"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
3.2. O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti
moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari Mamlakatimizda davlat byudjeti oldingi yillar byudjetlari singari asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumatimiz tomonidan chora-tadbirlarni davom ettirishga qaratilgan. “Davlat byudjetining umumiy xarajatlarida ijtimoiy
60
soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan xarajatlarini oshirish ko‘zda tutilmoqda 49 .
Ijtimoiy infratuzilma subyektlarining soliq yukini qisqartirish, ijtimoiy sohadagi munosabatlar ma’muriy tartibga solinishining soddalashtirilishi, ijtimoiy xizmatlardan, shu jumladan, ta’lim xizmatlaridan foydalanish sharoitlari yomonlashishishga yo‘l qo‘yilmasligi byudjet siyosati ijtimoiy yo‘naltirilganligining muhim tamoyillari hisoblanadi. Ta’limdan davlat ta’lim grantlari doirasida umumiy foydalanishni kafolatlovchi oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosati prinsiplaridan kelib chiqqan holda oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarishsiz qolmoqda. Byudjet siyosati asosiy yo‘nalishlarida ham davlat grantlari asosida qabul qilingan, ham shartnoma-to‘lov asosida o‘qitilayotgan talabalar uchun oliy o‘quv muassasalarida amaldagi o‘qish va o‘tkazish qoidalariga biron bir o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutmaydi 50 . Davlat byudjeti xarajatlarini yanda samarali boshqarishini takomillashtirishda quyidagi takliflardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi: byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida byudjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilish;
inobatga olgan holda, byujetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan to’lovlar ko’chirmasini o’z muddatlarida hisobotlarda aks ettirilishini ta’minlash maqsadida, ushbu hujjatlarni tegishli operatsiyalar amalga oshirilgandan so’ng g’aznachilikda to’g’ridan-to’g’ri byudjet muassasasiga elektron tarzda yuborish va shu asosda byudjet muassasalari tomonidan hisobotlarni o’z vaqtida va sifatli tuzishga erishish maqsadga muvofiq bo’lardi;
49
www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi). 50 Sayriddinov I. Davlat byudjeti ijtimoiy soha xarajatlarini samarali boshqarishni takomillashtirish masalalari. “O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining dolzarb muammolari” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tezislar to’plami. 2017-yil 24-mart. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2017. 211-b.
61
davlat byudjetini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlari bilan bog’liq munosabatlar doirasida byudjet
tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet masalasi juda muhim va murakkab masala bo’lib hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oila va shaxslarni etarli darajada ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati organlarining moliyaviy masalalarini to’g’ri hal qila bilishga bog’liqdir. Bunda mahalliy byudjetlarga tushadigan soliq va yig’imlarning turi, miqdorini belgilash alohida ahamiyat kasb etadi. Davlatning moliya-soliq siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bu moliya tizimini va uning bo’g’inlarini isloh qilishdan iboratdir. Ushbu yo’nalishdagi muhim muammolardan biri – davlat moliyasini, shu jumladan, byudjet tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Mahalliy byudjet mablag’lari hududlar moliyaviy resurslari tarkibida muhim rol o’ynaydi va bu resurslar mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan tasarruf etiladi
51 . Bugungi kunda mahalliy byudjetlar potentsialini mustahkamlash maqsadida qonuniy tarzda, nafaqat, mahalliy soliq va to’lovlarning tarkibini aniq belgilab qo’yishi, balki respublika ahamiyatidagi davlat soliqlarining mahalliy byudjetlar daromadlaridagi ulushlari dinamikasini tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish ham zarurdir. Ushbu strategik maqsadga erishish yuzasidan soliq tizimini takomillashtirishning ayrim muhim vazifasini bajarilishiga erishish kerak. Buning uchun:
bazalari takomillashuvini hamda mustahkamlashuvini rag’batlantirish lozim; mahalliy byudjetlar daromadlari umumiy hajmda tartibga soluvchi soliqlardan tushumlarni ham qo’shganda o’z daromadlari bilan ta’minlanish darajasini maksimal darajaga etkazish lozim.
51 Yuldashev A. Hudud byudjet resusrlarining shakllanishi va uning zimmasidagi ijtimoiy- iqtisodiy vazifalar. – Toshkent: “Moliya” ilmiy jurnali. 2-son, 2017. 40-b. 62
O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichida yaxlit byudjet va ijtimoiy siyosatining manfaatlari mushtarakligini ta’minlash talab etilmoqda 52 . Bunda: davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosi yoki hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldi olinishi; mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarining kengayib borishi sharoitida shunga mos ravishda ular imkoniyatlarini yaxshilashning zarurligi. Davlatning maqsadli jamg’armalarini shakllantirish, ularning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda 53 . Bizning fikrimizcha, davlat maqsadli jamg’armalar moliyaviy barqarorligi quyidagi mezonlarga ham bog’liq bo’ladi: davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning samaradorlik ko’rsatkichlari; YaIM tarkibidagi soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa to’lovlarning ulushi; aholining turmush darajasi (daromadliligi); soliqlar, majburiy ajratmalarning aholi va iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasida taqsimlanish xususiyatlari; davlat moliya siyosatining asosiy yo’nalishlari; mavjud iqtisodiy vaziyatlarni inobatga olgan holda belgilangan vazifalar ko’lami; byudjet defitsiti darajasi va boshqalar. Davlat maqsadli jamg’armalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash, bizning fikrimizcha, quyidagi asosiy vazifalarni hal etish bilan bog’liq: davlat maqsadli jamg’armalarining boshqaruvchi organlar faoliyati samaradirligiga; davlat moliyaviy nazoratining samaradorligiga; mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarga; mamlakat YaIM tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini kattaligini hisobga olib, ushbu subyektlar rivojlanishi va ko’lamini kengayishi uchun shart-sharoit; davlat maqsadli jamg’armalarni qo’shimcha
52
Nuritdinova V.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida hududlar moliyaviy imkoniyatlarini oshirishda hududiy dasturlarning ahamiyati. – Toshkent: “Moliya” ilmiy jurnali. 3-son, 2017. 40-b. 53 Xamidov A.T. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash. “O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining dolzarb muammolari” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tezislar to’plami. 2017-yil 24-mart. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2017. 261-b.
63
daromad manbalarini oshirish; davlat maqsadli jamg’armalar faoliyati bilan bog’liq tizimida samaradorlik va tejamkorlik prinsiplari asosida o’zgarishlar kiritish; davlat maqsadli jamg’armalar faoliyatiga doir huquqiy bazani takomillashtirish va boshqalar. Davlat maqsadli jamg’armalari barqarorligini ta’minlashning yana bir mehanizmi bu integrallashgan axborot tizimlarini takomillashtirishdir. Ma’lumki, respublikamizda davlat maqsadli jamg’armalari daromad qismi ijrosini amalga oshiruvchi organlar asosiy ishtirokchilari – Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Markaziy bank hamda tijorat banklari hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat byudjeti daromad qismining ijrosi bilan bog’liq jarayonda qonunchilikka muvofiq davlat byudjetiga majburiy to’lovlarni hisoblash va undirish bo’yicha vakolat berilgan Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralarning tarkibiy bo’linmalari ham ishtirok etadi. O’z bazasida qonunchilik va ijro hokimiyati organlari, shuningdek, vakolatli vazirliklar, qo’mitalar va idoralar foydalana oladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lash bo’yicha axborotga ega bo’lgan birlashgan integratsiyalashgan tizimni takomillashtirish davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish va ijro etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirishni yaxshilash samarasini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Birlashgan integratsiyalashgan axborot bilan ta’minlash tizimi uzatilayotgan va qabul qilinayotgan moliyaviy va boshqa ma’lumotlarning asosiy oqimlarini va parametrlarini inobatga olishi, turli davlat organlari o’rtasida axborot almashinuvi, shuningdek, ular tomonidan boshqa vazirliklarning ma’lumotlar bazasida mavjud bo’lgan axborotlardan ham joriy ishda, ham rejalashtirish va prognozlashtirish maqsadlarida foydalanish imkonini berishi lozim. Boshlang’ich bosqichda bu vazifa vazirliklar va idoralar guruhi doirasida hal etilishi, ya’ni ular o’rtasida almashiladigan ma’lumotlar tarkibi va xajmi aniqlanishi, keyinchalik esa umumdavlat miqyosida axborot almashishning global tizimini yaratishga qaratilgan masalaning echimiga o’tish mumkin.
64
Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi ham muhim o’ringa ega. Bizning fikrimizcha, quyidagi chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish imkonini yaratadi. Jumladan, moliyalashning turli manbalari hisobidan O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining resurs bazasini yanada mustahkamlash, Jamg’arma resurslarini iqtisodiyotning real sektoriga faol yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi rolini oshirish hamda ishtiroki ko’lamini kengaytirish, mamlakat sanoatining etakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini ko’paytirish, istiqbolda esa yirik investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirish imkonini beradi. Investitsiya loyihalarini O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga moliyalashtirishda “hamkorlikda moliyalashtirish” usulini joriy qilishni faollashtirish zarur. Bu holat investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda loyiha risklarini pasaytirish va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga strategik ahamiyatga molik bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlashni takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mamlakat hududlarining taraqqiyoti mutanosibligini (balanslashuvini) ta’minlashga asosiy e’tibor qaratish zarur. Bu esa, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mutanosibligini ta’minlash imkonini beradi.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling