"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich


O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  16-mayda  350-sonli  “


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/46
Sana09.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#258088
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  16-mayda  350-sonli  O’zbekiston 

Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  faoliyatini  tashkil  qilish  chora-tadbirlari 

to’g’risidagi Qarori. 

21

 www.ufrd.uz (O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi sayti). 




22

 

 



yo’nalishlariga  qo’shimcha  ravishda  Jamg’arma  mablag’lari  quyidagilar  uchun 

ishlatilishi mumkinligi belgilab berildi. Jumladan

22



–  kelajakda,  birinchi  navbatda,  qishloq  hududlarida  yangi  sanoat  ishlab 



chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va 

tiklash  loyihalarini  moliyalash  maqsadida,  shu  jumladan,  Davlat  byudjeti 

mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish; 

– iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta 

jihozlash  bo’yicha  Hukumat  tomonidan  tasdiqlangan  dasturlar  doirasida,  tijorat 

banklarga  xorijiy  valyutada  ochiladigan  kredit  liniyalar  orqali  investitsiya 

loyihalarini jadal moliyalashtirishni ta’minlash; 

–  yangi  zamonaviy  xorijiy  texnologiyalar,  texnika  va  uskunalar  hamda 

strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga 

muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari bo’yicha imtiyozli kreditlar berish; 

–  yangi  tashkil  etilayotgan  moliyaviy  institutlar  hamda  iqtisodiyotning 

bazaviy  tarmoqlarida  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokida  strategik  ahamiyatga  ega 

bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish; 

–  davlatning  tashqi  qarzlari  bo’yicha  xalqaro  moliya  institutlari  va  xorijiy 

kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash. 

Iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalarini  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini jadal amalga oshirilishini ta’minlash, 

shuningdek, tijorat banklari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya 

faolligini  kengaytirish  maqsadida

23

  Jamg’arma  mablag’lari  hisobidan  tijorat 



banklarga  kredit  liniyalarini  ochish  tartibi,  tijorat  banklari  tomonidan  investitsiya 

loyihalarini  tanlash,  investitsiya  loyihalarini  ekspertizadan  o’tkazish  va  tasdiqlash 

tartibi, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tartibi hamda investitsiya loyihalari 

                                                           

22

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  5-martdagi  811-sonli  “O’zbekiston 

Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  faoliyatini  yanada  kengaytirish  hamda 

resurs bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 

23

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-martdagi 61-sonli “O’zbekiston 



Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  tomonidan  investitsiya  loyihalarini 

birgalikda  moliyalashtirish  uchun  tijorat  banklariga  kredit  liniyalarini  ochish  tartibi  to’g’risidagi 

nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori. 



23

 

 



monitoringi  va  nazorat  qilish  tartiblari  ishlab  chiqildi.  Shuningdek,  investitsiya 

loyihasini  texnik-iqtisodiy  asoslashning  namunaviy  tarkibi  hamda  texnik-iqtisodiy 

asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari tasdiqlandi.  

Korxonalarni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash 

jarayonlarini  amalga  oshirishda  O’zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va 

taraqqiyot  jamg’armasi  rolini  oshirish  hamda  ishtiroki  ko’lamini  kengaytirish, 

mamlakat  sanoatining  etakchi  tarmoqlarida  va  ishlab  chiqarish  infratuzilmasidagi 

strategik  investitsiya  loyihalarini  birgalikda  moliyalash  hajmlarini  ko’paytirish 

uchun Jamg’armaning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida

24

 2012-2016-yillar 



mobaynida O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ustav 

kapitalini bosqichma-bosqich 15 mlrd AQSh dollariga etkazish belgilab olingan edi. 

Bu  esa,  o’z  navbatida,  istiqbolda  ushbu  Jamg’armaning  mamlakat  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalashdagi  rolini  oshib  borishini,  Jamg’armaning  resurs  salohiyati 

mustahkamlanayotganligini bildiradi. 


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling