"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
3-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN
BYUDJETINING SAMARALI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI
iqtisodiy rivojlanish masalalari ustidan Parlament nazorati: xorij tajribasi
Parlament faoliyatida qonunchilik funksiyasi qanchalik muhim o’rin tutsa, nazorat-tahlil funksiyasi ham shunchalik muhim rol o’ynaydi. Parlament nazoratining asosiy maqsadi davlat boshqaruvida oshkoralik va qonun ustuvorligiga rioya qilishni ta’minlashdan iboratdir. Zamonaviy Parlament qonun qabul qilish yo’li bilan ijro hokimiyati, hukumat siyosatini mamlakat ravnaqi va aholi farovonligini oshishiga yo’naltiradi va bajarilishi ustidan nazorat qilib turadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov 2015-yil 23- yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida “Deputatlarning saylovchilar bilan ishlashini tubdan yaxshilash, palatalar faoliyatiga parlament nazoratining zamonaviy usullarini tatbiq qilish, jumladan, davlat byudjetini shakllantirish va mamlakati- mizning ushbu muhim iqtisodiy hujjati ijrosini nazorat qilishning zamonaviy usullarini joriy etish muhim vazifalardan biridir”, deb alohida ta’kidlab o’tdi. Mazkur paragrafda rivojlangan demokratik davlatlarda Parlament nazoratining quyidagi 3 ta jihatiga e’tibor qaratiladi 45 : 1. Davlat byudjetini shakllantirish va qabul qilish jarayonida Parlament ishtiroki. 2. Byudjet mablag’larining sarflanishi ustidan Parlament nazorati. 3. Iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanish dasturlari va Parlament nazorati. 1. Davlat byudjetini shakllantirish va qabul qilish jarayonida Parlament ishtiroki. Davlat byudjeti shakllantirish va qabul qilish jarayonida Parlament ishtiroki 3 ta bosqichdan iborat. 1-bosqich: Davlat byudjeti loyihasini Parlamentga
45 Boon L.N., Brière M., Rigot S. Regulation and pension fund risk-taking. Journal of International Money and
Finance . Volume 84 , June
2018, Pages
23-41. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0261560618300561 .
54
kiritish. Rivojlangan demokratik davlatlarda Hukumat (Moliya vazirligi) Davlat byudjeti loyihasini, odatda, quyidagi tasniflar bo’yicha tayyorlaydi: funksional tasnif – davlat asosiy funksiyalarini (boshqaruv, mudofaa, ta’lim, ijtimoiy himoya, sog’liqni saqlash) bajarish bo’yicha; iqtisodiy tasnif – ish haqi, pensiyalar, kapital xarajatlar, joriy to’lovlar bo’yicha; idoraviy tasnif – byudjet oluvchilari bo’yicha (vazirlik- lar, idoralar, tashkilotlar); regional tasnif – hududlar bo’yicha; dasturiy tasnif – davlat rivojlantirish dasturlari bo’yicha. Davlat byudjeti loyihasi (parametrlari yuqorida keltirilgan 2 yoki 3 ta ko’rinishdagi tasnifda) bilan birga kiritilishi shart bo’lgan materiallar safiga (1) Byudjetnoma (byudjet yoki soliq-byudjet siyosatining yo’nalishlari va prognozi), (2) mamlakat iqtisodiyoti prognozi va (3) byudjet parametrlarining oldingi yilgi parametrlari bilan qiyosiy tahlili kiradi. AQSh Kongressiga kiritilgan byudjet loyihasi quyidagilarni o’z ichiga oladi 46 :
tahlili (byudjet daromadlari, xarajatlari, yangi xarajat moddalari, qarzlar va boshqa majburiyatlar); byudjetning yangi xarajatlari moddalari tahlili; amaldagi moliyaviy dasturlar tahlili; federal daromadlar va shtatlar daromadlari nisbatlari; iqtisodiy prognozlar va byudjet xarajatlarining ularga mosligi tahlili; byudjet rivojlanishining kelgusi 5 yilga prognozi; shtatlar va mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan moliyaviy yordamdagi sezilarli o’zgarishlar asoslari. Davlat byudjeti loyihasining yana bir muhim jihati bu uning Parlamentga kiritiladigan moddalari (parametrlari) sonidir. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ma’lumotlariga ko’ra, byudjet parametrlari soni turli davlatlarda turlicha bo’lib, ular 200 tadan (Avstraliya, Kanada, Fransiya va boshqalar) tortib 2000 tagachani (Germaniya, Ispaniya, Turkiya) tashkil qiladi. IHTT byudjet
46 G’aybullaev O. O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va jarayoni. – Toshkent: “Baktria press”, 2015. 110-114-b. 55
siyosatining asosiy maqsadi va yo’nalishlarini asoslash uchun byudjet loyihasi moddalari soni 1000 ta atrofida bo’lishi maqsadga muvofiq deb xulosa beradi. 2-bosqich: Davlat byudjeti loyihasini muhokama qilish. Rivojlangan demokratik davlatlarda byudjet loyihasi Hukumat yoki Parlament tomonidan matbuotda e’lon qilinadi. Parlamentdagi muhokamalar televidenieda va boshqa Ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi. Singapurda Moliya vazirligi tomonidan byudjet loyihasi 2 oy mobaynida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga qo’yiladi va Parlamentga kiritiladi. AQShda esa – Oq uy va Kongress tomonidan 2016-yil uchun byudjet loyihasi 2015-yil fevral oyida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga qo’yildi (2015-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinishi kerak). IHTT 39 ta davlat o’rtasida o’tkazgan so’rov shuni ko’rsatmoqdaki, ulardan ko’pchiligida (23 tasi yoki so’rovda qatnashganlarning 59%i) davlat byudjeti loyihasini muhokama qilish muddati 2 oydan 4 oygachani tashkil qilar ekan. Bundan tashqari, 10 ta davlatda muhokama muddati 2 oygacha, 5 ta davlatda – 4 oydan 6 oygacha va bitta davlatda 6 oydan ko’proq muddatni tashkil qiladi. IHTTga a’zo va byudjet islohotlari amalga oshirilgan 81 ta davlat o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijasiga ko’ra, ulardan 32 tasi (40%i) loyihaga xohlagancha o’zgartirish kiritish huquqiga egaligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, 17%i – byudjet xarajatlarini kamaytirish, 16%i – bir xarajatning oshishini boshqa xarajat kamayishi bilan balanslashtirish, qolgan davlatlarda esa o’zgartirishlar faqat Hukumat roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligi aniqlandi. AQShda – Parlament (Kongress) hukumat taqdim qilgan byudjet loyihasini qisman o’zgartirishi yoki butunlay yangi o’z loyihasini ishlab chiqish huquqiga ega. Germaniya, Gollandiya, Daniyada – Parlament byudjet loyihasi moddalariga o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritish huquqiga ega. Bunda bir moddaning ko’payishi boshqa moddaning kamayishi bilan balanslashishi lozim. Buyuk Britaniya va
56
Britaniya Hamdo’stligi davlatlarida – Parlamentning byudjetga o’zgartirish kiritish huquqlari cheklangan 47 .
3-bosqich: Davlat byudjeti loyihasini qabul qilish. Rivojlangan demokratik davlatlarda byudjet loyihasi 3 yoki undan ko’p o’qishda muhokama qilinadi. 1- o’qishda: umumiy holda ko’rib chiqiladi, mas’ul qo’mitaga beriladi, jamoatchilik muhokamasiga yuboriladi; 2-o’qishda: deputatlarning va jamoatchilikning alohida moddalar bo’yicha takliflari ko’rib chiqiladi; 3-o’qishda: byudjet yaxlit hujjat(lar) – Qonunlar ko’rinishida qabul qilinadi. AQShda Byudjet to’g’risidagi federal qonun, Buyuk Britaniyada 2 ta Qonun – Xarajatlar va Moliya to’g’risidagi qonunlar, Germaniya va Fransiyada Byudjet to’g’risidagi qonun, Shvetsiyada 2 ta Qonun – Fiskal siyosat va Byudjet to’g’risidagi qonunlar ko’rinishida qabul qilinadi.
Rivojlangan demokratik davlatlarda byudjet mablag’larining sarflanishi ustidan Parlament nazorati samaradorligini oshirish maqsadida maxsus mustaqil organ – Hisob palatasi tuzilgan va odatda Hisob palatasi Parlamentga bo’ysunadi (hisobot beradi). AQShda Kongress Bosh nazorat boshqarmasi va Kongress Byudjet Boshqarmasi bevosita Kongress tarkibiga kiradi, Kongress tasdiqlagan byudjet mablag’lari sarflanishini nazorat qiladi va Kongressga uzluksiz hisobot beradi. Germaniyada Byudjet komissiyasi byudjet ijrosi bo’yicha hukumat yig’ilishlarida qatnashadi, joriy nazoratni olib boradi, jumladan Moliya vazirligining byudjet mablag’lari sarflanishi to’g’risidagi choraklik hisobotini tinglaydi va hukumat uchun kredit berish masalalarni hal qiladi. Fransiyada Hisob palatasi har yil yakuni bo’yicha byudjet ijrosi bo’yicha hisobotni tekshiradi va xulosani Parlamentga va Prezidentga topshiradi. Yaponiyada esa Hisob palatasi har yili Parlamentga byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot beradi va bu hisobot Hukumatning byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotiga xulosa sifatida qabul qilinadi.
47 G’aybullaev O. O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va jarayoni. – Toshkent: “Baktria press”, 2015. 115-b. 57
Rivojlangan va iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davlatlar tajribasini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, ularning aksariyat qismida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish Strategiyalari qabul qilingan. Yevropada har bir davlatda Strategiyaning uzoq maqsadli ko’rsatkichlari belgilangan. Uning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boriladi va Hukumat hisoboti tinglanadi, ommviy axborot vositlarida keng yoritiladi. Malayziyada maxsus Iqtisodiy rejalashtirish qo’mitasi tuzilgan va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi va bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi. Yaponiya, Koreya va boshqa ko’plab davlatlarda rivojlanish Strategiyasi doirasida o’rta muddatli (5 yillik) rivojlantirish dasturlari qabul qilingan va bajarilishi doimiy monitoring qilinadi. Parlament nazoratini samarali amalga oshirishga ko’mak beradigan institutlar 48 : a) Axborot-tahlil institutlarining roli. Parlament huzurida axborot-tahlil institutlari bo’lishi rivojlangan demokratik davlatlarda keng qo’llaniladi. Ushbu institutlar senatorlar va deputatlarni zarur axborot, tahlil va ekspert xulosalari bilan ta’minlaydi. AQShning Kongress tadqiqot xizmatida 5 ta boshqarma va 7 ta bo’limda 860 ta xodim ishlaydi. Germaniya Bundestagi maxsus ilmiy xizmati 12 ta bo’limdan iborat bo’lib, ularda 70 dan ortiq ilmiy xodim faoliyat yuritadi. Shuningdek, Kanada (Analitik tadqiqotlar boshqarmasi), Avstriya (Parlament tadqiqot xizmati), Fransiya, Ispaniya (maxsus ilmiy-tadqiqot bo’limlari) va boshqa davlatlar Parlamentlarida maxsus axborot-tahlil markazlari Parlament nazoratiga ko’mak berishadi. Yevroparlamentda ham maxsus Parlament tadqiqotlari Markazi mavjud. Tadqiqot markazlari quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi: umumbashariy va siyosiy muammolar tahlili; statistik va iqtisodiy tahlil; mamlakat siyosiy kuchlarining, Hukumatining kuchli va zaif tomonlarini baholash; mavjud muammolarni tushuntirish, Parlamentda professional nuqtai-nazarni shakllantirish;
48 G’aybullaev O. O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va jarayoni. – Toshkent: “Baktria press”, 2015. 117-b. 58
amaldagi me’riy-huquqiy bazaning qiyosiy tahlili; byudjet loyihasini va uning ijrosini ilmiy-amaliy tahlili. b) Parlament nazoratini amalga
oshirishda statistik ma’lumotlar ishonchliligini va xolisligini ta’minlash. Parlament tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlari bajarilishi, shuningdek, davlat byudjeti xarajatlarining sarflanishi ustidan samarali nazorat olib borilishi uchun Parlamentga taqdim etilayotgan statistik ma’lumotlarning xolisligini va ishonchliligini ta’minlash juda muhimdir. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2014-yil 29-yanvarda qabul qilingan “Rasmiy statistikaning asosiy 10 ta prinsipi” nomli hujjatdagi birinchi prinsip statistik ma’lumotlarning xolisligi prinsipidir. Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan “Yevropa statistika me’yoriy kodeksi”dagi 15 ta prinsipdan birinchisi statistika organining mustaqilligi prinsipi hisoblanadi. Shu sababli rivojlangan demokratik davlatlarda statistika organining mustaqilligi masalasiga katta e’tibor qaratiladi. AQSh, Fransiya, Avstriya, Norvegiya kabi davlatlarda statistika organlari mustaqil, ya’ni faqat qonunlar asosida ish ko’radi va davlat organlariga bevosita bo’ysunmaydi. Buyuk Britaniyada esa statistika organi Parlamentga bo’ysunadi, Litva va Irlandiya davlatlarida Prezidentga hisob beradi. Yuqoridagi tahlil natijalaridan kelib chiqib, O’zbekistondagi joriy qonunchilik va amaliyotni rivojlantirish yuzasidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: birinchi, davlat byudjeti loyihasini kamida 2 ta yoki 3 ta tasnifda tayyorlash lozim. Bunda byudjet parametrlari soni kamida 300-400 ta bo’lishi, byudjet loyihasi esa davlatning barcha jamg’armalarini o’z ichiga olishi maqsadga muvofiq. Kelajakda IHTT taklif qilganidek parametrlar sonini 1000 taga etkazish mumkin. Oliy Majlisga byudjet loyihasi bilan birgalikda iqtisodiyotning kelgusi 3 yilga mo’ljallangan prognozi va byudjet paramertlarining unga mos kelishi asoslari hamda byudjet rivojlanishining kelgusi 3 yilga mo’ljallangan parametrlari prognozini ham kiritish taklif etiladi; ikkinchi, davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritilgandan keyin loyihani ko’rib chiqish muddatini 1 oydan 3 oygacha uzaytirish taklif etiladi. 59
Shuning bilan birga, Qonunchilik palatasida muhokama qilish tartibi yoki metodologiyasini tasdiqlash lozim. Byudjet loyihasini 3 ta o’qishda ko’rib chiqish va qonun sifatida qabul qilish taklif qilinadi. Xuddi rivojlangan demokratik davlatlarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham byudjet loyihasini Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis palatalari veb-sahifalarida joylashtirish va keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish lozim. uchinchi, davlat byudjeti ijrosining Oliy Majlisga kiritiladigan tarkibini tasdiqlab qo’yish lozim. Davlat byudjeti ijrosi Oliy Majlis tomonidan qoniqarsiz deb topilganda (jumladan, byudjet ijrosi samaradorligi indikatorlarini ishlab chiqish asosida) qabul qilinadigan qaror mexanizmini ham ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim. Shuningdek, Hisob palatasi va Oliy Majlis palatalari o’rtasidagi axborot almashinuvi tartibini tasdiqlash ham talab etiladi;
to’rtinchi, Oliy Majlis huzurida senatorlar va deputatlarni zarur axborot, tahlil va ekspert xulosalari bilan ta’minlashga xizmat qiladigan axborot-tahlil institutini tashkil etish lozim; beshinchi, Oliy Majlis tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlari bajarilishi, shuningdek, davlat byudjeti xarajatlarining sarflanishi ustidan samarali nazorat olib borilishi uchun Oliy Majlisga taqdim etilayotgan statistik ma’lumotlar- ning xolisligini va ishonchliligini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo’mitasini mustaqilligini ta’minlash va bevosita Oliy Majlisga hisobot berishi maqsadga muvofiq.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling