"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich


Jamg’armaning kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/46
Sana09.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#258088
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

Jamg’armaning kredit liniyalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya 

loyihalarini birgalikda moliyalashtirish shartlari: 

qarz oluvchilarga kreditlar xorijiy valyutada 7 yilgacha muddatga beriladi 

 

investitsiya loyihasini moliyalashtirishda qarz oluvchining ulushi o’z mablag’lari 



hisobiga investitsiya loyihasi qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi kerak 

 

investitsiya loyihasini moliyalashtirishda tijorat bankining o’z ishtiroki ulushi 



(kreditni qayta moliyalashtirish hisobisiz) uning qiymatining kamida 25 foizini tashkil 

etishi kerak 

 

investitsiya loyihasi tarmoq yoki mintaqaning tasdiqlangani modernizatsiya 



qilish/rivojlantirish dasturiga kiritilgan bo’lishi kerak 

 



46

 

 



Jamg’armani  boshqarish  bo’yicha  Kengash  qaroriga  ko’ra  tijorat  banklari 

bilan  tuziladigan  kredit  liniyalari  ochish  to’g’risidagi  bitimlarda  investitsiya 

loyihalarini  birgalikda  moliyalashtirish  bo’yicha  qo’shimcha  shartlar  kiritilishi 

mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu Nizom qoidalari quyidagi investitsiya loyihalariga 

tatbiq etilmaydi: 

–  davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalar  mablag’lari,  ayrim 

tarmoqlar  va  korxonalarning  Hukumat  qarorlari  bilan  tashkil  etilgan  maxsus 

jamg’armalari  mablag’lari,  O’zbekiston  Respublikasi  kafolati  ostida  yoki  nomidan 

jalb etiladigan xorijiy kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari; 

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar va 

boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  imtiyozlar  berish  nazarda  tutilayotgan 

investitsiya loyihalari; 

–  mahsulot  taqsimotiga  oid  bitimlarga  muvofiq  amalga  oshirilayotgan 

investitsiya loyihalari; 

– ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalar tomonidan 

markazlashtirilmagan  manbalar  hisobiga  amalga  oshiriladigan,  qiymati  10  mln. 

AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalari; 

–  moliyalashtirish  manbalaridan  qat’iy  nazar,  strategik  foydali  qazilmalarni 

qazib  olish  va  qayta  ishlashni  nazarda  tutuvchi,  qiymati  10  mln  AQSh  dollaridan 

ortiq bo’lgan investitsiya loyihalari. 

Jamg’armaning  kredit  liniyalari  hisobiga  birgalikda  moliyalashtiriladigan 

investitsiya loyihalari alohida mezonlari Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash 

qaroriga  ko’ra  belgilanadi  va  kredit  liniyalari  ochish  to’g’risidagi  bitimlarda  aks 

ettiriladi. 

Jamg’arma  kredit  liniyasini  tijorat  banklarga  ularning  buyurtmanomalari 

bo’yicha  kredit  liniyalari  ochish  to’g’risidagi  bitimlar  xulosasi  asosida  ochadi. 

Kredit liniyasi ochish uchun tijorat banki Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasiga 

firma blankasida rasmiylashtirilgan va bank boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan 

buyurtmanomani taqdim etadi.  



47

 

 



Jamg’armaning  ijro  etuvchi  direktsiyasi  bir  hafta  muddatda  kredit  liniyasi 

ochishga  tijorat  banki  tomonidan  taqdim  etilgan  buyurtmanoma  va  hujjatlar 

majmuasini quyidagi maqsadlar uchun ekspertizadan o’tkazadi; so’ralayotgan kredit 

liniyasi  summasining  asoslanganligi  va  uning  bank  moliyaviy  ko’rsatkichlariga 

muvofiqligi;  tijorat  bankning  investitsiya  loyihalarini  birgalikda  moliyalashtirish, 

amalga  oshirish  va  monitoringini  olib  borish  bo’yicha  tajribasi  mavjudligi. 

Ekspertiza natijalariga ko’ra Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi o’z xulosasini 

hamda tijorat bankning kredit liniyasi ochish uchun buyurtmanomasini va hujjatlar 

majmuasini  taklif  qilinayotgan  kredit  liniya  summasini  ko’rsatgan  holda 

Jamg’armani  boshqarish  bo’yicha  Kengash  ko’rib  chiqishi  uchun  kiritadi  yoxud 

ularni  kamchiliklarni  ko’rsatgan  holda  puxta  ishlab  chiqish  uchun  tijorat  bankiga 

qaytaradi. 

Tijorat bankning kredit liniyasi ochish uchun taqdim etgan buyurtmanomasiga 

ilova qilinadigan hujjatlar tarkibi 10-rasmda keltirilgan: 




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling