"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
1-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN
BYUDJETINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI 1.1. Konsolidatsiyalashgan byudjet, uning mazmuni, tarkibi va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati Byudjet (ingl. byudjet – hamyon, mablag’) belgilangan muddat uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig’indisini ifodalaydi hamda davlatning oldida turgan maqsad va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo’ljallangan pul mablag’lari fondini shakllantirish va xarajat qilish shaklini aks ettiradi. Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo’nalishdagi iqtisodiy maktablar vakillari fikr bildirgan. Masalan, “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi” 3 ,
Agar xorijiy adabiyotlardagi “davlat byudjeti” tushunchasining talqiniga nazar tashlasak, masalan, “Public budgeting systems” nomli qo’llanmada keltirilishicha, “davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o’z xatti-harakatlari uchun javobgarlik va mas’uliyatga chaqirishga bo’lgan intilish bilan bog’liq” 4 . “Demokratik jamiyatda byudjet – bu hukumatning kuch va imkoniyatlarini cheklash, bir qolipga solish vositasi sifatida qaralishi mumkin” 5 . 3 Malikov T., Xaydarov N. Davlat byudjeti. – T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. 5-b. 4 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. – P. 6-8. 5 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. – P. 7. 7
O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo’yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini, ular o’rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi. Davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi davlat byudjetining mohiyatini ifodalaydi. Uning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sishning sifatiga va ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir 6 . O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti YIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlatning jamiyat oldidagi vazifalarini bajarishi uchun maqsadli ravishda shakllantirilgan markazlashtirilgan pul fondi bo’lib, mamlakatda yashovchi barcha aholining moliyaviy manfaatlarini ifoda etadi. Rivojlagan mamlakatlarda kuzatilayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning mavjudligiga qaramasdan, mamlakatimizda kuzatilayotgan barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarining ta’minlanishida izchil olib borilayotgan byudjet-soliq siyosatining ahamiyati g’oyat yuksakdir. Buni, o’z navbatida, keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, rejalashtirilgan davlat byudjeti daromad ko’rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilli va
maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin. “Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustuvor yo’nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi” 7 . 6 Mamatov B.S. Pensiya jamg’armasi faoliyati. – T.: “Barkamol fayz media”, 2017. 27-b. 7 Malikov T., Haydarov N. Moliya: umumdavlat moliyasi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009. 21-22-b.
8
O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibini quyidagi rasm orqali ifodalaymiz.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling