ko’p qo’llanilaniladigan selen moddasi 3,8 mg miqdorda mavjud. Bu yong’oqni inson sog’ligi uchun zarur bo’lgan xazinalar manbai deb, atash mumkin.
Ammo, me’yoridan (100 g) ko’proq iste’mol qilinsa, boshni og’ritadi. Me’yordan ortiq iste’mol qilish ba’zan ayrim kishilarda allergiya belgilari toshishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Pekan yong’og’i Surxondaryo sharoitida ko’pdan beri ekilib kelinishiga qaramasdan, u aholiga kam tanish bo’lgan o’simliklardan biridir. Viloyatda 1936 yilllarda Dendrologiya parki tashkil qilingan bo’lib, unga 1000 dan ortiq turdagi daraxtlar turi keltirilib ekilgan. Bu o’simliklarning ko’plari viloyat tuproq-iqlim sharoitiga
moslashadi, ayrimlari har xil sabablarga ko’ra yo’qolib ketadi. Ammo mana shu o’simliklar ichida pekan yong’og’i bizning sharoitga to’liq moslashib, bugungi kunda ushbu dendroparkda uning bir necha xil turlari va navlari yaxshi hosil bermoqda. Bu yong’oq biologik xususiyatiga ko’ra, dastlabki ikki yilda juda sekin o’sadi, ammo uchinchi yili rivojlanishi tezlashadi, shu yili ildizlari eng chuqurgacha kirib
boradi va keyin er ustki poyalarining o’sishiga zo’r beradi.
Ushbu meva tuproq namligiga talabchan, lekin doimiy namlikni yoqtirmaydi. Issiqqa va soyaga bardoshli.
O’zimizda ekiladigan oddiy yong’oqlarga qaraganda u sovuqqa chidamli bo’lib, -32-36°S sovuqqa chidaydi. Masalan, viloyatda 2007 yildan 2008 yilga o’tar qishida -28 daraja sovuq bo’ldi va barcha subtropik daraxtlarni sovuq urib ketdi, ammo pekan daraxtlariga sovuq ta’sir qilmadi. Ob-havo sharoitlariga qarab may oyida yoki iyun boshlarida gullaydi. Mevasi soxta danak, yong’og’ining uzunligi navlariga qarab 3,5-8 sm .ni tashkil qiladi. Ko’chatlaridan katta bo’lgan daraxti bizning sharoitida 5-6-yili hosil qiladi. Voyaga etgan bitta daraxt (20 yoshlisi) 250 kg. gacha hosil qiladi. Olib borgan kuzatishlarga ko’ra, pekan yong’og’i oddiy yong’oqdan vegetatsiya davrining uzunligi bilan ajralib turadi.
Grek yong’og’ining vegetatsiya davri 150-160 kunni tashkil etib, sentyabr oylarida pishib etilsa, pekan yong’og’ining o’suv davri uzunroq bo’lib, 190-200 kunga cho’ziladi.
Pekan yong’og’ining bo’yi qulay sharoitda 50 metrgacha, 40-45 yoshli katta daraxtining shoxlanish diametri 35-40 m. gacha boradi, 300-400 yil yashaydi, 300 yilgacha mo’l
hosil olish mumkin. Chetdan changlangani uchun kamida ikkita pekan yong’og’i niholini birdaniga, quyosh tushib turadigan ochiq joyga ekish lozim, ammo u shamolni unchalik xohlamaydi.
Uning ildiz qismi yaxshi rivojlangani uchun qurg’oqchilik yillari ham vegetativ organlari va mevalari suvsizlikdan qiynalmaydi. Ildizlari tuproqning pastki
qatlamlaridagi suvni o’zlashtirib, o’zini ta’minlaydi va 10-15 metr chuqurlikka kirib boradi. Pekan hasharotlarga juda chidamlidir, uning qattiq qobig’i
hasharotlarning mag’zigacha kirib borishiga yo’l qo’ymaydi.
Pekan ko’chatlarini o’tqazish va parvarish qilish usullari grek yong’og’inikiga o’xshash. Ko’chat o’tqazish uchun sizot suvlari chuqur joylashgan unumdor tuproqli erlarni tanlash kerak. Ekiladigan maydon xuddi mevali ekinlarga tayyorlangandek ishlanadi. Hosilga kirgan pekan yong’og’i daraxtlari juda baland o’sishi tufayli, ko’chatlar bir-biridan tuproq sharoitiga qarab 10x10 m, 10×14 m, unumdor erlarda 12×16 m uzoqlikda sxemalarida ekiladi.
Ko’chatlar kuzda o’tqazilgani ma’qul, bahorda esa ertaroq ekish tavsiya etiladi. Hosilga kirgan bog’larga 3 yilda bir marotaba har gektariga 30-40 tonna go’ng va har
yili 90-120 kg dan azot, 60-90 kg dan fosfor sof holda solinadi. Yiliga 5-6 marotaba sug’oriladi. Dastlabki yosh paytida shakl berishda daraxt tanasi erdan 1,5-2 m balandlikda qoldiriladi. Umuman, yaxshi parvarishlansa, hosildorligi oshib boradi.
Bizda esa, yong’oqlarga umuman agrotexnik tadbirlar ishlatilmaydi, ammo pekan yong’og’i parvarishni talab qiladi va shunga yarasha hosil beradi. Qancha parvarish qilinsa, shuncha hosildorligi oshadi. Pekan yong’og’i tez hosilga kirishi uchun avval pitomnikda ko’plab ko’chatlari o’stirilib tayyorlanadi va uch yillik nihollarga payvandlanadi, chunki payvandlangan ko’chatlarda o’sish va rivojlanish tezroq boradi. Bu daraxtning agrotexnikasi deyarli o’rganilmagan, bu borada qilinadigan izlanishlar endi boshlanmoqda.
Pekan yong’og’ining samaradorligini hisoblab ko’rsak, quyidagicha ma’lumotlar olamiz: bir tup daraxtdan o’rtacha 100 kg hosil olinib, bir kilogrammi 30 ming so’mdan sotilsa, bir tup pekan yong’oq daraxtidan 3 mln.
so’m daromad qilish mumkin. Agarda sizda 100 tup pekan yong’og’i bo’lsa, unda sizning qiladigan daromadingiz elektron hisoblash mashinalari raqamlariga sig’maydi.
Akademik Maxmud Mirzaev nomli bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stantsiyasining ilmiy xodimlari
tomonidan pekanning ikkita: “Hosildor” va “O’zbekiston” nomli navlari yaratilgan. Ammo ushbu pekan yong’og’i navlari bugungi kunda faqatgina Surxondaryo viloyati
tuproq-iqlim sharoitida yuqori hosil berib turibdi.
Hozirgi bozor islohotlari sharoitida ichki va tashqi bozorda xaridorbop hamda eksportga mo’ljallangan ekologik toza mahsulot bo’lgan pekan yong’og’i maydonlari
ko’paytirilsa va aholi tomorqalarida kamida ikkitadan tup pekan yong’og’ini ekish yo’lga qo’yilsa, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan katta natija beradi. Chunki pekan
ham aholining sog’ligiga yordam bo’ladi, ham u bozorga olib chiqib sotilsa, mo’l daromad keladi.
Xalqimiz genofondining sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun aholiga ekologik jihatdan toza va tarkibi turli mineral va vitaminli moddalarga boy bo’lgan mahsulotlarni etkazib berishga o’rgatish lozim.
Endilikda shunchalik daromad beradigan serhosil pekan yong’og’i ko’chatchiligi bilan ham shug’ullanish darkor. Ammo bu ishlarni boshida kim turadi? Balki mutasaddi
tashkilotlar o’ylab ko’rishar.
Pekan yong’og’idan ekologik toza va yuqori sifatli mo’l hosil olishning ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslari ishlab chiqilib, tavsiyalar tayyorlab berilishi kerak.
Bu o’simlikni o’rganish bo’yicha doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarni tayyorlash kerak bo’ladi. Endilikda O’zbekiston tuprog’iga moslashgan va yuqori hosil beradigan, hali deyarli notanish bo’lgan qimmatbaho pekan yong’og’i agrotexnikasi bilan jiddiy shug’ullanish lozim. Chunki bu yong’oqning mahsuloti eksportbop, serdaromad va kamxarajat hisoblanadi.
Download 153.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling