«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
fransiyada davlat byudjeti byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish
Birinchi bob bo’yicha xulosa Fransiyadavlat moliyasini boshqarishda Parlamentning o’rnivaahamiyatini uchta asosiy yo’nalishida ko’rish mumkin. – soliq siyosatiga rozilik berishda; – yangi byudjet tamoyillariga rioya qilishda; – davlat byudjetning g’azna ijrosida. Fransiya Moliya vazirining ma’muriy boshqaruvdagi o’rnini ikki ko’rinishda guruhlash mumkin. Birinchidan, Moliya vazirining byudjet tizimidagi katta ahamiyatga ega bo’lib, Byudjet boshqarmasi vositasida moliya qonuni loyihasini tayyorlash va byudjet ajratmalarini to’g’ri taqsimlashni ta’minlaydi. Ikkinchidan, Hisob palatasi va uning hududiy bo’linmalari bilan birgalikda davlat moliyaviy nazoratini ta’minlovchi bosh bo’g’in hisoblanadi. Fransiya moliya tizimida ikki darajadagi byudjet mavjud bo’lib, davlat byudjeti va mahalliy byudjetlardir. Mahalliy byudjet turli darajadagi jamoalarning byudjetlarini ifodalab unda mahalliy daromad va xarajatlar aks ettiriladi. Davlat byudjeti davlat soliqlari, turli yig’imlar hamda qarzlar orqali moliyalashtiriladi, 22
Fransiya byudjeti hududiy jamoalarga dotatsiya va subventsiyalar uchun ajratmalar va boshqa turli xarajatlarni ko’zda tutadi. Davlat byudjeti bir qancha qismlarga bo’lingan bo’lib, bular bosh byudjet hamda bir guruh maxsus hisobraqamlar va qo’shimcha byudjetlardir. Ushbu maxsus hisobraqamlar va qo’shimcha byudjetlar bosh byudjetdan farqlanadi. Birnecha yilni nazarda tutadigan yoxud, uzluksiz ravishdagi aniq bir turga mansub daromad va xarajatlarni o’zida aks ettiruvchi davlat byudjetining ma’lum qismlaridir. Har bir maxsus hisobraqam va qo’shimcha byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o’rtasidagi farq orqali byudjet qoldig’i (saldo) hisoblanadi. Ayni vaqtda ushbu qoldiqlar umumiy davlat byudjeti qoldig’ining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Fransiyabyudjet tizimini boshqarishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish talab etiladi: 1. Byudjetning bir yillik va ko’p yillik tamoyili. 2. Byudjetningixtisoslashganlik yoki aniqlik tamoyili. 3. Byudjet birligi tamoyili. 4. Byudjetningumumiylik tamoyili. 5. Byudjetning haqqoniylik (xolislik) tamoyili. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling